Электр транспорти электр таъминоти фанига кириш. К настоящему времени Вы заработали баллов: из возможных



Download 127,21 Kb.
bet14/17
Sana21.02.2022
Hajmi127,21 Kb.
#49112
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Назорат саволлари:


1. Куч трансформаторларини танлашдан мақсад нима?


2. Очиқ тақсимлаш қурилмасининг электр жиҳозлари.
3. Ёпиқ тақсимлаш қурилмасининг электр жиҳозлари.
4. Куч трансформаторларнинг совутиш тизими.
5. Электр жихозларга техник хизмат кўрсатиш кетмв –кетлиги.

14-Маъруза


Электр таъминоти тизимида ишчилар хавфсизлигини таъминлаш
Reja
14.1. Yuqori kuchlanishning inson organizmiga ta’siri
14.2. Elektromagnit maydonning inson organizmiga ta’siri va undan himoyalash
14.3. Temir yо‘l kontakt tarmog‘idan foydalanishda texnika xavfsizligini ta’minlash
14.4. Yuqori kuchlanishning ekologik muammolari







14.1. Yuqori kuchlanishning inson organizmiga ta’siri
Ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish omillaridan biri uni elektrlashtirishdir. U ish jarayonlarini yengillashtirishi bilan bir qatorda odamlar hayotiga va sog‘ligiga juda katta xavf tug‘diradi. Boshqa xavfli manbalardan elektr tokini asboblarsiz va ma’lum masofada turmasdan aniqlab bо‘lmaydi.
Inson tanasining biror qismi bilan eyektrotexnik qurilmaning yuqori kuchlanishli simiga yoki tok о‘tkazuvchi qismiga tegib ulgurmasdan faqat ma’lum masofaga yaqinlashganda kuchlanish ostidagi qurilma yoki о‘tkazgichdan yuzaga kelgan razryad kanali inson tanasi orqali о‘tishni boshlaydi. Ushbu holatda yuqori kuchlanishli tokni inson tanasi orqali yerga о‘tishi natijasida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda elektr tokidan jarohatlanishlar umumiy jarahatlanishlarning 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elektr toki natijasida о‘lim bilan tugagani 20-40 % ga tо‘g‘ri keladi.
Elektr jarohat- elektr toki yoki elektr yoyi ta’siri natijasida kelib chiqqan jarohatdir.
Har xil sharoitlarda, ya’ni tok о‘tkazuvchi ochiq qismlarga tegib ketganda, izolyatsiyalarning izolyatsiya xususiyati buzilgan bо‘lsa, yoy orqali elektr toki ta’sir qilganda, uskunalarning metall qismlariga tegib ketilganda, tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolinganda, elektr uzatuvchi qismlarga katta о‘lchamli mashinalarning (avtokranlar) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashgan holatlarida elektr tokidan jarohatlanish mumkin.
Elektr xavfsizlik(GOST 12.1.009-76) – tashkiliy va texnik chora- tadbirlar tizimi va vositalaridir, ular odamlarni elektr maydonidan va statik (turg‘un) elektr tokini zararli va xavfli ta’siridan himoyalanishini ta’minlaydi.
Elektr tokining odam organizmiga va hayvonlarga ta’siri juda о‘ziga xos murakkab shaklda vujudga keladi. Organizmdan elektr tokining о‘tishi natijasida kimyoviy, issiqlik va biologik ta’sir kо‘rsatadi. Kimyoviy ta’sir tufayli qon tarkibidagi moddalar va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta’siri natijasida terining ayrim qismlari kuyadi. Elektr tokining biologik ta’siri natijasida organizmdagi tirik hujayralar qо‘zg‘aladi, teri qichishadi, tomir tortishadi va muskullar qisqaradi. Elektr toki urishi katta xavf tug‘diradi, u butun organizmni jarohatlaydi, asab sistemasini, yurak va nafas olish organlarini tо‘liq yoki qisman falaj qilishi mumkin.
Organizmni elektr tokidan jarohatlanishiga tok kuchi, insonning qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok turi, tokning ta’sir qilish muddati, shuningdek odam organizmining alohida xususiyatlari ta’sir kо‘rsatadi.
Ta’sir qiluvchi tok qiymatlarini quyidagicha ajratish mumkin:
- seziluvchan eng kichik tok (2 mA gacha)- organizmdan о‘tganda sezilarli qо‘zg‘atishni keltirib chiqaradi;
- qо‘yib yubormaydigan tok (10 – 25 mA) - organizmdan о‘tganda qо‘l muskullarida yengib bо‘lmagan tomir tortishishlar rо‘y beradi.
- fibrilyatsion tok (50 mA dan yuqori) - organizmdan о‘tganda yurakni fibrilyatsiyalaydi, ya’ni yurak muskullarini tartibsiz qisqartiradi.
Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega. Odam tanasining elektr tokiga qarshiligi 100000 dan 1000 Om oraliqda о‘zgaradi va teri qoplamining holatiga (qruq, nam, dag‘allashgan, shikastlanmagan yoki shikastlangan teri), tegib ketish maydoni va zichligiga, shuningdek о‘tayotgan tokning miqdori va chastotasiga hamda ta’sir qilish muddatiga bog‘liqdir. Charchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalari ostida ishlayotganda diqqat e’tibor boshqa narsaga chalg‘iganda organizmning elektr toki ta’siriga qarshiligi keskin kamayadi. Yuragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og‘rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor kishilar elektr qurilmalarida ishlashiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi sabab bо‘ladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim bilan yer orasida ulanib qolish. Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishning holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bog‘liq. Tana, qо‘llar orqali tok о‘tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok о‘tadigan yо‘lda yurak, о‘pka, miya joylashgan. Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quydagilar sabab bо‘ladi:
Elektr qurilmalarini ishlatishda yuz beradigan asosiy avariyalardan biri himoyalovchi (izolyatsiya) ning shikastlanishidir. Tok о‘tkazuvchi qismlarning kuchlanishiga mos keladigan himoyalanish (ETQ) vositalari tanlanadi. Elektr simlarini himoyalagichining yerga nisbatan qarshiligi 0,5 Om dan kam bо‘lmasligi kerak. Yuqori harorat, agressiv suyuqliklar va boshqa zararli omillar ta’sir etadigan sharoitlarda himoyalagich holatini hamisha nazorat qilib turish, ya’ni jihozni ta’mirlash vaqtida hamda ishga tushirish oldidan qarshiligini о‘lchash lozim. Himoyalagich yaxshi ishlashi uchun nominaldan 5-6 marta katta kuchlanish bilan profilaktik sinovdan о‘tkaziladi.
Ma’lumki, ikki dielektrik moddalarni bir-biri bilan ishqalanishi natijasida, ularda elektr zaryadlari hosil bо‘ladi va tо‘planadi, bu statik degan nom olgan. Bunday zaryadlar, bir shkivdan ikkinchisiga aylanma harakat uzatilganda tasmalarda hosil bо‘ladi, agar u holatda tasmani shkivga ishqalanish va sirpanish hollari bо‘lsagina amalga oshadi. Statik zaryadlar metall quvurlari orqali о‘tadigan suyuqliklarning devoriga ishqalanish natijasida hosil bо‘ladi. Ayniqsa xavfli zaryadlar dielektrik suyuqliklarni havo bо‘ylab tez harakati natijasida hosil bо‘ladi (masalan, sig‘imlarni tubigacha yetmagan shlanglar orqali metall sig‘imlarga benzin, kerosin quyganda). Bu holda trubalarda ishqalanish natijasida suyuqliklarda hosil bо‘lgan zaryadlar shuningdek, gazlar va bug‘larni siqqanda yoki tez kengaytirganda hosil bо‘lishi mumkin.
Statik zaryadlar odam va yong‘in xavfsizligi uchun xavflidir. Elektrostatik zaryadlardan himoyalanishning asosiy chora-tadbirlari ishlatiladigan uskunalarni, quvur yо‘llarini yoki metall sig‘imlarini yerga ulash yо‘li bilan zaryadlar yerga о‘tkazib yuboriladi.


Download 127,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish