Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


O‘SIMLIKLARDA SUVNING HARAKATLANISHI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

O‘SIMLIKLARDA SUVNING HARAKATLANISHI 
TRANSPIRATSIYA 
 
Quyida suv rejimi, ya’ni gomoyogidrik o‘simliklar suvni 
shimishi, tanasi bo‘ylab o‘tkazishi va ajratishi bilan tanishamiz. 
Bundan oldin o‘simliklar tuproqdagi suvni o‘zlashtirishida ildiz 
sistemasining roli bilan tanishgan edik. O‘simliklar tanasida suvning 
qanday harakatlanishi fiziologiya kursida batafsil o‘rganiladi. Ildiz 
tukchalari vositasida tuproq zarrachalaridan shimib olingan suv ildiz 
po‘stlog‘ining parenximasi orqali endodermaga, so‘ngra o‘tkazuvchi 
hujayralar orqali markaziy silindrga yetib boradi. Markaziy 
silindrning parenxima hujayralari ildiz bosimining manbai bo‘lib 
xizmat qiladi; markaziy silindr bo‘ylab suv poyaning barglar tomon 
ko‘tarilib boradigan transport sistemasiga borib qo‘shiladi, ya’ni 
poyaning o‘tkazuvchi naychalari orqali harakatlanadi. O‘simliklarda 
suv potensialining gradienta tufayli suv joydan-joyga ko‘chadi, 
chunki o‘simliklarni o‘rab turgan havo muhitidagi suv poteitsiali, 
odatda, ancha past bo‘ladi. Mezofill hujayralari orqali bug‘lanadigan 
suv havoning suv bug‘lari bilan kam to‘yingan qatlamiga o‘tadi. 
Bunda hujayralarning so‘rish kuchi ortadi, demak, suv poteitsiali 


gradienti ham kuchayadi. Barg og‘izchalari orqali suv bug‘lanishi 
kuchayishi, ya’ni transpiratsiya intensivligi ortishi bilan suvning 
o‘simlik bo‘ylab harakatlanishi tezlashadi. 
Lekin suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanish tezligi ko‘p 
jihatdan bir qancha qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi. Bularga 
ksilema elementlari kundalang kesimining o‘lchami, og‘irlik kuchi, 
naychalar bo‘ylab ishqalanish kuchi, barglarniig o‘lchami, shakli va 
yuzasining harakteri va ayniqsa ularning qanchalik ochiq bo‘lishini 
belgilaydigan og‘izchalarining qarshiligi kiradi. Barglar kutikulasi 
va peridermasi orqali suv bug‘lanishi ham ma’lum darajada rol 
o‘ynaydi. Lekin suvning o‘simlik tanasi bo‘ylab ko‘tarilishida hap 
qalay og‘izchalar orqali boradigan transpiratsiya protsessi asosiy rol 
o‘ynaydi, chunki hujayralararo bo‘shliqlarda bo‘rsimon holatga 
o‘tgan suv barg og‘izchalari orqali havoga chiqib ketadi. Bu protsess 
bug‘lanishning fizik qonunlariga muvofiq boradi, lekin shuni qayd 
qilish kerakki, agar suv bug‘latadigan sath nihoyatda nam va ancha 
isigan bo‘lsa, suv juda tez bug‘lanadi. Shunga ko‘ra, issiq havo 
ancha yuqori darajada nam bo‘lganda ham, masalan tropik o‘rmonda, 
transpiratsiya protsessi boraveradi. 
O‘simliklarda transpiratsiya oqimiga qarshilik kuchi har xil 
bo‘ladi; oqim tezligi ham har xil. Masalan, ninabargli daraxtlarda 
poyaning qarshiligi bargli daraxtlar poyasinikiga qaraganda ko‘p 
marta yuqori bo‘ladi. Shuning uchun boshqa bir xildagi sharoitda 
bargli 
daraxtlarda 
kuzatiladigan 
suv 
tanqisligi 
ninabargli 
daraxtlardagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Suvning ninabargli 
daraxtlar tanasi bo‘ylab o‘rtacha harakatlanish tezligi 0,4 mm-s
-1
ga, 
bargli daraxtlarda 12 mm-s
-1
ga teng. Suvning poya bo‘ylab 
harakatlanish tezligi lianalarda (40 mm-s
-1
gacha) va o‘t 
o‘simliklarda (18 mm-s
-1
gacha) eng yuqori bo‘lishi kuzatilgan 
(Huber, 1956). Daraxtlarda transpiratsiya oqimi ertalab shox-
shabbasining yuqori qismida va shoxlarining uchida boshlanib, bu 
oqim ildizdan «suv ipi»ni yuqoriga qarab tortadi. Transpiratsiya 
oqimi asta-sekin tezlashib, kunning yarmiga borganda maksimal 
darajaga yetadi. 
Transpiratsiya 
intensnvligi 
ko‘p 
jihatdan 
og‘izchalar 
(ustitsalar) ishiga bog‘liq. Barglarda S0
2
ning konsentratsiyasi ortib 
ketsa, og‘izchalar yopiladi, konsentratsiya pasaygandan keyin 
ochiladi. Lekin og‘izchalarning qanchalik ochiq bo‘lishiga boshqa 
faktorlar: 
yorug‘lik, 
temperatura, 
havoning 
namligi 
va 
o‘simliklarning suv bilan ta’minlanish sharoiti, barglarning yoshi, 
ontogenez bosqichlari va boshqalar ham ta’sir etadi. Suv bilan 
yaxshi ta’minlangan sharoitda yorug‘lik qancha kuchli bo‘lsa, 
og‘izchalar 
shuncha 
keng 
ochiq 
bo‘ladi. 
Temperatura 


og‘izchalarning ochilish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi, chunonchi, 
temperatura qancha yuqori bo‘lsa, og‘izchalar shuncha tez ochiladi. 
Temperatura past bo‘lsa, og‘izchalar juda sekin va chala ochiladi, 
havo salqin bo‘lganda esa umuman ochilmaydi. Yana shunisi qiziqki, 
optimal darajadan yuqori bo‘lgan temperaturada og‘izchalar yaxshi 
yopilmaganicha qoladi, lekin juda isib ketganda esa ular juda keng 
ochiladi va o‘simlikni kuchli suv bug‘latishdan himoya qilaolmaydi. 
Qurg‘oqchlik og‘izchalarning yopilishiga, ya’ni o‘simlikda turgor 
holatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Suv tanqisligi sezila boshlashi 
bilanoq, og‘izchalar yopiladi. 
Demak, o‘simliklar normal yashashi uchun suv bilan yahshi 
taminlangan bo‘lishi, ya’ni suv rejimi normada bo‘lishi kerak. Aks 
holda turli salbiy oqibatlar olib chiqishi mumkin. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish