Profilaktikasi. Hayvonlar orasida quturish bilan kurashish va infeksiya yuqtirgan hayvonlar tishlagan odamlarda quturishning oldini olish profilaktikaning muhim tadbirlari hisoblanadi. Barcha uy hamda xizmatchi itlar qayd qilinishi va ro‘yxatga olinishi shart, daydi itlar otib tashlanadi. Aholi punktlarida barcha itlarga tumshuqbog‘ taqib qo‘yish, eng muhimi esa barcha itlarni quturishga qarshi em- lash zarur.
Hayvonlar tishlaganda jarohatni sovunlab yuvish, yod bilan kuydirish tavsiya qilinadi. Birinchi kunlarda jarohat atrofini jarrohlik yo‘li bilan kesish va chok qo‘yish mumkin emas, chunki bu nerv tanasining qo‘shimcha jarohatlanishiga va yashirin davrning qis- qarishiga sabab bo‘ladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin tishlangan kishini zudlik bilan antirabik emlash o‘tkazish uchun travmatologik punktga yuborish zarur.
Quturishning spetsifik profilaktikasi bu sust va faol immunizat- siyani kombinatsiyalash hisoblanadi. Otdan olinadigan antirabik gamma-globulin va antirabik vaksina ishlatiladi.
Antirabik emlashlar shartli va shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha qilinadi. Shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar aniq quturgan hayvon tishlaganda hamda tishlagan hayvonning tashxisi hali aniq bo‘lmasa o‘tkaziladi. Shartli ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar quturish belgilari bo‘lmagan hayvon tishlaganda va bu hayvonni 10 kun davomida karantinda saqlagan vaqtda o‘tkaziladi. Antirabik emlashdan 12—14 kun o‘tgandan so‘ng antitelo paydo bo‘ladi va 30 kundan keyin u yuqori darajaga yetadi. Shuning uchun bosh, yuz, qo‘l barmoqlari sohasi tishlanganda va ko‘p sonli jarohatlar bo‘lganda yashirin davrning qisqa bo‘lish ehtimolini hisobga olgan holda antirabik immunoglobulin shartsiz ko‘rsatmaga binoan 1 kg tana vazniga 0,5 ml, shartli ko‘rsatma bo‘yicha esa 1 kg tana vazniga — 0,25 ml tayinlanadi. Immunoglobulin Bezredko usulida yuboriladi. Immunoglobulinning bir qismini jarohat sohasidagi teri ostiga yuborish mumkin. Immunoglobulin sust immunitet hosil qiladi va kasallikning yashirin davrini uzaytiradi. Preparat kiritilganidan 24 soatdan keyin vaksinatsiya kursi boshlanadi. Vaksina miqdori (2—5 ml atrofida) va emlash tishlangan joyning joylashishi, xarakteri va qachon tishlanganligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Vaksina har kuni qorin teri osti kletchatkasiga yuboriladi. Vaksinatsiya o‘rtacha 20—25 kun davom ettiriladi. Bosh yoki yuzda ancha xavfli tishlanishlar bo‘lganda birinchi kurs tugaganidan 10—15 kun o‘tgach qisqartirilgan kurs bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi. Sero- terapiya va vaksinatsiya travmatologik punktlarda o‘tkaziladi.
Emlash o‘tkazilayotgan davrda va o‘tkazilgandan keyin 6 oygacha spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iy man etiladi, chunki u vak- sinaning samaradorligini kamaytirib, immunitet hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Nazorat savollari
Quturishning tabiiy o‘choqlari nimalar hisobiga saqlanib turadi?
Quturish qanday yuqadi?
Nima uchun bosh, yuz va bo‘yin sohalaridagi jarohatlar xavfli hisoblanadi?
«Babesh-Negri tanachalari» nima?
Quturish rivojlanishida qanday davrlar farqlanadi?
Qo‘zg‘alish davri qanday xarakterlanadi?
«Gidro-», «aero-», «foto-» va «akustikofobiya» deganda nimani tushunasiz?
Quturish profilaktikasini gapirib bering.
Oqsim (aphtae epizooticae)
Oqsim — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya, og‘iz shilliq pardalarining aftoz (mayda pufakchalar hosil bo‘lib) hamda kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |