Reja: Iqtisodiyot tushunchasi va turlari


Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#257013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi predmeti va uni bilish usullari

2.Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.  

      Ishlab  chiqarishning  pirovard  maqsadi  iste‟mol,  ya‟ni  ehtiyojni  qondirish 

hisoblanadi.  Insonning  yashashi  va  kamol  topishi,  jamiyatning  rivojlanishi  uchun 

kerak  bo„lgan  hayotiy  vositalar  va  iqtisodiy  resurslarga  zaruriyat  «ehtiyoj»  deb 

ataladi.  Jamiyat  ehtiyojlari  kishilar,  ya‟ni  jamiyat  a‟zolari,  korxonalar  va  davlat 

ehtiyojlarining  birligidan  iborat.  Ehtiyojlarning  bu  barcha  turlari  uchun  umumiy 

bo„lgan  xususiyat  –  ular  cheksiz  va  chegarasizdir.  Jamiyat  ehtiyojlarida  kishi-

larningehtiyojlari  asosiy  va  belgilovchi  rol  o„ynaydi.  Kishilarning  barcha  hayotiy 

ehtiyojlari  (iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  ma‟naviy,  siyosiy  ehtiyojlar)  orasida 

ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlar  alohida  o„rin  tutadi.  Bu  ehtiyojlar  kishilarning 

yashashi,  mehnat  qilishi  va  hayot  kechirishi  uchun  zarur  bo„lgan  moddiy 

ne‟matlardan  hamda  xizmatlardan  iborat  bo„ladi.  Shu  jihatdan  olganda  ijtimoiy-

iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma‟naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o„z ichiga oladi.  

Moddiy  ehtiyojlar,  bu  avvalo,  kishilarningo„zlariga  foydali  bo„lgan 

ne‟matlarni  iste‟mol  qilishga  bo„lgan  xohishlaridir.  Bular  iste‟mol  uchun  zarur 

bo„lgan ko„plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-

ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o„z ichiga oladi. 

Bu  o„rinda  shuni  ta‟kidlash  lozimki,  bir  necha  yil  oldin  zeb-ziynat  dabdaba 

hisoblangan  buyum  bugungi  kunda  eng  oddiy  hayotiy  zarur  predmetga  aylanishi 

mumkin.  Xizmatlar  ham  moddiy  ne‟matlar  kabi  ma‟lum  ehtiyojlarni  qondiradi. 

Masalan,  shaxsiy  avtomashinani  remont  qildirish,  soch  oldirish,  huquqshunos 

maslahatidan  foydalanish  kabi  xizmatlar  moddiy  tovarlar  bilan  bir  qatorda 

kishilarning  ularga  bo„lgan  ehtiyojlarini  qondiradi.  Ma‟naviy  ehtiyojlar  moddiy 

ko„rinishga  ega  bo„lmagan  kishilarning  bilim  va  dam  olish,  madaniy  saviyasini 

oshirish,  malaka-mahoratiga  ega  bo„lish,  har  xil  xizmatlardan  bahramand  bo„lish 

kabi  ko„plab  ehtiyojlarni  o„z  ichiga  oladi.  Ehtiyojlar  yakka  tarzda  va  birgalikda 

qondirilishi  mumkin.  Bu  esa  ehtiyojning  tabiatiga  va  uni  qondiruvchi  obyektlari 

xususiyatiga bog„liq.  

 Ijtimoiy  ehtiyojlar  umumlashgan  iste‟mol  faoliyatining  turli  shakllarida 

qatnashish  orqali  qondiriladi  hamda  uni  kishilarning  birgalikda,  hamkorlikda 

mavjud bo„lishi zarurligini taqozo qiladi. Shunday buyum va xizmat turlari borki, 

ulardan  faqat  birgalikda  foydalanish  mumkin.  Masalan,  ta‟lim  olish,  sog„liqni 

saqlash,  dam  olish  joylaridan  bahramand  bo„lish,  sport  o„yinlari  va  ko„ngilochar 

tomoshalarni birgalikda ko„rish kabilar shular jumlasidandir. 



Jamiyat  ehtiyojlarida  korxona  va  davlat  ehtiyojlari  ham  o„z  o„rniga  ega. 

Korxonalarga  ishlab  chiqarish  maqsadlarini  amalga  oshirish,  ya‟ni  tovarlar  ishlab 

chiqarish  uchun  ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi  kuchi  kerak  bo„ladi.  Davlat, 

butun  mamlakat  aholisining  umumiy  ehtiyojlarini  aks  ettirib,  avtomobil  va  temir 

yo„llar,  maktablar,  kasalxonalar  qurilishiga  ijtimoiy  ne‟matlar  bilan  ta‟minlashga 

xizmat qiladi. 

Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  davlatga  ham  zaruriy  ne‟matlar  va 

iqtisodiy resurslar kerak bo„ladi. 

Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta‟sir ko„rsatadi. Bular quyidagilar: 

jamiyatning  iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi.  Iqtisodiyoti  rivojlanishdan  orqada 

qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo„lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab 

rivojlangan mamlakatlarda kengva xilma-xil bo„ladi; 

jamiyatdagi  mavjud  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim.  Agar  jamiyatdagi  tizim  bozor 

iqtisodiyoti  tartiblari  asosida  qurilgan  bo„lsa,  undagi  ijtimoiy  guruhlar  boylar  va 

kambag„allar, mulkdor va mulksizlarga bo„linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari 

o„rtasida katta farq mavjud bo„ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob 

mahsulotlar  va  xizmatlarga  ehtiyoj  bildirsa,  kambag„allarningehtiyojlari  o„z 

hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi

tabiiy-geografik  sharoitlar.  Bu  omil  ham  ehtiyojlarning  miqdori  va  tarkibiga 

ta‟sir  qiladi.  Masalan,  nisbatan  sovuq  iqlim  sharoitida,  issiq  sharoitdagilarga 

qaraganda  hayot  kechirish  uchun  oqsil  va  yog„ga  boy  oziq-ovqat,  issiq  kiyim-

kechak, uy va transport vositalariga ko„proqehtiyoj bo„ladi; 

tarixiy-milliy  an‟analar  va  urf-odatlar,  tarixan  shakllangan  milliy  va  diniy 

marosimlar.  Jumladan,  Navro„z  bayrami,  ro„za  va  hayitlar  o„ziga  xos  ehtiyojlarni 

yuzaga keltiradi

aholi soniningo„sishi, uning tarkibidagi o„zgarishlar;  

xalqaro,  davlatlar,  millatlar  va  mintaqalar  o„rtasidagi  aloqalar,  ayniqsa,  ular 

o„rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning rivojlanishi. 

Alohida  kishilarningehtiyojlari  ularning  yoshi,  jinsi,  oilaviy  ahvoli,  kasbi, 

mehnatning  tabiati  kabi  omillarga  bog„liq.  Masalan,  keksa  kishilar  yoshlardan 

farqqilib,  yengil  hazm  bo„ladigan  ovqatga,  dori-darmonga,  shovqin-suronsiz 

yashash  muhitiga  ko„proqehtiyoj  sezadi.  Ko„p  bolali  oilalarda  bolalar  kiyimi, 

o„yinchoqlarga  ehtiyoj  yuqori  bo„lsa,  farzandsiz  oilalarda  bunday  ehtiyojlar 

bo„lmaydi. Murakkab, og„ir va yengil mehnat turlari bilan shug„ullanuvchi kishilar 

ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farqqiladi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to„liqqondirish mumkin 

emas. Jamiyatda har bir ma‟lum davrda ko„plab qondirilmagan ehtiyojlar bo„ladi. 

Vaqt  o„tishi  bilan  yangi  buyumlarning  paydo  bo„lishi,  reklamaning  ta‟siri  va 




bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o„zgaradi va miqdoran o„sib 

boradi.      

Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli - tuman bo„lib, ularni turkumlash-

ga turli jihatdan yondashish mumkin.  

Ehtiyojlarga  turli  mezonlar  orqali  yondashib,  uni  har  xil  guruhlarga  ajratish 

mumkin: 


Ehtiyojlar  subyektlariga  ko„ra:  individual,  jamoa  va  umumjamiyat 

ehtiyojlariga bo„linadi. 

a)  Individual  ehtiyoj  –  har  bir  insonningehtiyojini  ifodalaydi.  U  fiziologik 

ehtiyojlar,  o„zininghar  tomonlama  kamol  topishiga  bo„lgan  ehtiyojlar  va  boshqa 

shu kabilarni o„z ichiga oladi.  

b) Guruhiy ehtiyoj  – bu oilaviy  yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan 

guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo„lib, birgalikda yashash, 

faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. 

d)  Umumjamiyat  ehtiyoji  –  bu  mamlakat  miqyosida,  insonlarning  bir  butun 

bo„lib  tarkib  topgan  ehtiyojlaridir.  U  o„z  ichiga  birinchidan,  barcha  turdagi 

individual  va  guruhiy  ehtiyojlarni  olsa,  ikkinchidan  jamiyatni  yaxlit  organizm 

sifatida  yashab  turishi  uchun  zaruriy  ehtiyojdir.  Bularga  tabiiy  resurslarni  asrash, 

mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatningehtiyoji turli 

ijtimoiy  toifa  va  guruhlarga  mansub  kishilar  ehtiyojining  yaxlitligi  sifatida 

namoyon bo„ladi.  

Ehtiyojlar obyektga ko„ra moddiy, ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlarga bo„linadi. 

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo„lishi bilan vujudga kelgan. Ular 

tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, 

kiyim-kechak,  turar-joylarga  bo„lgan  ehtiyojlarningqondirilishi  yashashning  bir-

lamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko„rinishga ega, masalan, oziq-

ovqat mahsulotlariga ehtiyoj: un, guruch, yog„, go„sht, shakar va boshqalar aynan 

shunday ko„rinishga ega. Ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyoj azaliy bo„lmay jamiyat taraq-

qiyotining  ma‟lum  bosqichida,  sivilizatsion  rivojlanish  natijasida  yuzaga  keladi. 

Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib bo-

radi. Ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo„lgan 

ehtiyojlar  tarzida  yuzaga  chiqadi.  Kishilar  ijtimoiy-ma‟naviy  xizmatlardan  foyda-

lanib, axloqiy, ma‟naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb 

egallaydi, har tomonlama kamol topadi.  

Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo„lgan 

ehtiyojlarga ajratiladi. 

Mehnat  ehtiyoji  insonningo„zida  mujassamlashgan.  Mehnatsiz  inson  yashay 

olmaydi,  Chunki  mehnatsiz  nozu-ne‟matlarni  yaratib  bo„lmaydi  va  inson  shaxsi 

kamol  topa  olmaydi.  Mehnat  ehtiyoji  insonda  jismoniy  mehnat  qilish  va  aqliy 



qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o„z o„rnini topib va qobilyatini 

ishga  solib,  obro„-e‟tibor  qozonishga  harakat  qiladi.  Inson  mehnat  qilar  ekan, 

albatta  ish  qobiliyatini  tiklash  uchun  dam  olishi  va  turli  ko„ngilochar  tadbirlarda 

qatnashishiga ehtiyoj sezadi. 

Ehtiyojlar  qondirilishi  jihatidan  yakka  tartibda  va  birgalikda  qondiriladigan 

ehtiyojlarga  bo„linadi.  Har  bir  inson  o„ziningehtiyojlarining  bir  qismini  yakka 

tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda 

qondiriladigan ehtiyojga yagona o„lchov bilan yondashib bo„lmaydi. Moddiy ehti-

yojlarning  ko„pchiligi  odatda  yakka  tartibda  qondiriladigan  ehtiyojlarni  tashkil 

etsa,  ijtimoiy-ma‟naviy  ehtiyojlar  ko„proq  birgalikda  qondiriladigan  ehtiyojlardan 

iborat.  Masalan,  kiyim  kiyishga  bo„lgan  ehtiyoj  yakka  tartibda,  bilim  olishga 

bo„lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi. 

5.  Ko„zlangan  maqsadiga  qarab  shaxsiy  va  unumli,  ya‟ni  ishlab  chiqarish 

ehtiyojlari  farqlanadi.  Iste‟mol  tovarlari  va  iqtisodiy  resurslarga  bo„lgan  ehtiyoj 

shular  jumlasidandir.  Birinchisi  insonning  bevosita  ehtiyojlari  bo„lib,  uninghayot 

kechirishi,  har  tomonlama  kamol  topishiga  qaratiladi.  Ishlab  chiqarish  ehtiyojlari 

esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, 

kamol  topishi  uchun  zarur  bo„lgan  turli  ne‟matlar  ishlab  chiqarish  uchun  zarur 

ishlab chiqarish vositalari unumli iste‟mol qilinadi.  

Qaydqilingan  ehtiyojlarning  barchasi  bir-biri  bilan  bog„liq  bo„lib,  biri 

ikkinchisini  taqozo  qiladi  hamda  yagona  umumjamiyat  ehtiyojlari  tarzida 

shakllanadi.  

Jamiyatning,  ya‟ni  uni  tashkil  qiluvchi  kishilar  va  davlat  ehtiyojlarining 

cheksizligi,  ularning  to„xtovsiz  yangilanib  va  ortib  borishi  ehtiyojlarningo„sib 

borishi  iqtisodiy  qonunda  o„z  ifodasini  topadi.  Mazkur  qonun  nafaqat 

ehtiyojlarning  miqdoran  o„sib  borishini,  balki  ularning  tarkiban  yangilanib 

turishini,  eskilariningo„rniga  yangilarining  kelishini  bildiradi.  Ehtiyojlarningo„sib 

borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o„rtasidagi uzviy, to„g„ridan-to„g„ri 

bog„liqlikni  aks  ettiradi.  Ishlab  chiqarish  ehtiyojlarini  qondirishga  qaratiladi  va 

uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal 

tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o„rtasidagi bog„liqlik xalqaro miqyosda 

aks  etadi.  Ma‟lum  bir  mamlakatda  paydo  bo„lgan  ehtiyoj  boshqalariga  tarqalib, 

xalqaro  mazmunga  ega  bo„ladi.  Xalqaro  aloqalar  rivojlanib  borgani  sari 

ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal 

belgilari rivoj topib boradi. 

Ehtiyojlar  o„zaro  bir-birini  taqozo  qilishi  sababli  bir  ehtiyoj  o„z  orqasidan 

boshqa  bir  ehtiyojni  keltirib  chiqaradi.  Masalan,  kompyuter  texnikasiga 

ehtiyojning paydo bo„lishi, o„z navbatida uni ishlatish, o„rganish, xizmat ko„rsatish 

va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 



Ehtiyojlarningo„sib  borishi  bir  tekis,  uzluksiz  bo„lmaydi.  Uningo„sishiga 

qarshi  ta‟sir  qiluvchi  omillar  ham  mavjud  bo„ladi.  Ishlab  chiqarish  holati, 

jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, 

iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong„in kabilar) 

ehtiyojlarningo„sib  borishiga  qarshi  ta‟sir  ko„rsatuvchi  omillardir.  Shunday 

qilib,ehtiyojlarningo„sib  borish  qonuni  mavjudehtiyojlarning  miqdoran  o„sib 

borishida,  mutlaqo  yangilarining  paydo  bo„lishida,  muayyan  ehtiyojlar  doirasida 

uning  turlari  nisbatiningo„zgarishida  va  bir  ehtiyojning  boshqasi  bilan 

almashinishida  namoyon  bo„ladi.  Ehtiyojlarningo„sib  borishi,  uni  qondirish 

vositalari  darajasi  bilan  chegaralanadi.  Chunki  ehtiyojlar  cheksiz  o„sib  borgan 

taqdirda  ham  uni  ta‟minlash  uchun  zarur  bo„ladigan  iqtisodiy  resurslar  cheklan-

gandir. 


Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran 

o„sib, tarkiban takomillashib borishi aniq namoyon bo„ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz 

o„zgarib  turishi  har  qanday  jamiyatga  xosdir.  Qondirilgan  ehtiyoj  yangi 

ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko„zi tuproqqa to„lganda to„yadi» 

degan  naql  kelib  chiqishiga  sabab  bo„lgan.  Hozirgi  zamon  fanida  ehtiyojlar 

cheksiz, ular o„sishining to„xtashi, jamiyat hayotini to„xtashini bildiradi deb e‟tirof 

etishadi.  Ehtiyoj  o„sib  bormaganda  ishlab  chiqarishning  taraqqiy  etishiga  ham 

zarurat bo„lmas edi. 

Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo„nalishda amalga oshadi.  

1.  Kishilarningehtiyoji  miqdoran  o„sib  boradi.  Bu  bir  tomondan  aholi 

sonining  ko„payib  borishi  bilan  bog„liq  bo„lsa,  ikkinchi  tomondan,  iste‟molning 

ortishi bilan bog„liq. 

2. Ehtiyojlar tarkibi o„zgarib, yangilanib va ko„payib boradi. Ayrim ehtiyojlar 

yo„qolib,  o„rniga  yangisi  keladi.  Ishlab  chiqarishningo„zi  ehtiyojlarningo„sishiga 

va tarkibiningo„zgarishiga katta ta‟sir ko„rsatadi.  

Shuning  uchun  ehtiyojlar  borgan  sari  tarkiban  yangilanib,  ko„payib  sifat 

jihatdan  o„zgarib  boradi.  Ishlab  chiqarish  ta‟sirida  mutlaqo  yangi  ehtiyojlar 

vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo„qolib boradi. 

Chunki,  ishlab  chiqarish  orqaligina  turli  ne‟matlar  yaratiladi  va  muayyan 

ehtiyojlarni 

qondirishga 

imkoniyat 

ham 

vujudga 


keladi. 

Mavjudehtiyojningqondirilishi  o„z  navbatida  yangi  ehtiyojlarni  vujudga  keltiradi. 

Masalan,  avtomobil  sotib  olib  ehtiyojningqondirilishi  o„z  navbatida  qator  yangi 

ehtiyojlarni  keltirib  chiqaradi:  mashina  turadigan  joyga,  yonilg„i,  ehtiyot  qism, 

sug„urta qildirish, soliqlar to„lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.  

Fan-texnika  taraqqiyotining  tezlashuvi,  aholi  turmush  tarzi  o„zgarishi  ham 

ehtiyojlarni  tubdan  o„zgartiradi.  Yangi  ixtirolarni  ommaviy  ishlab  chiqarish  o„z 



navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, 

planshetva boshqalarga ehtiyoj.  

Ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  kishilar  hayotining  ijtimoiy-maishiy  va 

madaniy  sharoitlariga  ham  ehtiyojlarni  shakllantiradi.  Bunga  oddiygina  misol, 

dastlabki  ibtidoiy  odamlarning  ovqatlanishi  bilan  hozirgi  zamon  ovqat  tayyorlash 

texnologiyasi tubdan farqqiladi.  

Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o„z navbatida ehtiyojlar ham 

ishlab chiqarishga ta‟sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining 

aniq  yo„nalishiga  asos  bo„ladi,  ikkinchidan  inson  ehtiyojlarining  miqdor  va  sifat 

jihatdan tez o„zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi. 

Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o„rtasida o„zaro uzviy bog„liqlik va 

ehtiyojlarning  yuksalishi  murakkab  tarzda  kechishini  ko„rsatadi.  Ehtiyojlarning 

cheksizligi nisbatan ko„proq ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli, 

A.Smit  «ovqatga  intilish  har  bir  odamda  kishi  oshqozonini  kichik  sig„imi  bilan 

cheklanadi,  lekin  qulayliklarga  hamda  uy-joy,  kiyim-kechak,  uy  sharoiti  va 

anjomlarni  bezashga  intilish  aftidan  cheksiz  yoki  muayyan  chegaralarga  ega 

bo„lmasa kerak» deb ta‟kidlagan. 

Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste‟mol (HI)ni 

ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya‟ni 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish