Электр транспорти электр таъминоти фанига кириш. К настоящему времени Вы заработали баллов: из возможных


Yuqori kuchlanishning ekologik muammolari



Download 127,21 Kb.
bet17/17
Sana21.02.2022
Hajmi127,21 Kb.
#49112
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
14.4. Yuqori kuchlanishning ekologik muammolari
Elektr qurilmalarda, ayniqsa, elektr energiya uzatish liniyalarida, yuqori kuchlanish miqdori oshgan sari ekologiya muammolarining kelib chiqish ehtimolligi shuncha yuqori bо‘ladi. Yuqori kuchlanish havoda akustik tо‘lqinlarning hosil bо‘lishi, elektromagnit tо‘lqinlarni tarqatishi va kuchli elektr maydon kuchlanganligini hosil qilishi orqali ekologiyaga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Akustik tо‘lqinlar yuqori kuchlanishli о‘tkazgichlardan elektr razryadlarini strimer shaklida chiqishi natijasida paydo bо‘ladi. Tarqaluvchi tovush tо‘lqinining chastotasi 20 Gs dan 20 kGs diapozoni oralig‘ida bо‘lib, ularni odatda akustik shovqin deyiladi. Yakka simli elektr energiya uzatish liniyalarida akustik shovqin kichkina bо‘lib, ushbu liniyalarning ekologiyaga ta’sirini hisobga olmasa ham bо‘ladi. Kuchlanish 500 kV dan oshganda 3, 5, 8, 12 ta bо‘laklangan simlardan foydalanish orqali akustik shovqin va toj razryadini kamaytirishga erishish mumkin. О‘tkazgichlar yomg‘ir, qor, tuman, muz bilan qoplanganda toj razryadining boshlanish kuchlanishini 1,5 2 marta kamayishi sababli akustik shavqin kо‘payib ketadi va sim tagida shovqin 10 25 dB gacha yetishi mumkin. Ma’lumki, tovush 80 dB dan oshgandan keyin insonda tovushdan charchash, eshitish organlarining qisman buzilishi, kо‘rishning zayiflashishi kuzatilishi mumkin. Temir yо‘l transportida qо‘llaniladigan 6-10 kV kuchlanishlarning akustik ta’siri insonga sezilmaydi.
Elektromagnit oqimli radio tо‘lqinlar havo elektr energiya uzatish liniyalarining simlaridan strimer shaklidagi toj razryadi chiqishi sababli atrofga elektromagnit radio tо‘lqinlari tarqaladi. Elektr energiya uzatish liniyalarining kuchlanishi 400 500 kV dan oshganda radio shovqiniga qarshi normalar belgilangan. 1150 kV kuchlanishli elektr energiya uzatish liniyalarini loyihalashda yо‘l о‘qidan 100 m masofada radio tо‘lqinlarini meyorlash uchun sim radiusi shunday olinadiki, sim sirtidagi maksimal kuchlanganlik quyidagi tengsizlikka mos bо‘lishi kerak:

bu yerda A=33,8 31,6 va r - simning radiusi (sm).


Ushbu ifoda 8 bо‘lakka ajratilgan simlar uchun о‘rinli hisoblanadi. Sim radiusi kattalashgan sari radio xavfini bartaraf etish uchun ruxsat etilgan kuchlanganlik miqdori kamayadi.
Kuchli elektr maydon havo elektr energiya uzatish liniyalarining simlardagi kuchlanish miqdorining oshishi hamda simlarni kо‘p tolali qilib tayyorlanishi natijasida ularda yig‘ilgan zaryad miqdorini kattalashishiga olib keladi. Yakka simdagi zaryad Q miqdori ga teng bо‘lib, 2.3-jadvalda keltirilgan.
Yuqori kuchlanish qiymati 10 220 kV oralig‘ida bо‘lgan holatda simlarda yig‘ilgan zaryad miqdori juda kichik bо‘lib, ular ta’sirida yuzaga kelgan elektr maydon xavfini hisobga olmasa ham bо‘ladi. Kuchlanish 500 750 kV bо‘lganga chiqsa zaryad miqdori 10 marta oshib ketadi va kuchli elektrostatik maydon hosil qiladi, hamda maydon ta’siri ham kuchayadi.
Xizmatchilar kuchlanishi 27,5 kV temir yо‘l kontakt tamog‘i simlaring tagida va kuchlanish 10 110 kV elektr uzatish yо‘llari simlarining tagida uzoq muddat uzluksiz ishlasalar ham elektr maydonning inson organizmiga hech qanday ta’siri sezilmaydi.
Xizmatchilar kuchlanish 500 kV li elektr energiya uzatish liniyalarining tagida uzoq muddat uzluksiz ishlasa, elektr maydon ta’sirida tez jismoniy va nerv charchashi kuzatiladi. Shuning uchun «500 kV va 750 kV kuchlanishli elektr energiya uzatish liniyalarida ishlash normalari va mehnat xavfsizligini saqlash tartibi» 1970 yildayoq tasdiqlangan.
14.3-jadval

Kuchlanish, kV

10

35

110

220

500

750

Faza kuchlanishi U, kV

5,7

20

64

127

290

433

Faza sig‘imi C, pF/m

2

2,5

4

6,5

10-11

12

Zaryad Q, Kl/m

0,2

0,6

3,5

8 10-7

35 10-7

55 10-7

Elektr energiya uzatish liniyalari simlarining tagida elektr maydoni kuchlanganligining о‘zgarishi 2.4-jadvalda keltirilgan. Uzoq yillar davomida 50 Gs chastotali 500 kV kuchlanishli elektr energiya uzatish liniyalaridan foydalanish shuni kо‘rsatdiki, simlar tagidagi kuchlanganlik YE=5kV/m dan oshmasa, inson salomatligiga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Kuchlanganlik YE>5 kV/m bо‘lganda insonning ushbu elektr maydonda uzluksiz bо‘lish vaqti cheklangan bо‘ladi. Agar elektr maydon kuchlanganligi 15 kV/m bо‘lganda insonni unda uzluksiz bо‘lish vaqti 1,5 soat miqdorida belgilangan bо‘lsa, maydon kuchlanganligi 20 kV/m va 25 kV/m ga yetganda bu vaqt bir necha martaga kamayadi.
14.4 - jadval
Elektr energiya uzatish liniyalari simlarining tagida elektr maydoni kuchlanganligining taqsimoti, kV/m

Kuchlanish sinfi

Yerda simgacha masofa H, m

10

12,5

15

17,5

20

500kV

Yerda, kV/m

9,5

6,7

5

3,9

3,6

2m da, kV/m

10

7

4,9

3,9

3,6

750kV

Yerda kV/m

18

13

10

8

6,5

2m da kV/m

19

13,5

11

8

6,5

Elektr energiya uzatish liniyalari simlarining tagidagi elektr maydoni kuchlanganligining miqdorini kamaytirishning eng oson usuli simlarni yer sathidan yuqoriroq joylashtirish hisoblanadi. Faza simlari orasidagi masofa ruxsat etilgan qiymatgacha kamaytirilsa, uch fazali elektr energiya uzatish liniyalarida о‘zaro 120o siljigan fazalarda elektr maydonini о‘zaro kompensatsiyalash imkoni yuqori bо‘ladi. Ushbu holatda simlarning osish balandliklarini kamaytirishga erishish mumkin.
Kuchlanishi 500 kV dan yuqori bо‘lgan nimstansiyalarda profilaktika va ta’mirlash vaqtida elektrostatik ekranlarni о‘rnatish orqali xizmatchilarni elektr maydonidan himoyalash usuli keng qо‘llaniladi. Elektr energiya uzatish liniyalarining kuchlanishi 1150 kV bо‘lganda esa yerdagi kuchlanganlik 30 kV/m gacha kо‘tarilishi mumkin. Bunday kuchlanganlik inson va hayvonlarning hayoti va salomatligiga katta xavf tug‘diradi. Shuning uchun elektr energiya uzatish liniyalari bо‘ylab uning ikki tomonidan 500 m kenglikda elektr xavfsizligini ta’minlovchi yer uchastkasi ajratilib, chegara bо‘ylab tо‘siq о‘rnatiladi.
Nazorat savollari
1. Elektr tokidan jarohatlanish umumiy jarohatlanishlarning necha foizini tashkil etadi?
2. Elektr jarohat nima?
3. Inson organizmini elektr tokidan jarohatlanishi qanday parametrlarga bog‘liq?
4. Ta’sir qiluvchi tok qiymatlari qanday turlarga bо‘linadi?
5. Statik zaryad nima va uni bartaraf etish yо‘llari?
6. Elektr maydonining inson organizmiga ta’siri?
7. Insonni elektr maydoni ta’sirida ishlashiga ruxsat etilgan vaqt.
8. Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va vositalariga?
9. Izolyatsiyalangan shtanga nima va u qanday vazifani bajaradi?
10. Kо‘rinuvchi uzilgan havo oralig‘i qanday hosil qilinadi?
11. Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni nazorat qilish va ta’mirlash ishlarini eng kamida nechta shaxs bajarishi lozim?
12. Elektr qurilmalarni yerlash qanday amalga oshiriladi?
13. Yerlovchi simning tuzilishi va tarkibiy qismlari?
14. Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalardan foydalanish va ularga texnik xizmat kо‘rsatishda eng kо‘p uchraydigan ta’mirlash ishlari?
15. Elektr energiya uzatish liniyalari simlarining tagida elektr maydoni kuchlanganligining taqsimoti.
 


Foydalanilgan adabiyotlar
1. C.L.Wadhwa. High voltage engeneering.  New age international LTD.  India, 2007 / ISBN 9788122418590
2. Hamidov N. Yuqori kuchlanish texnikasi va izolyatsiya. Toshkent, 2012y.
3. Егоров В.В., Техника высоких напряжений, Москва, Маршрут, 2004, 187 с.
4. Александров Г.Н., Передача электрической энергии, С.Петербург, изд. Политех. университет, 2007, 411 с.
5. Usmanxo’jaev N., Yoqubov B., Qodirov A., Sаgatov G’., Elektr ta’minoti, Toshkent-2007.
Download 127,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish