2 – Laboratoriya ishi Axborotlarni kodlashtirishga doir misollar REJA: 1. To’g’ri, teskari va qo’shimcha kod 2.Modifikatsiyalashgan kod Darsning maqsadi:. To’g’ri kodlash, teskari kodlash , ko’shimcha kodlash, modifikasiyalashgan to’g’ri kodlash, modifikasiyalashgan teskari kodlash, modifikasiyalashgan ko’shimcha kodlash.
Tayanch iboralar: Raqamli hisoblash mashinalari, diskret axborot, qo’shimcha kod, modifikatsyalashgan kod, sanoq sistemasi.
Dars o’tish usuli: Dars Yangi pedagogik texnologiyalar asosida (charxpalak, klastr va aqliy hujum usullarining kombinasiyasi) kompyuterdan foydalanib o’tiladi.
Dars o’tish vositalari: Kompyuterlar yordamida, ma’ruzalar matni va Amaliy mashqlar elektron qo’llanma shaklida.
Mashg’ulotning xronik xaritasi (120 – minut uchun)
№
Ish mazmuni
Vaqt
1
Tashkiliy qism (xonaning tozaligi, jixozlanish, sanitariya xolati)
2 min.
2
Talabalarning davomati
3 min.
3
Talabalar bilimini baholash
15 min.
4
Yangi mavzu bayoni
60 min.
5
Mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash va mustahkamlash
30 min.
6
Sinov-test savollar
7 min.
7
Uyga vazifa
3 min.
JAMI
120 min.
To’g’ri, teskari va qo’shimcha kod EHMlarda manfiy sonlarni ifodalashda to’g’ri, teskari va ko’shimcha kodlardan foydalaniladi.
Manfiy sonning to’g’ri kodi deb uning ishora xonasiga bir yozilgan tabiiy shakldagi yozuvi tushuniladi. Musbat sonning to’g’ri kodi uning tabiiy shakldagi odatdagi ifodasiga mos keladi, chunki uning ishora xonasiga nul yoziladi.
Butun sonning to’g’ri kodini hosil kilish uchun kuyidagi ifodadan foydalaniladi:
[X]òO’g’ (2.7)
bu yerda n - son ifodasidagi xonalar soni.
Misol. a) X= +10110 va b) X= -10110 butun sonlarni to’g’ri kodda yozish lozim bo’lsin;
Javob: a)[X]t o’ g’=0.10110; b)[X]t o’ g’=1.10110;
To’g’ri kasrning to’g’ri kodini xosil kilish esa kuyidagi ifoda yordamida bajariladi:
[X]to’g’ (2.8)
Misol. Kuyidagi to’g’ri kasrlarni to’g’ri kodda yozish kerak bo’lsin:
a) X = + 0, 1010 ;
b) X = - 0, 1010;
Javob: a) [X]t o’ g’=0,1010; b)[X]ò o’ g’=1,1010 ;
Yukoridagi ifodalardan ko’rinib turibdiki, nol to’g’ri kodda ikkita: musbat 0,000... va manfiy 1,000... kiymatga ega. Odatda EHMda musbat nol ishlatiladi. Lekin, hisoblash jarayonida nolning manfiy ifodasi paydo bo’lishi mumkin. Nolning ikkala ifodasi to’la ekvivalent hisoblanadi va har birining ko’llanishi xatolikka olib kelmaydi.
To’g’ri kod soddaligi tufayli EHMlarda keng ko’llaniladi. Bu kodda sonlarni xotirada saklash, ko’paytirish va bo’lish amalini bajarish kulay hisoblanadi.
To’g’ri kodning kamchiligi sifatida son ifodalarining turli kombinasiyalaridagi jamlash amalining murakkabligini ko’rsatish mumkin.
Turli ishoralarga ega bo’lgan sonlarni ko’shish va ayirish uchun manfiy sonlarni ifodalovchi maxsus kodlar - ko’shimcha va teskari kodlardan foydalaniladi.