14.3. Temir yо‘l kontakt tarmog‘idan foydalanishda texnika xavfsizligini ta’minlash
Yuqori kuchlanishli tarmoqlar hamda qurilmalar о‘zida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun juda katta xavfni yuzaga keltiradigan, ya’ni ularning yuqori kuchlanishli qismlari kо‘zga kо‘rinmas, quloq bilan eshitilmas hamda hidsiz, ammo kuchlanish miqdori va tok turiga qarab havo orqali 0,1¸2 metr masofadan yashin kabi kutilmaganda uradigan о‘ta xavfli kuchga egadir. Yuqori kuchlanishli tarmoq va qurilmalarga xizmat kо‘rsatuvchi insonlardan о‘ta xushyorlik va о‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori kuchlanish xavfi haqida yetarli bilim hamda xavfsizlikka zarur vositalarga ega bо‘lishi va bu vositalardan tо‘g‘ri foydalana olishi talab qilinadi.
Elektr qurilmalardan foydalanishda texnika xavfsizligini ta’minlash uchun himoya vositalaridan foydalaniladi. Himoya vositalari asosiy va qо‘shimcha vositalarga bо‘linadi. 1000 V dan kichik kuchlanishda qо‘llaniladigan izolyatsiyalangan ombir va boshqa instrumentlar, izolyatsiyalangan shtangalar, rezina qо‘lqoplar, rezina kalish va botilar, izolyatsiyalovchi gilamlar asosiy himoya vositalari hisoblanadi hamda ular yuqori (1000 V dan yuqori) kuchlanishda qо‘shimcha himoya vositalari sifatida qо‘llaniladi.
Izolyatsiyalangan shtanga – bu uzun tayoqcha bо‘lib, izolyatsiyalovchi materialdan yasaladi va undan asosan bino ichida foydalaniladi. Tashqarida esa undan quruq havo sharoitida, ya’ni yomg‘ir, qor, tuman bо‘lmagan holatlarda foydalaniladi.
Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda asosiy himoya vositalariga izolyatsiyalavchi taglik, yuqori kuchlanishli kо‘rsatgich, yerlagichlar kiradi.
Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarga ikki xil tartibda xizmat kо‘rsatish mumkin:
- yuqori kuchlanish о‘chirilgan va manbadan ajratilgan holatda;
- yuqori kuchlanish о‘chirilmagan holatda (yerlangan predmet 0,8 metrdan uzoqroq masofada bо‘lishi shart).
Yuqori kuchlanish о‘chirilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan holatda yuqori kuchlanish manbai bilan ta’mirlanuvchi qurilma orasidagi elektr о‘tkazuvchi simda kо‘rinuvchi uzilgan oraliq bо‘lishi shart.
Kо‘rinuvchi uzilgan havo oralig‘i – bu yuqori kuchlanishli energiya ta’minlash tizimi bilan ta’mirlanuvchi qurilma orasidagi elektr о‘tkazuvchi simlar yoki shinalardagi uzilgan oraliq bо‘lib, temir yо‘l kontakt tarmog‘i va nimstansiyalarda ajratgichlar yordamida hosil qilinadi. Yuqori kuchlanishli va kichik quvvatli sinov qurilmalarida esa kо‘rinuvchi uzilgan oraliqni ochiq ulagich-rubilniklar yordamida hosil qilishga ruxsat etiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni nazorat qilish va ta’mirlash ishlarini bitta shaxs bajarishi qat’iyan taqiqlanadi va texnik xizmat kо‘rsatishda hech bо‘lmaganda ikki kishidan iborat guruh ishtirok etishi lozim. Guruh azolaridan biri rahbar etib tayinlanadi. Guruh azolarining har biri yuqori kuchlanish bilan ishlashda texnik xavfsizlikni ta’minlash va yuqori kuchlanishli qurilmalardan foydalanish qoidalaridan imtihon topshirgan, kamida II-toifa guvohnomasiga ega bо‘lishi, umumiy va ish joyidagi yо‘riqnomadan о‘tganligi haqida malumot tegishli jurnalda qayd qilinishi shart. Guruh boshlig‘ining qо‘lida IV- yoki V- toifaga egalik guvohnomasi bо‘lishi talab qilinadi. Guruhga sex rahbari imzo chekkan yozma naryad-buyruq va energodispetcherdan ish bajarishga ruxsat vaqti (okno) olib berilgan bо‘lishi lozim.
Yuqori kuchlanish о‘chirilib, manbadan ajratilgan holda texnik xizmat kо‘rsatish uchun eng avvalo kontakt tarmog‘i uzgich bilan elektr ta’minoti tizimidan uziladi, keyin ajratgich bilan havoda kо‘rinuvchi oraliq hosil qilinadi, sо‘ngra ish joyi ikki tomondan ishonchli yerlanadi.
Yerlash elektr qurilmalardagi yuqori kuchlanishni о‘chirib, havoda kо‘rinuvchi uzilgan oraliq hosil qilingandan keyin bajariladigan majburiyat hisoblanadi. Yerlovchi izolyatsiyalangan tayoqcha (shtanga) qisgich (zajima) bilan jihozlangan bо‘lib, qisgichga kо‘p tolali misdan yasalgan izolyatsiyasiz ochiq yerlovchi sim ulangan bо‘ladi. Elektr qurilma va о‘tkazgichlarni yerlash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
- yerlovchi sim yerga ulanadi;
- yerlagich о‘rnatiladigan joyda yuqori kuchlanishning yо‘qligi tekshirib kо‘riladi;
- kuchlanish bо‘lmasa, yerlagich dielektik qо‘lqop yordamida yoki izolyatsiyali tayoqcha-shtanga bilan belgilangan joyga о‘rnatiladi.
Elektr qurilma yoki havo liniyalariga xizmat kо‘rsatish tugatilgandan sо‘ng yerlagich yuqorida keltirilgan bandlarga teskari tartibda yechib olinadi.
Yuqori kuchlanish о‘chirilmagan holda texnik xizmat kо‘rsatish uchun tepasida metaldan yasalgan ish joyi mavjud bо‘lgan izolyatsiyalangan qо‘yilmadan foydalaniladi. Temir yо‘l kontakt tarmog‘iga yuqori kuchlanishni о‘chirilmagan holatda xizmat kо‘rsatishda asosiy himoya vositalar sifatida drezina hamda temir yо‘l bо‘ylab harakatlanish imkoni bо‘lgan g‘ildirakli olib-qо‘yiluvchi izolyatsiyalangan minora (leyter) ishlatiladi.
Drezina tomida izolyatsiyalangan ishchi zona bо‘lib, uning old va orqa tomonida ikkita izolyatsiyali tayoqcha о‘rnatilgan. Tayoqchaning uchida uni kontakt tarmog‘i simiga mahkamlash uchun qisgich о‘rnatilgan. Qisgichga kо‘p tolali mis sim о‘rnatilgan bо‘lib, simning ikkinchi tomoni metall qobiqqa qotirilgan bо‘ladi. Ish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: ta’mirlovchi guruh metall ishchi zonaga chiqib о‘tirib olishadi, ularning boshlari bilan kontakt simi orasidagi masofa 0,5 metrdan kо‘proq bо‘ladi. Supachaning old va ort tarifidagi qisgichli izolyatsiyalangan tayoqchani xizmatchilar qо‘li bilan ushlab, qisqich kontakt tarmog‘i simiga ulab, ishchi zona va kontakt tarmog‘i simining potensiallarini bir xilligi ta’minlanadi. Keyin ishchi zonadagi xizmatchilar guruhi qо‘llari bilan kontakt simini bemolol ushlab ishlashlari mumkin bо‘ladi. Ishchi zona va sim orasidagi kuchlanishlar farqi bо‘lmaganligi sababli ularni tok urmaydi. Kontakt tarmog‘ida rejalashtirilgan ishlar kuchlanish ostida bajarib bо‘lingan, ishchi guruh xizmatchilari ishchi zonaga о‘tirib yoki egilib olib simdan ruxsat etilgan uzoqlikda turgan holatda kantakt tarmog‘i simidan izolyatsiyalangan tayoqchali qisqichni bо‘shatib oladi. Sо‘ngra metall ishchi zona pastga tushirilib, ishchi guruh drezinadan yerga tushadi.
Ish joyida xizmat kо‘rsatuvchi shaxslarning elektr xavfsizligini ta’minlash uchun va ularni bexosdan yuqori kuchlanishli tok о‘tkazgichlariga tegib ketishlarini oldini olish uchun vaqtinchalik yerlangan tо‘siqlar yoki doimiy tо‘siqlar о‘rnatiladi.
14.2-jadval
Sanoat chastotali о‘zgaruvchan tok uchun yuqori kuchlanishli tok о‘tkazuvchilar bilan yerlangan tо‘siq orasining uzunligi
|
50 Gs о‘zgaruvchan tok
|
Impulsli tok
|
Kuchlanish
|
<10kV
|
<50kV
|
<250kV
|
<100kV
|
<400kV
|
Oraliq masofa
|
0,23m
|
0,5m
|
1,5m
|
0,5m
|
1,0m
|
Temir yо‘l transportida yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda bajariladigan texnik xizmat kо‘rsatish ishlarining tartibi «О‘zbekiston temir yо‘llari» AJ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga mos ravishda olib borilish kerak.
Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalardan foydalanish va ularga texnik xizmat kо‘rsatish hamda ularni uzluksiz nazorat qilib turish vaqtida eng kо‘p uchraydigan ishlar quyidagilardir:
-izolyatsiya qarshiligini о‘lchash;
-elektr himoya apparatlarining ishlab ketishini tekshirish;
-kontakt tarmog‘ini rostlash;
-havo strelkalarini rostlash;
-seksiya izolyatorlarini rostlash;
-kontakt simi va ushlab turuvchi tross orasiga torlarni о‘rnatish va rostlash;
-seksiya ajratgichlarini ta’mirlash va normal ishlashini tekshirish.
Ushbu ishlarni tezkorlik bilan sifatli bajarilishi elektr poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
Yuqori kuchlanish о‘lchovini bajarish sharoitlari.
1. Talabalardan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalardan foydalanishda “Texnika xavfsizligini ta’minlash qoidalari” va “Elektr uskunalardan foydalanish qoidalari”ni bilishlari va unga qatiy rioya qilishlari talab qilinadi.
2. Yuqori kuchlanishli uskunalarni yerlash vositasining qarshiligi 0,5 Om dan oshmasligi kerak.
3. Yuqori kuchlanishli maydoncha bilan talabalar orasida yerlangan metall tо‘rli tо‘siq о‘rnatilishi tavsiya etiladi.
400kv>100kv>250kv>50kv>10kv>
Do'stlaringiz bilan baham: |