3-Bob. YOG’-MOY MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA SIFATINI TA’MINLASH MASALALARI 3.1. Yog’-moy mahsulotlarini sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohatlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005 yil 1 dekabrdagi 06/37-39 – sonli “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish sohasida ishlarni takomillashtirish tadbirlari”ning tasdiqlanishi ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsadidagi ilk qadamlardan biri bo‘lib bugungi kunda standartlashtirish sohasidagi dolzarb masalalardan biriga aylangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun bazani yaratishga qaratilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish va mahsulotlarni bozorga kirish jarayonini, ularni ayriboshlashni soddalashtirish, hamda respublika iqtisodiyotining muayyan tarmoqlari samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.
“Texnik jihatdan tartibga solish” to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Umuman ushbu qonun mahsulotlar, uni ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish, ishlatilishi, saqlanishi, tashilishi, foydalanilishi va xizmatlar ko‘rsatilishiga majburiy texnik talablarni tartibga solishini belgilab, texnik reglament talablarini bajarilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini, hamda tartibga solishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi va ushbu borada yagona texnik siyosat olib borilishiga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqidagi qarorining bajarilishi va amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, ushbu Qarorda bayon etilganidek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomiga ko‘ra va 2010 - 2013 yillar uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga muvofiq ishlarni tashkillashtirish izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Maxsus texnik reglamentlar alohida mahsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Yog’-moy sanoati bo‘yicha maxsulotlar xavfsizligini ta’minlash uchun MTR 2010/00/UZ. Maxsus texnik reglament Gossipol smolasi xavfsizligiga talablar texnik reglamenti ishalb chiqilib qabul qilindi.
Texnik reglamentda mahsulotlar xavfsizligini taminlashga doir quyidagi talablar o‘rnatilgan: biologik xavfsizlik; mexanik xavfsizlik; kimyoviy xavfsizlik; veterinariya xavfsizligi masalari ko‘rilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |