3.Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi.
Iqtisodiyot sir-asrorlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlarda ham
mavjud bo„lgan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko„zga ko„ringan olimlari
Ksenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Ilk iqtisodiy
bilimlarning ildizlarini qadimgi dunyo avvalo, jahon sivilizatsiyasi beshigi Ko„hna
Sharq mamlakatlari mutafakkirlari qarashlaridan o„z o„rniga ega bo„lgan. Qadimgi
Hindistonning «Manu qonunlari»da (bizningeramizgacha IV-III asr) ijtimoiy
mehnat taqsimoti, hukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo„lishi
qaydqilingan.
Qadimgi
Xitoy
mutafakkirlari
xususan
Konfutsiy
(bizningeramizgacha 551-479 y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning
farqlari ko„rsatiladi, bunda birinchisi jamiyat “yuqori” qatlamlari, ikkinchisi asosiy
qismi qullardan iborat bo„lgan «oddiy kishilar» ga tegishli bo„lishi qo„rsatilgan.
Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari
munosib hissa qo„shgan, Ksenofont (e.o430-354 y.y.,), Platon (e.o427-347 y.y.),
Aristotel (e.o384-322 y.y.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining bosh-
lang„ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo„jalik
ne‟matlari asosi hisoblangan naflilik to„g„risidagi, ne‟matlarni to„g„ri ayriboshlash,
ekvivalentlar ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli.
Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Katona, Varrona, Kalumella) iqtisodiy
qarashlarida qulchilikning mavjud bo„lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar
tengligi qaydqilinadi, adolatli narx prinsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy
baholash, mulkchilik tushunchasi boylik va boshqa shu kabilarga o„z fikrlarini
bayon qilinadi.
Aristotel birinchilardan bo„lib tovarning xususiyatini ko„rsatib, ayriboshlash
nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o„ziningqarashlarini
bayon etadi.
Qadimgi dunyo olimlari iqtisodiyotning ko„pgina qonun-qoidalarini,
tushunchalarini yoritib bergan bo„lsa ham, u davrda iqtisodiy fan ilmiy bilimning
alohida sohasi sifatida shakllanmagan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko„pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan
va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan
shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisodyunoncha so„zdan olingan bo„lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»-
uy xo„jaligi, «nomos»–qonun, ya‟ni uy yoki ijtimoiy xo„jalik qonunlari degan
ma‟noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo„lib u hozirgi davrda
turlicha mazmunda ishlatiladi, ya‟ni har xil darajadagi xo„jaliklarni, ilmiy
bilishning aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Fransuz
iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615
y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani
sifatida asosladi.
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g„oyaviy oqimlar, maktablar
vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerdava qanday qilib
ko„payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy
oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha mercante - savdogar) deb
atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin)
savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo„ladi, ko„payadi, faqat savdoda band
bo„lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi.
Boshlang„ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o„rtalari) monetar tizim
deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish
hisoblangan. Vaqt o„tishi bilan merkantalistlar bu tadbir o„z-o„zicha mamlakatning
boyligini oshirmasligini tushunishgan. Keyingi merkantalizm (XVII-XVIII asr
boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni
tashqariga chiqarishni taqiqlash to„siq bo„lishini anglashgan. Bu holda asosiy talab
tashqi savdoda pulning ijobiy qoldig„i mavjud bo„lishi hisoblangan, pul oqimini
tartibga solishga esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozimligi ta‟kidlangan.
Keyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (1571-
1641) hisoblanib, shu oqim nuqtayi nazarida davlatning ichki va tashqi siyosatini
asoslaydi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm iqtisodiy siyosatiga
tayanadi, ya‟ni ular davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning
importdan ortiq bo„lishi va boylikni ko„paytirishni ta‟minlashi zarurligi
masalalariga e‟tibor qaratadi. Bu obyektivvujudga kelgan nazariya va siyosat
kapitalningdastlabki jamg„arilishi va shu orqali iqtisodiy o„sishga ijobiy ta‟sir
ko„rsatgan.
«Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o„laroq, boylik qishloq xo„jaligida
yaratiladi va ko„payadi, degan g„oyani olg„a surdi. «Fiziokratiya» yunoncha
so„zdan olingan bo„lib, ma‟nosi «tabiat hukmronligi» degan ma‟noni anglatadi. Bu
maktab dastlab XVIII asr o„rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va
Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g„oyasining asoschisi Fransua
Kene (1694-1774) qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog„i
hisoblanadi, unda tabiiy yo„l bilan qo„shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib,
xalqning boyligini ko„paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Uning fikricha,
qishloq xo„jaligida doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o„sishi
uchun asos bo„lib xizmat qiladi, savdoninggullab-yashnashi va aholi farovonligiga
olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning kamolotini ta‟minlaydi.
Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o„ylab
topilmaydi, balki ularni bilish va talabiga bo„ysunish zarur deb hisoblaydi.
F.Kene birinchi bo„lib, ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur
“iqtisodiy jadvalni” yaratadi. F.Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-
ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xomashyo, kelgusi yil hosili uchun urug„lik
ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o„rtasida tovar va pul
oqimi harakatda bo„ladi deb ko„rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga
renta shaklida beradi.
Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishli bo„lishi sababli,
mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb
hisoblaydi.
Uilyam Petti (1623-1686) g„oyalari merkantilizmdan klassik fan-siyosiy
iqtisodga o„tish uchun ko„prik bo„ldi. U birinchi bo„lib boylikning manbai mehnat
va yer deb e‟lon qildi.
«Mehnat boylikning otasi bo„lsa, yer uning onasidir» degan mashhur qarash
U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi
namoyondalari bo„lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina
qishloq xo„jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida
yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda
mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatningo„zini tovar ishlab
chiqaruvchilar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning
onasi yer, otasi mehnat, degan qat‟iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790)
iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush
farovonligini o„stirishni o„rganish deb hisoblaydi. U o„zining «Xalqlar boyligining
tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab
rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va
ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular obyektivqonunlar
asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini
ko„rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa jamiyatning boyligi
deb hisoblaydi. U boylikningo„sish shart-sharoitlari mehnat taqsimoti va uning
unumdorligi ortishidir deb ta‟kidlaydi.
A.Smit fikricha, qiymatning manbai mehnat, jamiyat rivojlanishi mehnat
bilan birga kapital va yer ham qiymat manbai bo„lib boradi, Shu sababli, tovar
narxi ish haqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi bilan
jamiyatning barcha sinflari daromadi o„sib boradi, pul qiymat o„lchovi vazifasini
bajaradi degan xulosaga keladi.
A. Smit tushunishicha, qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatdan ustun
tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta‟sir ko„rsatadi. Inson o„z manfaatini,
shaxsiy iqtisodiy faolligi natijalarini faqat boshqalar bilan o„zaro ayriboshlash yo„li
bilan ro„yobga chiqaradi. Shunday qilib, kishilar o„z manfaatini ko„zlab, bir-birlari
uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor esa ularningo„zaro manfaatlarini hisobga
olishga majbur qiladi, ya‟ni bunda kishilar beixtiyor jamiyat uchun ishlaydi.
A. Smitning «ko„rinmas qo„l» qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab
va taklif, raqobat) va obyektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta‟siri nazarda tutiladi. U
davlatning jamiyatdagi yangi sinfi – kapitalist – tadbirkorlarning xo„jalik ishlariga
aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g„oyasini ilgari suradi. Tabiiy
erkinlik siyosati uning nazariyasida quyidagilarni ko„zda tutadi: ishchi
kuchiningerkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini
davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish.
A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D.Rikardo (1772-1823)
hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yaxlit
iqtisodiy nazariya fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur
fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni
ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb
hisoblaydi hamda foyda normasining pasayish tamoyilini ko„rsatib beradi,
Differensial renta mexanizmini yoritadi.
D.Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutlaq ratsional tizimi, foyda
normasiga esa – kapitalizm jo„shqinligining rag„batlantuvchisi sifatida qaraydi.
Uningg„oyalari Angliya utopik sotsializm nazariyasiga asos bo„ldi.
Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishiga Sismondi (1773-1842) ham
muhim hissa qo„shdi. U kapitalistik jamiyat iqtisodiy mexanizmini tanqidqilib,
siyosiy iqtisod inson baxti yo„lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga
qaratilagan fan bo„lmog
„i lozim deb ko„rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini
tanqidqilish bilan bir qatorda undan ko„ra progressiv bo„lgan jamiyat qurish
g„oyasi Sen-Simon (1760-1825), Sharl Fure (1772-1837), Robert Ouen (1771-
1858) kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni
qattiq tanqidqilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb
nomlangan nazariy yo„nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb
qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, tarkibiy qismlari,
vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o„rin almashish sabablari
to„g„risidagi ta‟limotni hamda qo„shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur
ta‟limot asoschilari o„zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda
uchta ilmiy manbaga tayanib yaratadi: A.Smit – D.Rikardoning Angliya klassik
siyosiy iqtisodi, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va fransuz utopik
sotsializmi.
Ular ta‟limotida asosiy o„rinni bazis va ustqurma konsepsiyasi egallaydi –
unga ko„ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Mazkur nazariyada
kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotida bozor prinsiplari buzilishiga olib
kelishi, to„liq bandlikni ta‟minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga
tortishi qaydqilinadi. Ular A.Smit va D.Rikardo asos solgan qiymatning mehnat
nazariyasini yangidan qayta ishlab, qo„shimcha qiymat ishlab chiqarishga
proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning kapitalistlar
tomonidan o„zlashtirilishi ular boyligining ko„paytirishningdoimiy manbaini
tashkil qilishini qaydetadi. Kapitalning jamg„arilish jarayoni sinfiy kurashning
keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo„lishi bilan tugashini qaydqiladi.
K.Marksning kapital to„g„risidagi ta‟limoti bir xil baho olmadi. Sobiq
sotsialistik mamlakatlarda marksistik g„oyani ro„yobga chiqarishga qaratilgan
harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo„ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib
keldi. Hozirgi kunda Marksizm tanqidchilari kapitalizm barbod bo„lganligi va
uning bashoratlari tasdiqlanmaganligini qaydqilishadi. Bu g„oyaning tarafdorlari u
tadqiqqilgan kapitalizm 1930-yillardagi buyuk depressiya davrida barbod
bo„lganligini ko„rsatadi.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishi Abu Nasr Forobiy
(870-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Yusuf
Xos Hojib, Alisher Navoiy (1441-1501) va boshqa shu kabi dunyoga mashhur
mutafakkirlar nomi bilan bog„liq. Ularning asarlaridagi iqtisodiy g„oyalar hali
falsafiy bilimlardan to„liq ajralmagan bo„lsada, ancha qiziqish uyg„otadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy qarashlarida insonlarningehtiyojlari to„g„risidagi
g„oyalar markaziy o„rinni egallaydi. Uning fikricha, kishilarning moddiy
ehtiyojlari jamiyatning shakllanishida birlamchi sabablardan hisoblanadi.
Ibn Sino nafaqat oila doirasida, balki shahar va davlat darajasida daromadva
harajatlar muvozanati haqida fikr yuritadi. Uningqarashicha, daromadva xarajatlar
muvozanatligiga tabiiy ofatlar va urushlar ro„y berganida zaxiradan mablag„larni
ta‟lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur.
Iqtisodiy bilimlar sohasida XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos
Hojib muhim o„rin tutadi. U jamiyat rivojlanishida mehnatning rolini ko„rsatib,
moddiy boyliklarning xarakteri va xususiyatlarini qaydqiladi, mehnat taqsimoti
masalasi muhimligiga e‟tibor qaratadi hamda pulningvazifalariga aniq ta‟rif beradi.
Buyuk shoir, mutafakkir, qomuschi olim va davlat arbobi A.Navoiy
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi haqida o„z fikrlarini bayon qiladi, boylikni
yaratishda mehnatning rolini ko„rsatib beradi. U «boylik» agar u butun xalq tomo-
nidan foydalanilsa, ne‟matga aylanadi deb hisoblaydi.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» atamasi «iqtisod»
tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqtisodiyot nazariyasida yangi
yo„nalish «ekonomiks» (inglizcha “economics” – iqtisod, xo„jalik hayoti, iqtisodiy
fan) shakllandi, u fan sifatida xo„jalikni rivojlantirish qonunlarini o„rgatishni
anglatadi.
Shu sababli, bu davrdan qator g„arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy
konsepsiyalar paydo bo„ldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat
nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan
ozodqilishga urinishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy
mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo„yildi. Bular: iste‟mol
jarayonida iqtisodiy ne‟matlar subyekt nafligi pasayib borish prinsipi; iqtisodiy
muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning mavjud
omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil imkoniyatlaridan
tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozodqilingan «texnologiya» bo„lib
qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat
qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot subyekti imkoniyatlar cheklanganlik
muammosiga to„qnash keladi. Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan
resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muammosini qanday hal
qilish mumkinligini tadqiqqiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim
vujudga kelib, shakllana boshladi. U fransuzcha “marginus” so„zidan olingan
bo„lib, «keyingi qo„shilgan», degan ma‟noni beradi. Uning asoschilari Avstriya
iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer
(1851-1926), Bem Bavrek (1851-1914) hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli
Jevons (1835-1882) bo„lib, ular tomonidan keyingi qo„shilgan tovar nafliligining,
mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, keyingi xarajat kabi
nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo„nalish neoklassik,
ya‟ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan
biri A.Marshall bo„lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog„lanishi va uning
nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi
omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo„nalishning
namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910) bo„lib, u
umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Neoklassiklar o„zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari
deb hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik
prinsiplarini qo„llab chiqadi. Ularning bosh g„oyasi shundan iboratki, bozor
iqtisodiyoti muvozanatlikni o„z-o„zicha tartibga solish va qo„llab-quvvatlashga
layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur.
Neoklassik oqim tarafdorlari o„zlarining tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy tashkil
qilinish shaklidan qat‟i nazar “sof iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan
bozor iqtisodiyoti alohida subyektlari xatti-harakatini nazarda tutadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy
taraqqiyot nazariyasi» (1912-yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar
o„zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko„rsatishga harakat
qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan
xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) o„zining «Bandlik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi» (1936-yil) degan kitobida makroiqtisodiy
ko„rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‟mol va jamg„arishningo„zaro
bog„liqligini tahlil qilib, investitsiyava iste‟mol nisbatlariningeng maqsadga
muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko„rsatadi.
Keyns ta‟limoti ta‟sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo„lga qo„yildi. U
davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.
Keynsning bosh g„oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi
takomillashmagan va o„z-o„zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo„lgan
yuqori bandlik va iqtisodiy o„sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi
orqali ta‟minlanishi mumkin.
O„tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod, E. Domar, E.
Xansen va boshq.) bandlik va inflatsiya o„rtasida optimal nisbatni topishga harakat
qilib, iqtisodiy o„sish muammosiningyechimini ishlab chiqadi. “Neoklassik sintez”
konsepsiyasi ham shunga yo„naltirilgan. Jumladan, P. Samuelson neoklassik va
Keynscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal darajasini ta‟minlovchi
hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog„lashga harakat qiladi. P.
Samuelsonning asosiy g„oyasi shundan iboratki, qachonki to„liq bandlikka
erishilganda bozorningo„zini-o„zi tartiblash tizimi ta‟sir ko„rsata boshlaydi.
XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N.
Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini
cheklash, inflatsiyaga qarshi tadbirlar o„tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo
g„oyalari bilan to„ldirishga harakat qiladi.
Keyns nazariyasi g„arb mamlakatlarida iqtisodiy o„sishning, ancha yuqori
sur‟atlarini ta‟minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o„stirish
imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflatsiyava iqtisodiy bo„hronlarni
bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko„rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot nazariya-
sidagi yangi yo„nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va neoinstitutsionalizm
keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal qiluvchi rol
o„ynashini asoslashga qaratilgan nazariya monetaristlar iqtisodiyotni boshqarishda
davlat pul masalasi, pul emissiyasi, muomala va zaxiradagi pul miqdorini nazorat
qilishi, davlat budjeti muvozanatlashuviga erishishi va yuqori bank kredit foizini
o„rnatishi zarur deb hisoblaydi.
Monetarizm
erkin
raqobat
va
narxningerkin
shakllanishini
bozor
iqtisodiyotining asosi va uning muvozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi.
Ular fikricha, bozor o„z-o„zini tartibga soluvchi tizim bo„lib qolaveradi, davlatning
aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim.
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti sovrindori
Milton Fridman o„zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul
omili asosiy rol o„ynaydi, degan g„oyani ilgari suradi. M. Fridmanning fikricha,
pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning tartibsiz dastagi bo„lishi mumkin.
Uning iqtisodiy qarashlaridan Pinochet davlat boshqaruviga kelgan davrda
Chilida, R.Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun AQSHda foydalanilgan.
XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo„nalishida bir qator yangi oqimlar
vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Neoliberalizm (F.Xaek, Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e‟tiborni davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, U.Mitchel, M.Veber, J.Gelbreyt)
fikriga ko„ra xo„jalik yurituvchilar o„rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki
noiqtisodiy omillar ta‟sirida vujudga keladi. Shu sababli, iqtisodiyotga
muassasaviy o„zgarishlar orqali ham ta‟sir ko„rsatishi mumkin.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator
yo„nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan
bo„lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o„tiladi.
Hozirgi paytda bu yo„nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator
MDHdavlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshlandi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o„tgan yo„l va unda
vujudga kelgan g„oyalar, oqimlar juda murakkab, ko„pincha bir-biriga zidva
qarama-qarshidir. Shunday bo„lsa-da, ular bir-birini to„ldiradi, iqtisodiy jarayonlar
va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma‟lum darajada umumlashtirib
ifodalaydi.
Iqtisodiy fanda turli xil maktablarning mavjud bo„lishi va iqtisodiy
jarayonlarni bilishga turlicha yondashuvlar iqtisodiy hayotning murakkabligi,
o„zgaruvchanligi va ziddiyatli bo„lishini tasdiqlaydi. Shu sababli,hech bir nazariya
doimiy va mutlaqhaqiqat bo„lib qolmaydi. Ayni vaqtda bu nazariyalar o„z
rivojlanishining u yoki bu bosqichida turgan jamiyat iqtisodiy muammolarini
mushohada etish va hal qilishga ma‟lum hissa qo„shadi. Shundan kelib chiqib va
vujudga kelgan ziddiyatlarni bartaraf qilish maqsadida turli xil, hatto iqtisodiyot
nazariyasidagi qarama-qarshi oqimlar yutuqlarini umumlashtirish zarur bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |