Payvandlash transformatori
Payvandlash transformatori metalla buyumlarni, konstruktsiyalarni va hokazolarni eritib, o`zaro ulash uchun xizmat qiladi. 5.21-rasmda avyvanlash transformatorirning printsipial sxemasi ko`rsatilgan. U transformator 1, drossel` 2, yakor` 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel` bilan yakor` orasidagi tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo`lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o`zgarishsiz bo`lishi lozim. Payvandlash toki drossel` 2 bilan yakor` 3 orasidagi tirqish 6 ni o`zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel` chulg`amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko`payadi va aksincha.
Qisqa tutashuv bo`lganda drossel` elektr yoy va transformatorning tokini cheklaydi.
Transformator salt ishlaganda ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.
U20
60 70V, nominal nagruzka bilan
O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini
o`rgatish uslublari.
O`quvchilar elektr sxema zanjirning nusqasi bo`lmay, balki uning mohiyati va printsipini ifodalashga ishonch hosil qilishlari uchun doskada tasvirlangan sxema elementlarining joylashishini o`zgartirib qaytadan chizish va hamma sxemalarda aynan bitta zanjir tasvirlanganligini ko`rsatish kerak.
O`zgaruvchang tok kuchlanishini o`zgartirish.
Ko`pgina elektrik asboblar turli kuchlanishlarga mo`ljallangan bo`ladi. Hatto bitta asbobning o`zini ishlatish uchun uning turli qismlariga turli kuchlanishlar berish talab qilinadi. Masalan, radiopriyomnikda lampaning shog`lanishi uchun o`, v kuchayttirgishning ishlashi uchun esa 350v kuchlanish talab qilinadi. Shuning uchun asbobga beriladigan tarmoq kuchlanishini orttirish yaki kamayttirish imkonini beruvchi moslama kerak bo`lishi ravshan. O`zgaruvchang tok kuchlanishini elektromagnit hodisasidan foydalanib o`zgartirish mumkin ekan, vaholanki o`zgarmas tok kuchlanishini o`zgartirish usuli juda murakkabdir. Asoson huddi ana shu sababli amalda o`zgaruvchang tokdan keng foydalanadi.
Transformator P.N.Yabloshkov tomonidan 1876-yilda ixtiro qilingan. Transformatorning asosiy turlari:
Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar-ular elektr energiyani olisga uzatishda, iste`molchilarni elektr energiya bilan ta`minlashda ishlatiladi.
Avtotransformatorlar-iste`molchiga beriladigan kuchlanishni biroz o`zgartirish yaki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi.
O`lchov transformatorlar- yuqori kuchlanishni va katta toklarni oddiy o`lchov asboblari bilan o`lshashga imkon beradi.
Payvandlash transformatorlari.
Transformator berk po`lat o`zak va unga kiygizilgan o`ramlar soni turlicha bo`lgan ikkita g`altakdan iborat. O`zak ommaviy toklarni kamaytirish
maqsadida bir-biridan izolyatsiyalangan alohida-alohida listlardan yig`iladi. Ikkala g`altakning sho`lg`amlari izolyatsiya bilan qoplanadi va bir-biriga ulanmaydi. G`altakning o`zgaruvchang tok tarmog`iga ulanadigan sho`lg`amiga birlamchi iste`molchiga ulanadigan g`altakning sho`lg`amiga ikkilamchi sho`lg`am deyiladi.
Birlamchi sho`lg`amdan o`tuvchi o`zgaruvchang tok transformator o`zagida o`zgaruvchang magnit maydon hosil qiladi. U ikkilamchi sho`lg`amda induktsiya EYuK uyg`otadi, chunki o`zakdan o`tayotgan magnit oqimi uzluksiz o`zgaradi. O`zak bo`lmaganda magnit kuch chiziqlari birlamchi sho`lg`am chekkalarida har tomonga qayrilish bo`lar edi va ularning ko`pchiligi ikkilanuvchi sho`lg`amga borib etmasdi. Bu hodisaga magnit oqimining soshilishi deyiladi. O`zak berk bo`lmaganda ham magnit oqimi soshiladi. Magnit oqimining soshilishi sho`lg`amdagi induktsiya e. yu. kuchini, shu bilan birga butun qurilmaning foydali ish koeffitsientini pasaytiradi.
Agar o`zak berk bo`lsa, u holda birlamchi sho`lg`am togining deyarli barcha magnit oqimi o`zak ishidan o`tadi va shulg`amni kesib o`tadi.
Faqat ferromagnit moddagina o`zak materiali bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ammo transformator o`zagini tayyorlash uchun har qanday ferromagnit ham yaroqli bo`lavermaydi. O`zakning materiali shunday bo`lishi kerakki, uni o`zgaruvchang magnit maydoni bilan uzluksiz qayta magnitlash uchun iloji boricha kam energiya sarf bo`lishi kerak, aks holda transformator qattiq qiziydi. Shuning uchun o`zak materiali sifatida maxsus transformator po`lati ishlatiladi.
Agar transformatorning ikkilamchi sho`lg`am zanjiri ochiq bo`lsa, u holda birlamchi sho`lg`amning berk zanjirida tok juda kam bo`ladi. Buni transformatorning juda katta o`zinduktsiyaga ega bo`lishi bilan tushintiriladi; birlamchi sho`lg`amda hosil bo`ladigan o`zinduktsiya EYuK uning uchlardagi kuchlanishga deyarli teng va kuchlanishga qarshi ta`sir qiladi. Bunda birlamchi sho`lg`amdan salt ishlash toki deb ataluvchi juda kuchsiz tok o`tadi. Bu tok
o`zakdagi o`zinduktsiya EYuKni etarli darajada hosil qilishi uchun kerak bo`ladigan magnit maydonining o`zgarishi saqlab turadi.
Tabiyki huddi shu magnti maydoni ikkilamchi sho`lg`amning o`ramlarida ham e yu k ni induktsiyalaydi. O`zakning magnit maydoni birlamchi hamda ikkilamchi sho`lg`amlarining har bir o`ramida bir hil eyuk…, demak, tahminan sho`lg`amlaridagi kuchlanishlar hamshu sho`lg`amlarining o`ramlari soniga to`g`ri proportsional` degan xulosa kelib chiqadi.
Agar o`ramlar sonini 2 bilan belgilasak, u holda ikkilamchi o`ram zanjiri ochiq bo`lganda, yana transformatorning salt ishlashda qo`yidagi munosabat o`rinlidir.
U1 U 2
Bunda U1-va U2-mos ravishda birlamchi va ikkilamchi sho`lg`amlardagi kuchlanish.
Agar ikkilamchi sho`lg`am uramlari birlamchi sho`lg`am uramlari sonidan ortiq bo`lsa, bunday transformatorni yuksaltiruvchi transformator deyiladi, chunki ikkilamchi sho`lg`amda kuchlanish birlamchi sho`lg`amdagiga qaraganda yuqori. Agar ikkilamchi sho`lg`am uramlari birlamchi sho`lg`am uramlari sonidan kam bo`lsa, bunday transformatorni pasaytiruvchi transformator deyiladi.
n= 21
22
Ikkilamchi sho`lg`amni qisqa tutashtirilganda undan o`tayotgan tok o`zakda birlamchi sho`lg`amdagi magnit oqimiga qarshi yo`nalishga qo`shimcha magnit oqimi hosil qiladi. O`zakda magnit oqimining susayishi birlamchi sho`lg`amdagi induktsiya EYuK ni kamaytiradi. Shuning uchun undagi tokning qiymati o`zaktagi magnit oqimi oldingi qiymatiga erishmaguncha o`sib boradi. Ikkala sho`lg`am bir xil qo`shimcha magnit maydoni hosil qilishi, ,sho`lg`am hosil
qilgan magnit oqimi esa undagi tok kuchi bilan uramlari soniga ko`paytmasi bilan aniqlangani uchun taxminan qo`yidagicha bo`ladi.
I1 21=I122
Bu formula transformator nagruzka bilan ishlaganda birlamchi va ikkilamchi sho`lg`amlarning tok kuchi hamda uram sonlari orasidagi bog`lanishni ifodalaydi. Transformator nagruzkasi deganda ikkilamchi sho`lg`amdagi tokning to`la aktiv quvvati tushiniladi.
Bu formuladan transformator sho`lg`amlaridagi tok kuchlari ularning uram sonlariga teskari proportsional ekanligi kelib chiqadi. Shunday qilib, transformatorda elektrik energiyaning bir zanjirdan ikkinchi zanjirga elektromagnit induktsiya hodisasi yordamida uzatilishi sodir bo`ladi. Transformatorda sho`lg`amlardagi issiqlik ajratishga va o`zakning qayta magnitlanishiga ketadigan energiya sarfi juda kam bo`ladi. Transformator qancha quvvatli bo`lsa, uning foydali ish koeffitsienti shuncha yuqori bo`ladi. Quvvatli transformatorning f.i.k. 98% gacha etadi. Bu esa berilgan quvvatli tokni transformatsiyalash uchun kam quvvatli bir necha transformator o`rniga shu quvvatga mo`ljallangan bitta transformatordan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini bildiradi.
Energiyaning yuqolishini hisobga olmay, taxminan qo`yidagi xulosaga kelishi, transformator sho`lg`amlariga ulangan ikkala zanjirdagi elektr tokining quvvati birday va asosan ikkilamchi sho`lg`am zanjiriga ulangan asboblarning iste`mol quvvati bilan aniqlanadi.
Agar transformatorning birlamchi sho`lg`amini o`zgarmas tok zanjariga ulansa, u holda transformator o`zagidagi magnit maydoni o`zgarmas bo`ladi, shuning uchun ikkilamchi sho`lg`amda e.yu.k. induktsiyalanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |