Takrorlash uchun savollar.
O`z kasbingiz doirasidagi standartlashtirishni qanday izohlay olasiz?
Standartlashtirishning o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalari qanday?
Milliy va mintaqaviy standartlashtirish nima?
O`zaroalmashuvchanlik deganda nimani tushunasiz?
Me`yoriy hujjat atamasiga ta`rif keltiring.
3-Ma`ruza. Standartlashtirish Davlat tizimi
Reja.
1. Standartlashtirish davlat tizimi.
2. Standartlarning turlari va toifalari.
Tayanch so`zlar: standartlashtirish davlat tizimi, davlat standarti, rahbariy hujjat, yo`riqnoma.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
atamalarni standartlashtirish;
o`lchovlarni, o`lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog`lab standartlashtirish;
mahsulotning o`zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsul`tativ kengash texnika rivojining yo`nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo`lgan texnikaviy yutuqlarga to`plamoq;
bor texnikaviy qo`mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e`tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;
yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o`tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma`ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g`oyalarni targ`ibot qilishga e`tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to`plamoq, ular asosida ta`riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to`plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma`lumotlarga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo`lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo`yicha ma`lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O`zRST 1.10-93 “O`zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta`riflar” standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo`luvchi hujjatlar O`zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish instituti (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O`z RST 1.0-92, O`z RST 1.1-92, O`z RST 1.2-92, O`z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O`z RST 1.0-92 “O`zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar” bo`yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari hamda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi ma`ruzamizda tanishib chiqdik.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me`yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo`yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo`llanishini, standartlarga va o`lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |