14.2. Elektromagnit maydonning inson organizmiga ta’siri va undan himoyalash
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida tо‘planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’sir kо‘rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bо‘lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yо‘nalishga qarab harakatlana boshlaydi.
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig‘idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. О‘zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini о‘zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, о‘tkazuvchi toklar hosil bо‘lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bо‘ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bо‘lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir kо‘rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining о‘zgarishi hisobiga bо‘ladi.
О‘zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yо‘nalishlarining о‘zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir kо‘rsatish jihatidan kuchsiz bо‘lsada, lekin organizm uchun befarq deb bо‘lmaydi.
Maydonning kuchlanishi qancha kо‘p bо‘lib uning ta’sir davri davomli bо‘lsa, organizmga kо‘rsatuvchi ta’siri shuncha kо‘p bо‘ladi.
Tebranish chastotasining ortishi tana о‘tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bо‘lgan tо‘lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga tо‘g‘ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Organizmda hosil bо‘lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining termoregulyatsiyasi hisobiga yо‘qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm2), inson organizmda hosil bо‘layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bо‘lmay qoladi va tana harorati kо‘tariladi, bu esa о‘z navbatida organizmga katta zarar yetkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, о‘pka, jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va termoregulyatsiya ta’siri kam bо‘lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga kо‘z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, о‘t va siydik xaltalari kiradi. Kо‘zning nurlanishi kо‘z korachig‘ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda kо‘z qorachig‘ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bо‘ladi.
Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini kо‘rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik obyekt sifatida ham ta’sir kо‘rsatadi. Ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir kо‘rsatadi, hujayralarning yо‘nalishini о‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yо‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir kо‘rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinivuni о‘zgartiradi. Ammo bu о‘zgarishlar funksional xarakterda bо‘lib, nurlanish ta’siri tо‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og‘riq sezgilari yо‘qoladi.
Korxonalarda, ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan muassasalarda, texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish joylarida, mahsulotlar, moddalar sifati va kamchiliklarini aniqlashda elektr magnit maydon ta’siriga ega bо‘lgan yuqori kuchlanishlardan va ular bilan jihozlangan о‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Shu sababli ulardan foydalanishda, insonlar uchun sog‘lom muhit yaratishda, elektr magnit maydon ta’siri xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.
10-220 kV kuchlanish mavjud bо‘lgan elektr energiya uzatish liniyalarining tagida ishlaganda juda kichik elektr maydon hosil bо‘ladi. 500-750 kV kuchlanishda esa juda katta elektr maydon hosil bо‘ladi. 27.5 kV li kontakt tarmog‘i va 10-110 kV kuchlanishli liniyalarning tagida uzoq muddat ishlaganda ham elektr maydon ta’siri sezilmaydi.
14.1-jadval
Insonni elektr maydoni ta’sirida ishlashiga ruxsat etilgan vaqt
Elektr maydonining kuchlanganligi, kV/m
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
Bir sutkada elektr maydonda bо‘lish ruxsat etilgan vaqt, daqiqa
|
Cheki yо‘q
|
180
|
90
|
10
|
5
|
Oxirgi yillarda elektr magnit maydon ta’siri xavfsizligi normalari va elektr magnit maydon ta’siridan himoyalanish qoidalari ishlab chiqildi va shu asosida ishlar tashkil etilmoqda. Bular asosida ikki yunalishda xavfsizlik qoidalari ta’minlanmoqda.
1. Loyiha texnik, tibbiy, sanitariya va gigiyena chora tadbirlarini qо‘llash orqali ishlovchi xodimlar va aholini elektr magnit maydon ta’siri darajasini yо‘l qо‘yiladigan darajagacha kamaytirish.
2. Aholi va hududlarni radiaktiv ifloslanishi, nurlanishi haqida ma’lumotlar berish, samarali nazorat tizimini yaratish, muhit bilan ta’sirlanib, turli sonlarda elektr razryadlarini hosil qiladigan nurlar ionlovchi nurlar deb ataladi.
Bu turdagi nurlarga. - zarrachalar, h-neytronlar, (R)-protonlar va boshqalar misol buladi.
-nurlanish - geliy atomi yadrosi oqimidan iborat bо‘lib, kamroq о‘tish va yuqori darajada ionlash qobiliyatiga ega.
-nurlanishi - elektronlar va pozitronlar oqimida iborat bо‘lib - zarrachaga nisbatan kо‘prok о‘tish va kamroq ionlash qobiliyatiga ega.
Foton nurlanish - 300000 km/s doimiy tezlikda tarqaladigan elektromagnit tebranish oqimidan iborat bо‘ladi. Foton nurlanishga -nuri, rengen nuri misol bо‘ladi
-nurlanish-gamma kvantlar oqimi hisoblanib, tо‘lqinligi (10 – 10 sm bо‘lgan elektromagnit nurlardan iborat bо‘ladi.
Rentgen nurlanish quvvati 1 kEv- 1MEv bо‘lgan tormozlash nurlari yig‘indisidan iborat bо‘lib, qisqa tо‘lqinda (10 -10 sm) va chastotada (10 -10 Gs) mavjuddir.
Ionlovchi nurlarning odam organizmiga ta’siridan ham murakkab fizik va biologik jarayonlar sodir bо‘ladi. Natijada ichki organlarning normal ishlash faoliyati buziladi, qattiq va saqlanuvchi turdagi «nur» kasalligi paydo bо‘ladi. Bu holatda bosh og‘riydi, uyqu rejimi buziladi, ishtaha kamayadi, modda almashinuvi, oshqozon va yurak faoliyati о‘zgaradi. Yurak muskulida qon quyilishi va jinsiy organlarni ishdan chiqishi sodir bо‘ladi. Kо‘p hollarda terini qurib qolishi, murtlashishi, sochning tukilishi, kо‘r bо‘lib qolish hollari uchraydi. Shu sababli, barcha ishlar «Elektr maydon ta’siri xavfsizligi maxsus xizmati» nazorati asosida amalga oshiriladi.
Elektromagnit nurlanishlar turli chastotalarda, aloqa tarmog‘ida keng qо‘llaniladi. Radio texnika qurilmalarida antenna generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori chastotali transformatorlar, fider yо‘nalishlar, materiallarni termik ishlov berish uchun qurilmalarda – elektromagnitlar, kondensatorlar elektromagnit nurlanish manbai sanaladi. Kо‘rsatilgan qurilmalar ishida ularni о‘rab turgan hajmda, ya’ni joyda elektromagnit maydonlar bunyod bо‘ladi. Elektromagnit maydonlar foydali harakati bilan bir qatorda inson tanasiga kirib, unga noqulay, salbiy ta’sir kо‘rsatish va kasbiy kasalliklarga sabab bо‘lishi mumkin. Ular asab, endokrinologik va yurak-qon tomirlari tizimi kasalligini keltirib chiqarishi mumkin, insonda qon bosimi pasayadi, pul’si sekinlashadi, reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi о‘zgaradi. Elektromagnit maydonlar organizmga issiqlik ta’sirida о‘z aksini berishi mumkin. Inson tanasiga yutilgan elektromagnit maydonlar quvvati tanani va ayrim organlarni qizishini yuzaga keltirib, issiqlikka aylanib, kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, miya, kо‘z, ichak, buyrak va urug‘donlar elektromagnit maydonlar ta’sirida sinaladi. Elektromagnit maydonlarining ta’siri subektiv bunyod bо‘lishi juda toliqish, bosh og‘riq, jizzakilikda, seruyqulik, nafas siqishi, kо‘rish qobiliyatining yomonlashuvi, tana haroratining kо‘tarilishida о‘z ifodasini topadi.
Elektromagnit maydonlar ta’sirida zararlanish darajasi nurlanish sur’ati harakat chastotasi davriga bog‘liq. Elektromagnit maydonlar sur’ati harakat chastotasi va davri qanchalik kо‘p bо‘lsa, inson organizmiga ta’siri shunchalik kuchli bо‘ladi.
Elektromagnit maydonlarning insonga zararli ta’sirlarini ogohlantirish maqsadida ish joylarida elektromagnit maydonlar energiya oqimi mustahkamliligini ta’minlovchi moslamalardan foydalaniladi.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Himoyalashning tashkiliy choralari;
2. Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish;
3. Nurlanish manbaining ekranlashuvi;
4. Nurlanish manbaidan ishchi о‘rinlarini ekranlashtirish va yoki ajratish;
5. Xabar berish vositalarini qо‘llash;
6. Individual himoya vositalaridan foydalanish.
Ishning muayyan sharoitlariga bog‘liq tarzda shu vositalardan biri yoki ularning ixtiyoriy kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.
Tashkiliy choralar – uskunalarning ratsional joylashuvi, qurilmalar va xizmat kо‘rsatilayotgan xodim ishi muayyan rejimini belgilashdir.
Yuqori va о‘ta yuqori kuchlanishli qurilmalar ishiga tibbiy kо‘rikdan о‘tgan 18 yoshdan kichik bо‘lmagan, texnika xavfsizligi bо‘yicha о‘qib, imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat kо‘rsatayotgan xodim tibbiy kо‘rikdan о‘tkaziladi. Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, olib borilayotgan bо‘lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni va qо‘shimcha ta’til belgilanadi.
Nurlanish dozasi deb - ionlash va malekulyar muhitni о‘yg‘otishga sarf bо‘ladigan massa birligidagi nurlanuvchi modda yutadigan energiya mikdoriga aytiladi.
Nurlanish miqdorlari turli ifodalanadi. Masalan, yutiladigan (jalb qilingan) doza birligini grey (Gy) dj/kg, rad, erg/g larda ifodalash qabul qilingan. 1 Gy - 1,0 Dj/kg, 1rad=100 erg/g=1.10 Dj / kg. ga teng. Ekspozitsion mikdor uchun birlik sifatida kulon kilogramm (Kl/kg) rentgen kabul kilingan.
Rentgen zaryad (r) yig‘indisi bir elektro statik birlikka teng elektr tashkil qiladigan (1sm. kub havoda normal sharoitda) 0,001292 g.havodagi ionlar hosil qiluvchi rentgen yoki - nurni ifodalaydi.
Nurlanish kasalligidan saqlanish, ishlayotgan xodimlarni xavfsiz mehnat sharoiti bilan ta’minlash va ularni xavfli vaziyatlardan ogohlantirish maqsadida yо‘l qо‘yiladigan doza mikdori (YQDM) va yul qо‘yiladigan izotopning aktivligi (YKIA), radiatsiya xavfsizligi normalariga (RXN-76) asosan belgilanadi.
Vaqt birligida nurlanish miqdori energiyasi R/soat, MkR/soat, mber/yil ( biologicheskiy ekvivalent rentgena) birligida о‘lchanadi.
Nurlanish xavfsizligi normalariga asosan shaxslar kasbiga mos ravishda kо‘yidagi guruhlarga bо‘linadi.
A-guruh- ionlavchi nurlar manbalari bilan doimiy muloqatda ishlaydigan kasb egalari.
B- guruh- radiaktiv nurlar manbalari bilan ishlamaydigan, lekin ish joyi va yashash sharoiti buyicha radiaktiv moddalar yoki boshqa manbalar tasirida bо‘ladigan shaxslar.
V-guruh barcha yashaydigan aholiga mansub.
Tana a’zolarini ham nurlar ta’siri buyicha qо‘yidagicha guruhlash mumkin.
Birinchi guruh- badan, suyak, qizil tanacha va boshqalar.
Ikkinchi guruh-qalqonsimon bez, yog‘li tuqima, jigar, buyrak, taloq, oshqozon, ichak yullari, upka, kо‘z qorachig‘i va boshqalar.
Uchinchi guruh-teri qoplamasi, suyak tuqimachasi, qul barmog‘lari, bilak, kaft, tovon kiradi. Bu nurlar bilan ishlovchi kasb egalari uchun tashqi nurlanish doza yig‘indisi (biologik ekvivalent radiatsiya) bir yilga 5 ber va 30 yilda yig‘iladigan miqdori esa 60 berdan oshmasligi kerak.
Elektr maydon ta’siri bо‘lgan joylarda ishlashga mо‘ljallangan korxona va tashkilotlar, muassasa va ayniqsa turli laboratoriyalar foydalanishdan oldin maxsus komissiya tomonidan qabul qilinishi talab qilinadi va 3 yil muddatga belgilangan pasportni taqdim etadi. Albatta, yuqori kuchlanishli qurilmalar, vositalar, asboblar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan inshootlarga magnit maydon xavfsizligiga oid belgilar о‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |