3.4. Yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish
Jahon bozori sharoitlarida O‘zbekiston iqtisodiyotining integrallashishida, Yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari uchun, uning takliflarini barqarorlikka intilishi, sifat, narx, etkazish muddatlariga rioya qilish va boshqa mezonlar bo‘yicha masalalarda raqobatchilar oldida, imkoniyatni ta’minlovchi menejment zarurdir. Bunda o‘zgarib turuvchanlikni bozor talab qiladi, negaki, menejment tizimi moslashuvchanligi va bu o‘zgaruvchanliklarga xususiy moslashuvchanligi mavjuddir.
Demak, jahon bozoriga ISO 9000 turkumli 2008 yil versiya standartlariga muvofiq, bugungi kun darajasida sifat tizimini minimal tenglashtirish lozim.
Agarda, Yog’-moy ishlab chiqarish korxonasining sifat tizimi tavsiflari bozor talablariga to‘g‘ri kelmasa ham, ular ishlaydi, lekin bunday korxonalar uzoq yashashmaydi yoki mashaqqatlikda kun kechirishadi.
Agarda bugun Yog’-moy ishlab chiqarish korxonasi taraqqiy topsa, lekin, o‘zgarishni sezmasa, bozorga chiqishi va o‘zining sifat tizimini to‘g‘riligini yangilamasa, bunday korxonalar jiddiy muammolarni kutishi mumkin, negaki, raqobatchilar g‘aflatda qolmagan va ular ko‘pchilikni tashkil etadi.
Bozorda muayyan mahsulotni aniqlab va uni ishlab chiqarishni o‘zlashtirsa, hamda kerakli o‘rnini topsa muvaffaqiyat qozonadi. Bunda korxona eksportga mo‘ljallangan xususiyatiga kafolatga erishish uchun, ayni vaqtda texnologik nazorat jarayonlari va mukammal ma’muriy boshqaruvini o‘zigina etishmasligini aytib o‘tish lozim. Mahsulotlarga texnik shartlarning mavjudligi garchan, uning sifatiga, bir qancha texnologiya va o‘zgarib turuvchanligiga doir shartlar hamda yaroqsizlikka chiqarishga, noishlab chiqarish xarajatlarida etkazib berish muddatining bekor bo‘lishiga sabablarni qisman paydo bo‘lishini yaxshi tavsiflari bo‘lib hisoblanmaydi.
Bozorda barqarorlik davomiyligiga va peshqadamlikka intilish uchun quyidagi zarur:
- korxona ishlayapimi, bozor talablari va tavsiflarini o‘rganishi, tahlil qilib borishi va undan chiqish farazlarini o‘rganish;
- bozorda raqobatbardoshlik mezonlarini shakllantirish;
- yuzaga kelayotgan turli xil ish holatlari uchun ilg‘or mezonlarni aniqlash;
ISO 9000 xalqaro standarti xalqaro amaliyotda tekshirilgan iste’molchilarni kutishi va talablarini qondirish maqsadi bilan biznes-jarayonlarni boshqarishga tizimli yondashuv boshqaruv modelini tavsiya etadi. ISO 9001:2008 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirishning muhim omillaridan biri xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimi tasdiqlovchi akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari mavjud bo‘lib, korxona sifat menejmenti sohasidagi o‘zining harakatlarini xalqaro va milliy darajalarda tan olishini qo‘lga kiritish bo‘lib hisoblanadi.
ISO 9000 turkumli standartlarni faoliyat turi, katta-kichikligi va qonuniy shakllariga bog‘liq bo‘lmagan ixtiyoriy tashkilotlarga qo‘llash mumkin va universal bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ISO 9001:2008 butun dunyo bo‘yicha va shu jumladan, O‘zbekistonda ham sifat menejmentini sertifikatlashtirish standarti ko‘proq ommalashgan bo‘lib hisoblanadi.
Sifatni boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish bosqichining o‘zi ham bir qancha bosqichlarni tashkil qiladi. Umuman olganda sifat menejmenti tizimi ishchi holat bo‘lishi va sertifikatlanishgacha uni resurslar bilan ta’minlash va loyihani boshqarish tartibida 5-bosqichli ishlarni amalga oshiriladi (2-rasm).
Amaliyotda korxonalar imkoniyati va xxodimlar layoqatidan kelib chiqib 4-bosqichli ishlar bilan yakunlanadi. Sifat menejmentini ishlab chiqish uchun korxonada amal qiluvchi menejment tizimi diagnostik auditi o‘tkazilib sifat menejment tizimlari yaratiladi. Tashhiz audit maqsadi amaldagi menejment tizimini xalqaro amaliyotda tuzilishi va menejment tizimini ishlab turishi, hamda, uni O‘z DSt ISO 9001:2009 xalqaro standartlari talabiga muvofiq baholashni hisobga olib dastlabki baholashdan iborat.
Odatda, SMT ishlab chiqish va joriy qilish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi va ular quyidagilar:
- SMT ishlab chiqishga tayyorlash bosqichi;
- SMT ishlab chiqish bosqichi;
- SMT joriy qilish bosqichi;
- SMT sertifikatlashtirish (3, 4, 5, 6 -rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |