Texnikaviy shartlar (O’ZTSh) - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo`lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me`yoriy hujjatdir.
Yo`riqnoma (qoidalar) - instruksiya (pravila) - bu ishlarni yoki ularning ayrim bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me`yoriy hujjatdir.
Standartlashtirish ob`ektlariga o`z navbatida quyidagilar kiradi:
yagona texnikaviy tilni qo`shib hisoblaganda umumtexnikaviy ob`ektlar, umumiy mashinasozlikda qo`llaniladigan buyumlarning namunaviy konstruksiyalari (mahkamlash vositalari, asboblar va boshqalar), materiallar va moddalarning xususiyati haqidagi ishonchli ma`lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy axborotning tavsiflash va kodlash;
aniq maqsadga yo`naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyiha ob`ektlari;
Respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) mahsulot yoki texnologiyasining raqobat qilish qobiliyatini oshirishini ta`minlash imkoniyatini beradigan fan va texnika yutuqlari;
Respublikada ichki ehtiyojini qondirish uchun, shuningdek, boshqa davlatlarga eksport sifatida yetkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlari;
standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, mintaqaviy va sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan uyg`unlashtirilishi.
“O`zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi va Sog`liqni saqlash vazirligi standartlashtirish bo`yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun o`z huquqlari doirasida yo`riqnomalar, qoidalar, nizomlar, uslubiy ko`rsatmalar, rahbariy hujjatlarni (RH) va tavsiyalarni (T) ishlab chiqadilar va manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydilar.
O`zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro`yxatga olish tartibi O`z RST 1.1-92 standarti bilan belgilanadi.
Standartlashtirish ob`ektining o`ziga xos xususiyatlariga va unga belgilanadigan talablar mazmuniga bog`liq ravishda O`zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standartlarni nazarda tutadi:
asos bo`luvchi standartlar;
umumtexnikaviy standartlar;
texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) standartlari;
texnikaviy talablar standartlari;
nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o`lchashlar, ta`riflar) standartlari.
Lozim bo`lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlarini, uning nomlarini (turlarini) oqilona tarkibi va boshqa talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart ishlab chiqilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |