2.6 Iterativ modellashtirish. IDEF0 da modelni ishlab chiqish qadamma-qadam, iterativ protseduralar tarzida olib boriladi. Iteratsiyaning har bir qadamida ishlab chiquvchi, munozaraga, retsenziyaga va so‘ngra tahrir etilishga yo‘naltiriladigan model variantini taklif qiladi, undan so‘ng sikl yana qaytariladi. Ishning bunday tashkil etilishi IDEF0 metodolgiyasini va texnikasini yaxshi biladigan tizim tahlilchisining va mutaxassislarning - modellashtirish ob’ekti tegishli bo‘lgan predmet sohasi ekspertlarining bilimlaridan optimal foydalanishiga yordam beradi.
2.7 ”Funksiyalar”dan “tashkil etilgan” bo‘limlar. Modellarni ishlab chiqish vaqtida, tadqiq qilinayotgan sistemaning, modellashtirilayotgan ob’ektning (korxona, firma) mavjud tashkiliy strukturasiga boshlang‘ich “bog‘lanishi”dan xoli bo‘lish zarur. Bu, tashkilot va unung rahbariyati tomonidan belgilangan sub’ektiv nuqtai nazardan qochishga yordam beradi. Tashkilotchi struktura modeldan foydalanish (qo‘llash) natijasi bo‘lishi kerak. Natijalarni mavjud struktura bilan taqqoslanishi, birinchidan, modelning mos kelishini baholashga, ikkinchidan, ushbu strukturani takomillashtirishga yo‘naltirilgan echimlar berishga imkon beradi.
Boshqaruvchi strelkalar IDEF0 blokining yuqorigi tomoni bilan bog‘lanadi.
3.45 Funksiya: Nima bajarilishi lozimligini ifodalaydigan fe’l yoki fe’l shakllari bilan o‘xshash faoliyat, jarayon yoki o‘zgarishlar (IDEF0 blokida modellashtiriladigan).
3.46 Maqsad: modelni tuzishning qisqacha formulirovkasi.
2.6. Funksional modellashtirishni istiqbolli rivojlantirish metodologiyalari
IDEF0 bilan tanishishdan kelib chiqadiki, bu metodologiya, funksional modellarni – o‘rganilayotgan sistemaning strukturaviy sxemalarini yaratishga aniq rasmiylashtirilgan yondoshuvni beradi. Sxemalar ierarxik prinsip bo‘yicha zaruriy batafsillik darajasi bilan tuziladi va o‘rganilayotgan sistemada nima sodir bo‘layotgani, unda qanday funksiyalar bajarilayotganligi, va uning funksional bloklari o‘zaro va atrof muhit bilan qanday munosabatda bo‘layotganligi haqida xulosa qilishga yordam beradi. Sxemalar (IDEF0 - diagrammalar) majmuasi sitema modelini tashkil etadi. Bu model sifatlash, izohlash, deklarativ xarakterga ega. U sistemadagi jarayonlarning vaqt bo‘yicha va fazoda qanday borayotganligi, ularning xarakteristikalari qanday ekanligi va ularga qo‘yilayotgan talablarning qay darajada qanoatlantirilayotganligi (yoki qanoatlantirilmayotganligi) haqidagi savollarga prinsipial ravishda javob bera olmaydi. Bu savollarning barchasi dekompozitsiyaning quyi darajasiga erishilgandan so‘ng yuzaga keladi, ya’ni “sistema uning yordamida ishlayotgan quyi daraja funksiyalari...”
Bunday holatda boshqa modellarga – modelninig funksional IDEF0 bloklaridagi jarayonlarni bayon etadigan matematik, imitatsion modellariga o‘tishni tavsiya qilinadi. Operatsiyalarni o‘rganishda qabul qilingan atamalar bo‘yicha IDEF0 modeli konseptual sinfga mansubdir. Aynan konseptual modellar matematik modellarni tuzishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Konseptual modelni sonli o‘zaro nisbatlar bilan “to‘ldirib” tashlash kerak emas – bu abstraksiyaning turlicha darajalaridir. Aytish mumkinki, bu orqali funksional modellardagi dinamik jarayonlarni modellashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus IDEF2 metodologiyasining mavjudligini tushuntirish mumkin.
Funksional modellashtirishning va korxona va tashkilotlarning strukturaviy tahlillarini qo‘llashning mumkin bo‘lgan sohalari bilan bog‘liq umumiy izohlardan kelib chiqib, IDEF0 – bloklarda bo‘lib o‘tadigan jarayonlar va hodisalarning bayoni vositalari sifatida, matematik modellarning bir necha sinflarini belgilash mumkin. Ular sirasiga, birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
operatsiyalarni tadqiq qilish nazariyasining taqsimlovchi modellari (resurslarni optimal taqsimlanishi);
yalpi xizmat ko‘rsatish nazariyasi modeli (aniqlangan va statistik);
zaxiralarni boshqarish nazariyasi modeli;
transport modellari;
signallarni uzatishning dinamik modellari (aniqlangan va stoxastik);
kutilayotgan regression va korrelyasion modellar (shu jumladan, kam sodir bo‘ladigan xodisalar ehtimolini avvaldan aytib beradigan modellar);
o‘yin nazariyalarining ba’zi modellari.
Taqsimlovchi modellarni, resurslarning, masalan, IDEF0 - modelining ba’zi operatsiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy yoki mehnat resurslarini optimal taqsimlanishi talab etilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |