Mavzu:
Kirish
1-BOB Metrologik xizmat haqida.
1.1 Metrologiya xizmatlar ko‟rsatish markazi.
1.2 Metrologik ta„ minotning ta‟rifi, tuzilishi, vazifalari va tashkil etuvchilari.
1.3 O’zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari.
2-BOB Davlat Aloqa inspeksiyalari
2.1 Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar.
2.2 O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi)ning tashkiliy tuzilmasi.
Xulosa
FOydalanilgan Adabiyaotlar
Kirish
Metrologiya fani uzoq tarixga ega bo’lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo’lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo’luvchi fanlar turkumiga kiradi. O’zbekistonimiz juda boy va ko’hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega. Ushbu meros G’arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o’rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz “Buyuk ipak yo’li” asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo’lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarini shakllantirgan buyuk allomalarning hozirda ham ahamiyatli kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari taraqqiyotida munosib o’rin egallagan. G’arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad Farg’oniyning Nil daryosining sathini o’lchash uchun mo’ljallangan “Miqyosi Nil” qurilmasi, mashhur Mirzo Ulug’bekning oddiy va sodda o’lchash asboblari bilan o’ta yuqori aniqlikda tuzilgan “Yulduzlar jadvali”, ensiklopedist olim Beruniyning moddalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar (sanab tugatishimiz mushkul) shular jumlasidandir. Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida “raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash” alohida ta’kidlab o’tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo’nalishlarida ham quyidagilarni ko’rishimiz mumkin: ilg’or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor ekspertbob mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish; aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; mamlakatning eksport quvvatidan to’la-to’kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish. 4 Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ish lar amalga oshirildi va natijada O’zbekistonga faqat xom ashyo zonasi sifatida qarashlarga barham berildi. Hozirgi kunda har bir mutaxassis o’z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o’lchash usullarini, o’lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo’nalishidagi mutaxassislar o’lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni bilmog’i zarur. Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri kattaliklarni yanada aniqroq o’lchaydigan makammal nazorat-o’lchash asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o’rganish talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo’yicha qoidalarni, talablarni, me’yorlarni standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalarini, me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo etadi. Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o’ta muhim masalalaridan biri sanaladi.
1.1
Metrologik xizmat turlari. O„zstаndаrt Аgеntligi bоshqаrаdigаn dаvlаt mеtrоlоgik хizmаtigа Qоrаqаlpоg„istоn Rеspublikаsidаgi, vilоyatlаrdаgi vа Tоshkеnt shаhаridаgi dаvlаt mеtrоlоgik хizmаt idоrаlаri kirаdi. Dаvlаt mеtrоlоgik хizmаt idоrаlаri dаvlаt mеtrоlоgik tеkshiruvi vа nаzоrаtini, shuningdеk qоnun hujjаtlаrigа muvоfiq fаоliyatning bоshqа turlаrini hаm bаjаrаdi. Dаvlаt mеtrоlоgik хizmаtigа O„zstаndаrt Аgеntligi rаhbаrlik qilаdi. O„zstаndаrt Аgеntligi nоmidаn milliy idоrа vаkоlаtlаrigа quyidаgilаr kirаdi: – mеtrоlоgiya sоhаsidа, mеtrоlоgik fаоliyatni hududlаrаrо vа tаrmоqlаrаrо muvоfiqlаshtirishdа yagоnа dаvlаt siyosаtini аmаlgа оshirish; – milliy etаlоnlаrni yarаtish, tаsdiqlаsh, sаqlаsh vа аsrаsh qоidаlаrini o„rnаtish vа ulаrning хаlqаrо dаrаjаdа tаqqоslаnishini tа‟minlаsh; – o„lchаshlаr vоsitаlаrigа, usullаrigа vа nаtijаlаrigа umumiy mеtrоlоgik tаlаblаrni bеlgilаsh; – dаvlаt mеtrоlоgik tеkshiruvi vа nаzоrаtini аmаlgа оshirish; – mеtrоlоgik mаsаlаlаr bo„yichа mе‟yoriy hujjаtlаrni, shu jumlаdаn O„zbеkistоn Rеspublikаsining bаrchа hududlаridа mаjburiy kuchgа egа bo„lgаn hujjаtlаrni bоshqа dаvlаt bоshqаruv idоrаlаri bilаn birgаlikdа qаbul qilish; – mеtrоlоgiya sоhаsidа ilmiy vа muhаndis – tехnik kаdrlаrni tаyyorlаsh; – O„zbеkistоn Rеspublikаsining mеtrоlоgiya sоhаsidа хаlqаrо shаrtnоmаlаrigа riоya qilinishini tеkshirish; – хаlqаrо tаshkilоtlаrning mеtrоlоgiya mаsаlаlаri bo„yichа fаоliyatidа qаtnаshish; – O„z O„BTT ning ishini vа rivоjlаnishini, хаlqаrо o„lchаshlаr tizimi vа bоshqа mаmlаkаtlаrning o„lchаshlаr tizimlаri bilаn uyg„unlаshtirishni tа‟minlаsh; – istе‟mоlchilаrning huquqlаrini, insоnlаrning sоg„ligi vа хаvfsizligini, аtrоf muhitni vа dаvlаt mаnfааtlаrini o„lchаshlаr ishоnchсiz nаtijаlаrining sаlbiy tа‟sirlаridаn himоya qilish bo„yichа tаdbirlаrni аmаlgа оshirish. Dаvlаt mеtrоlоgik хizmаtigа quyidаgilаr hаm kirаdi: – Milliy etаlоnlаr mаrkаzi; – Mеtrоlоgik хizmаt Bоsh mаrkаzi; – Stаndаrt nаmunаlаr Bоsh mаrkаzi; – Stаndаrtlаshtirish, mеtrоlоgiya vа sеrtifikаtlаshtirish ilmiy – tаdqiqоt instituti (SMS ITI) Mаlаkа оshirish mаrkаzi (MОM) bilаn birgа; – sinаsh vа sеrtifikаtlаshtirish hududiy mаrkаzlаrining (SSM) ning mеtrоlоgik lаbоrаtоriyalаri; – stаndаrtlаshtirish vа mеtrоlоgiya hududiy bоshqаrmаlаri (SMB); – Ахbоrоt – mа‟lumоtnоmа mаrkаzi. Milliy etаlоnlаr mаrkаzi O„zbеkistоn Rеspublikаsi etаlоn zаhirаsini rivоjlаntirish vа mukаmmаllаshtirish, kаttаliklаr birliklаrining dаvlаt etаlоnlаrini yarаtish, sаqlаsh vа qo„llаnish bo„yichа ishlаrni оlib bоrаdi. Mеtrоlоgik хizmаt Bоsh mаrkаzining vаzifаlаri SMS ITI gа yuklаtilgаn bo„lib, o„lchаshlаr birliligini tа‟minlаsh ilmiy – mеtоdik, tехnik – iqtisоdiy, tаshkiliy, mе‟yoriy аsоslаrini yarаtаdi, mеtrоlоgiya sоhаsidа kаdrlаr tаyyorlаsh vа mаlаkа оshirish ishlаrini bаjаrаdi. Stаndаrt nаmunаlаr Bоsh mаrkаzining vаzifаlаri hаm SMS ITI gа yuklаtilgаn. Mоddаlаr vа mаtеriаlllаr tаrkibi vа хоссаlаrining stаndаrt nаmunаlаri dаvlаt хizmаtigа ilmiy – uslubiy rаhbаrlik qilаdi, yuridik shахslаrning stаndаrt nаmunаlаrini chiqаrish vа qo„llаnish tаrtibi bo„yichа fаоliyatlаrini muvоfiqlаshtirаdi, mаmlаkаtimizdа chiqаrilаdigаn dаvlаt stаndаrt nаmunаlаrini ekspеrtizа qilish vа аttеstаtlаshni аmаlgа оshirаdi. Mеtrоlоgik хizmаtlаrni ko„rsаtish bo„yichа Mаrkаz hududiy SSM ning mеtrоlоgik lаbоrаtоriyalаri, hududiy SMB o„lchаshlаr birliligini tа‟minlаsh bo„yichа ishlаrni muvоfiqlаshtirаdi, dаvlаt mеtrоlоgik tеkshiruvi vа nаzоrаti qo„llаnilаdigаn sоhаdа mеtrоlоgik tеkshiruv vа nаzоrаtni O„z DSt 8.002:2002 “O„z O„DT. Mеtrоlоgik tеkshiruv vа nаzоrаt. Аsоsiy nizоmlаr” bo„yichа o„tkаzаdi. Ахbоrоt – mа‟lumоtnоmа mаrkаzi mе‟yoriy hujjаtlаr jаmg„аrmаsini sаqlаydi vа O„z O„BTT qаtnаshchilаrini ахbоrоtlаr bilаn tа‟minlаydi. 2. Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi «O„zstandart Agentligi» qoshida tashkil etilgan «Metrologiya xizmatlari ko„rsatish markazi»ga o„lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni o„tkazish, o„lchov vositalari, o„lchov tizimlari va majmualarning metrologik attestatsiyasini o„tkazish, shartnomalar loyihasini rasmiylashtirish, xorijda ishlab chiqarilayotgan o„lchov vositalari turini tan olish yuzasidan hujjatlarning metrologik ekspertizasini o„tkazish va boshqa xizmat turlarini olib borish yuklatilgan. Markazning qiyoslash laboratoriyalari 2319 ta namunaviy o„lchash vositalari va yuqori aniqlikdagi qiyoslash uskunalariga ega. «O„zstandart» agentligining Respublika Metrologiya xizmatlari ko„rsatish markazi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli «Standartlashtirish, metrologiya vasertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358- sonli «Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to„g„risida»gi Farmoni hamda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli «O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishagentligining tuzilishini va faoliyatini tashkil» Respublika Metrologiya xizmatlari ko„rsatish markazi Metrologiya xizmatlari ko„rsatish markaziga o„zgartirilgan. Metrologiya xizmatlari ko„rsatish markazi tarkibidagi bo„limlar quyiadagi sxemada ko„rsatilgan (2 – rasm). 2 – rasm. Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining bo‘limlari.
1.2 Metrologik ta‘ minotning ta’rifi, tuzilishi, vazifalari va tashkil etuvchilari O„lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo„yicha talablar, balki sifat bo„yicha ham talablar qo„yiladi. Bunga uning (o„lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tannarxi va samaradorligi kabi tavsiyalar kiradi. Barcha sifat tavsiyalarining asosida metrologik ta‟minot yotadi. Metrologik ta’minot – bu, o„lchashlar birligini ta‟minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo„lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me‟yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarining belgilanishi va tadbiq etilishi. Metrologik ta’minotning 4 ta tashkil etuvchisi mavjuddir (3 – rasm).
3 – rasm. Metrologik ta’minotning tashkil etuvchilari. o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar. o‘lchash vositalarining davlat sinovlari Metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar kiradi: : Metrologik ta‟minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta‟sir qiladi. Bu ta‟sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta‟minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o„z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
1.3. O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari 1993 yilning 28 dekabrida Respublikamizda «Metrologiya to„g„risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mamlakatimizda amalga oshiraladigan metrologik faoliyatlarning, bu sohada davlat idoralari va turli tashkilotlar tomohidan olib boriladigan ishlarning qonuniy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, unda Davlat metrologik nazorati bo„yicha faoliyat doiralari va tegishli amallar aniq hamda ravshan belgilab berilgan. Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari Mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish; Detallar va agregatlarning o„zaro almashuvchanligini ta‟minlash; Moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta‟minlash; Atrof – muhitni himoya qilish; Salomatlikni saqlash va hokazolar Qonunda asosan, iste‟molchilarning huquqlarini himoya etish asosiy maqsad etib qo„yilgan bo„lib, bu huquqiy davlatlarda turg„un qonunlar vositasida boshqarilib turadi. Qonunning alohida xususiyati shundaki, asosiy faoliyat doirasi hisoblangan – ishlab chiqarish, sog„liqni saqlash, atrof – muhitning muhofazasi va qurilish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta‟minlash kabi sohalar aniq ko„rsatib berilgan. «Metrologiya to„g„risida» gi qonun 5 bo„limdan iborat bo„lib, bu bo„limlar 21 moddani o„z ichiga olgan. Unda Respublikamizda metrologiya xizmatini yo„lga qo„yish, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va vazifalari, bu boradagi javobgarliklar bo„yicha keng ma‟lumotlar berilgan. Qonundagi muhim yangiliklardan biri davlat boshqaruv idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini, asosiy vazifalarini belgilab berilganligidir. Mutaxassislarning bildirayotgan fikrlaricha, davlat boshqaruv idoaralaridagi metrologik xizmatga nisbatan yuridik shaxslarning mustaqil faoliyati salmoqliroq rivojlanadi. «Metrologiya to„g„risida»gi Respublika qonunining eng ahamiyatli tomonlaridan biri – quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir: • ishonchsiz o„lchash asboblarining yoki uslublarining qo„llanilishi texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga sababchi bo„lib, bundan tashqari, energetik resurslar asossiz sarflanib, avariya holatlari va brak mahsulot kelib chiqishi mumkin; • o„lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf xarajatlar ketishi (rivojlangan davlatlarda o„lchashlarga yalpi daromadning 6% i sarflanadi); • iqtisodiy boshqaruvdagi o„zgarishlar metrologiyadagi tashkiliy o„zgarishlarga olib keladi. Mazkur qonun metrologiya sohasida xalqlararo hamkorlikning qonuniy asoslarini mustahkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi: • alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo„yicha majburiyatlarni qo„llab – quvvatlash; •O„zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro tashkilotlardagi obrusini yanada oshirish; • ikkiyoqlama va ko„pyoqlama tashqi iqtisodiy munosabatlardagi turli texnikaviy tusiqlarni bartaraf etish maqsadida o„tkaziladigan sinovlar, qiyoslash va kalibrlash uchun sharoitlar yaratish. Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo„yicha birgina mahkamaga – O„zstandart Agentligiga bo„ysunadi. 2009 yil 23 aprelda “Texnik jihatdan tartibga solish to„g„risida” O„zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bu qonun 3 – bob va shu boblarga kiruvchi 28 – moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo„llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari alohida belgilab berilgan (4 – modda). Unga ko„ra, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - inson hayoti va sog„lig„i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol – mulki xavfsizligini ta‟minlash; - atrof - muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta‟minlash; - savdodagi texnik to„siqlarni bartaraf etish; - mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste‟molchilarni chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish. Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari ham ko„rsatib o„tilgan (5 – modda).
:
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: -texnik reglamentlarni qo„llashning majburiyligi; -texnik reglamentlarni qo„llashning bir xilligi; -texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi; -texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e‟lon qilish tartibi to„g„risidagi axborotning ochiqligi. Bundan tashqari qonunda texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (6 – modda) ham ko„rsatib o„tilgan. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi: O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari – O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi; texnik jihatdan tartibga solish sohasida o„z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari. Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan bo„lib, unda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (9 – modda) , Davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko„rsatib o„tilgan. Qonunning 3 – bobi “Texnik reglamentlar” deb nomlangan. Unda texnik reglamentlarning turlari (15 – modda), texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta‟minlashga doir talablar (16 – modda), texnik reglamentlarning mazmuni (17 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish (18 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi (19 – modda), texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi (20 – modda) va shu kabilar aniq ko„rsatib berilgan.
2.1 O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuni (11-modda) tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlari o‘lchash birliligini ta'minlash va metrologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan. Milliy Standartlar Tuzilmasi (MST). Milliy darajada standartlarni tayyorlash, ular bilan bog‘liq barcha masalalar MST orqali amalga oshiriladi. Ko‘pgina mamlakatlar MSTni tashkilotlar yoki institutlar deb yuritishadi. Dunyo bo‘yicha ko‘plab ISO tashkiloti a’zolari o‘zlarining MSTsiga ega; biroq ko‘plab mamlakatlar MSTga ega emas, ushbu mamlakatlar ISO tashkilotining standartlari va qonunlaridan foydalanadi. Hozitgi kunda dunyo bo‘yicha 148 mamlakat ISO tashkiloti a’zolari hisoblanadi. Eng ko‘p rivojlangan mamlakatlar 1917 va 1925 yillar oralig‘ida 15ta MST joriy etildi. Germaniya ular orasida birinchi bo‘lib o‘zining MSTsini tashkil etdi. Keyinchalik shu vaqtlar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Belgiya, Kanada, Niderlandiya, Shvetsariya va Austriya ham o‘zlarining MSTni tashkil etishdi. MST quiyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi: Milliy standartlarni tayyorlash va chop etish; Sanoatda standartlarning amalga oshirilishini ta’minlash; Mahsulotlarni sertifikatlashtirish; Texnika masalalariga bog‘liq bo‘lgan masalalar va bular milliy hamda xalqaro standartlar bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash haqidagi ma’lulotlarni e’lon qilish; Standartlar bilan aloqador forumlarda va xalqaro faoliyatlarda mamlakat ishtirokini nazorat qilish; Hozirgi vaqtda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimida o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, ta'mirlash va metrologik shahodatlash huquqiga ega bo‘lgan uchta akkreditlangan metrologiya xizmatlari mavjud: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati, Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi hamda «O‘zbektelekom» AK «Shaharlararo aloqa korxonasi» filialidagi metrologiya xizmatlari. UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmatining qiyoslash va ta'mirlash laboratoriyasi sohaviy hisoblanadi va u sohadagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun ta'mirlash va qiyoslash ishlarini o‘tkazish huquqiga ega. Oxirgi ikkita xizmat akkreditlash sohasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning ichki ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan o‘lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash huquqiga egadirlar. Ushbu metrologik xizmatlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun namunaviy o‘lchash vositalari, yordamchi uskunalar va normativtexnik hujjatlar bilan ta'minlanganlar. Hozirgi vaqtda, metrologiya xizmatlari yo‘q bo‘lgan (o‘lchash vositalarining to‘plami kam bo‘lganligi sababli), aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarida o‘lchash vositalari holati, tegishli hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlari uchun javobgarlar tayinlangan. Barcha metrologik xizmatlarga va o‘lchash vositalari holati uchun javobgar shaxslarga asosiy talablar - bu o‘lchash vositalarini, qiyoslash va ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlariga qiyoslash laboratoriyalari bilan bir qatorda davlat metrologiya nazorati va tekshiruviga tegishli bo‘lgan sohadan tashqaridagi o‘lchov vositalari uchun kalibrlash laboratoriyalarini tuzish maqsadga muvofiqdir. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o‘lchash vositalarini kalibrlashning tashkiliy va texnik asoslarini joriy qilish o‘lchash vositalari holatini nazorat qilishni osonlashtirishga imkon beradi. «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» DAK, uyali aloqa kompaniyalari, Internetning yirik operator va provayderlarining qayta tashkil qilinishi sababli ularning tarkibiy bo‘linmalari va filiallarini metrologik ta'minlashda muammolar tug‘ildi. Tabiiyki, akkreditlashning qisqa sohasi bilan chegaralangan mavjud uchta metrologik xizmatlarning faoliyati yangi tuzilgan tarkiblar va bo‘linmalarni ta'mirlash va qiyoslash ishlari bilan to‘liq ta'minlay olmaydi. Bu muammolarni hal qilish uchun va namunaviy o‘lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash laboratoriyalarini yuqori texnologiya uskunalari bilan jihozlash yo‘li bilan mavjud metrologiya xizmatlarining akkreditlash sohasini izchillik bilan kengaytirish va mutaxassislarni yangi texnika hamda texnologiyalar bilan ishlashning zamonaviy uslublari va ishlash malakalarini oshirish uchun muntazam ravishda o‘qitish zarur. UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlari ishlarini muvofiqlashtiradi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasining xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologiya xizmatlari o‘lchashlar birliligi va talab etilgan aniqligini (o‘lchashlarni bajarish uslublarini ishlab chiqish va attestatlash, normativ hujjatlar loyihalarining metrologik ekspertizasi, loyihalash, konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirish hamda boshqa turdagi ishlar bo‘yicha) ta'minlash sohasida muayyan faoliyatni amalga oshirishda texnik vakolatliligini tan olishga, ixtiyoriy ravishda akkreditasiyadan o‘tishi mumkin. Metrologik ta'minotning tarkibiga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati, Telekommunikasiyalar va pochta aloqasi sohasidagi standartlashtirish bo‘yicha Texnika qo‘mitasi, Davlat aloqa inspeksiyasi, metrologik xizmatlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlari o‘lchash vositalarining holati uchun mas'ul shaxslar kiradi. Metrologik ta'minot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimi bilan, O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi, standartlashtirish va sertifikatlashtirish soha tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Tizimning boshqa davlatlarning o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimlari va xalqaro organlar bilan o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O‘zstandart» agentligining normativ hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. Davlat metrologik nazorati va tekshiruvi sohasida qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining Davlat Reestrini, metrologik ta'minot bo‘yicha standartlar Davlat Reestrini, akkreditlangan metrologik xizmatlar va metrologik laboratoriyalar Davlat Reestrini yuritish, Tizim bo‘yicha tashkiliyuslubiy hujjatlarning kelishuvi, boshqa davlatlarning o‘lchashlar birliligini ta'minlash Davlat tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, sinovlar natijalarini o‘zaro tan olish, tur tasdiqlanishining sertifikatlari va metrologik shahodatlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘lchash vositalarini qiyoslash uslublarini, o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvini amalga oshirish vazifalari «O‘zstandart» agentligi zimmasiga yuklatilgan. Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha respublika Markazi: o‘lchash vositalari turini tasdiqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish; o‘lchash vositalarini metrologik shahodatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash; metrologik xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari o‘lchash vositalarining sinovlari va qiyoslashlarini o‘tkazish huquqini beruvchi akkreditlashni tashkil etish va o‘tkazish; o‘lchashlarni bajarish uslublari va metrologik faoliyatning boshqa muayyan turlarining davlat metrologik nazoratini amalga oshiradi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti belgilangan ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash (qayta tayyorlash)ni ta'minlaydi va qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha ishlab chiqilayotgan soha normativ hujjatlarining kelishuvida qatnashadi, metrologik xizmatlari va sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha hujjatlar ekspertizasini o‘gkazadi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida metrologik ta'minot masalalari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi. O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: - Metrologiya qonun hujjatlari, o‘lchov vositalari turining attestasiyasi va tan olinishi masalalari bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi bilan o‘zaro hamkorlik, Tizim tarkibini shakllantirish va uning qatnashchilarining faoliyatini koordinatlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish; - Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan Tizimning qoida va me'yorlarini rivojlantirish hamda uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish; - umumsoha xarakteridagi masalalarni hal etish, aloqa va axborotlashtirish sohasida o‘lchashlar birliligini ta'minlashda texnik siyosatni ishlab chiqish; - soha metrologik ta'minotining qonun hujjatlari bazasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish Agentligi qoshidagi standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mita quyidagilarni ishlab chiqadi: - metrologiya qonun hujjatlari hamda aloqa va axborotlashtirish sohasi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarining metrologik ta'minoti borasidagi strategiyani; - xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqish, amaldagi normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish, chet el standartlaridan Tizimni takomillashtirish maqsadida foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlaydi; - aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida metrologik xizmatlarning tashkiliy sxemasini takomillashtirish va shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi (hozirda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi)ning 1997 yil 11 iyuldagi 225-son buyrug‘iga asosan UNICON.UZ markazi qoshida Asos metrologiya xizmati tashkil qilindi. Asos metrologiya xizmati Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasining xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarini metrologik ta'minoti vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarga ilmiy-texnik va tashkiliyuslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. Asos metrologiya xizmati nizomga muvofiq o‘lchash vositalarining soha reestrini yuritadi, « Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida qo‘llash uchun tavsiya qilingan o‘lchash vositalari katalogi»ni har yili yangilaydi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidagi Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi qoshida faoliyat ko‘rsatmoqda. Qonun hujjatlari va normativ aktlar, davlat va soha standartlari talablarini bajarish va ularga rioya qilish, lisenziya shartlari va aloqa va axborotlashtirish sohasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini ta'minlash bo‘yicha Davlat nazorat organi bo‘lib Davlat aloqa inspeksiyasi hisoblanadi. Tizim ishtirokchilarining asosiy vazifalari ular to‘g‘risidagi belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan nizomlarga muvofiq aniqlanadi
2.2
Do'stlaringiz bilan baham: |