1- mavzu. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish uslublari
Reja:
1. Iqtisodiyot tushunchasi va turlari.
2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.
3. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi.
4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari.
5. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning turkumlanishi.
1.Iqtisodiyot tushunchasi va turlari.
Insonlarning talab va ehtiyojlari ko„p va turlichadir. Biologik nuqtayi
nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-
kechak va oddiy boshpana bo„lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy
jamiyatda insonlar o„z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun
ko„proq yangi tovar va xizmatlarga talab bildiradi. Endi insonlar daryodan oqib
turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idishlarda chiroyli qadoqlangan suv, salqin
ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Kiyinish borasida ham avvalgi eng
sodda kiyim-kechaklarni emas, balki yuqori sifatli, bejirim kiyim-boshlarga ega
bo„lishni xohlaydilar, albatta.
Avvalgidek insonlar oddiy uyda emas, balki ko„p qavatli binolarda,
hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Insonlar ehtiyojining chek-
chegarasi yo„q. Shuningdek, biz o„zimizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va
yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, sifatli ta‟lim olishga, ishonchli
xavfsizlikka, sog„likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz.
Ayni vaqtda insonlar ehtiyojini qondirish uchun Yer, foydali qazilma boyliklari,
ish qurollari, texnika, mehnat qilish layoqati kabi ishlab chiqarish resurslari
mavjuddir. Xuddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo„llanilib, biz uchun turli-tu-
man mahsulotlar ishlab chiqariladi va ko„pgina ehtiyojlarimiz qondiriladi.
Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizningehtiyojlarimizni qondirish uchun
zarur mavjud resurslar cheklangan. Biz ulardan foydalanishning muqobil
variantlaridan birini tanlashga majburmiz. Ana shu haqiqat bizga iqtisodiyotning
bosh masalasini tushunishimizga yordam beradi
1
.
Iqtisodiyotningdoimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda
uni qondirish uchun zarur bo„lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
1
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America,
New York: McGraw-Hill, 2008. page 8-9.
Iqtisodiyotning bosh masalasi o„zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va
iqtisodiy resurslar cheklangan.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to„laroqqondirib borish mumkinligi
to„g„risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo„llari:
– iqtisodiy resurslar miqdorini ko„paytirish;
– resurslar unumdorligini oshirish;
– resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini
tanlash;
– jamiyat ehtiyojlarini cheklash.
Bugun hammaga ma‟lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san‟at, adabiyot, fan,
ma‟rifat, bilan shug„ullanishlari uchun hayotiy ne‟matlarni iste‟mol qilishlari,
kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo„lishlari kerak.
Kishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo„lishi uchun turli sohalarda
faoliyat ko„rsatadi. Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning
yashashi va kamol topishini ta‟minlaydigan iqtisodiy ne‟matlarni ishlab chiqarish
(hamda xizmatlar ko„rsatish) dan iborat bo„lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo„lgan hayotiy ne‟matlar va
vositalarni ishlab chiqarish hamda iste‟molchilarga yetkazib berishga qaratilgan,
bir-biri bilan bog„liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib,
iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Iqtisodiyot murakkab va ko„pqirrali tushuncha bo„lib, turlicha mazmun va
talqinga ega. Iqtisodiyot bu, birinchidan xo„jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy
munosabatlar birligi va uchinchidan, fan darajasida mujassamlashgan bilimlardir.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo„jaligi doirasida ro„y bergan.
Shuning uchun iqtisodiyot deganda, uy xo„jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari
tushunilgan. Lekinhozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo„jaligi doirasi bilan
cheklanib qolmaydi, balki yirik ishlab chiqarish korxonalari, korporatsiyalar,
kompaniyalari, moliya va bank tizimlari, xo„jaliklararo, davlatlararo birlashmalarni
o„z ichiga olgan juda murakkab tuzilma hisoblanadi.
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne‟matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo„jalik yuritish shakllari,
ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassasalarning ma‟lum
darajada tartibga solingan tizimidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyot – bu zaruriy
hayotiy iqtisodiy ne‟matlarni yaratish yo„li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga
xizmat qiluvchi xo„jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator
zaruriy bo„g„inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo„ladi.
Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va
tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish,
jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib
ko„rsatish mumkin.
Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya‟ni jamiyat uchun zarur bo„lgan
ne‟mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro„y beradi.
Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan
turlarga ajratiladi.
Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish
tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me‟yorda, o„zgarmasdan va
kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko„payib borish tartibida takrorlanadi.
Tovarlar, xizmatlar va resurslarningharakati bo„yicha takror ishlab chiqarish -
ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste‟mol qilish jarayonlarining
birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang„ich bo„g„ini ishlab
chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va
nihoyat, iste‟mol qilinadigan narsalar bo„lmaydi.
Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va
xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va
jamiyatning alohida a‟zolari o„rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.
Ayriboshlash yaratilgan ne‟matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilari va
iste‟molchilarini bog„lovchi bo„g„in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va
iste‟molchilar o„rtasida iqtisodiy aloqa – ayriboshlash jarayoni, ya‟ni pul va unga
tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste‟mol jarayonidir. Bu
jarayonda tovarlar va xizmatlar o„zlarining pirovard iste‟molchilarini topadi hamda
turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste‟mol ikki turga bo„linadi:
unumli va shaxsiy iste‟mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab
chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste‟mol qilinadi. Iste‟mol buyumlari
shaxsiy iste‟mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularningo„rniga yangisini
ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo„ladi.
Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‟yorda ro„y berishi
hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi
sohalardir.
Infratuzilma quyidagi turlardan iborat bo„ladi:
Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko„rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor xo„jaligi, moddiy texnika
ta‟minoti, transport, aloqa, yo„llar va boshqa shu kabilardir.
Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy
va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta‟lim, sog„liqni saqlash, maishiy, uy-joy va
kommunal xo„jalik).
Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga
xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |