Epidemiologiyasi. Infeksiya rezervuari va manbai kasal hayvonlar, ayniqsa yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqalar va echkilar, ba’zi hollarda hayvonlarning boshqa turlari hisoblanadi. Kasal hayvonlar virusni tashqi muhitga so‘lagi, suti, najasi va siydigi orqali ajratadi. Virus tashqi muhitda 2—3 oygacha saqlanadi. Odam kasallikni asosan xom sutli mahsulotlarni iste’mol qilganda, ba’zi hollarda esa kasal hayvonlar bilan bevosita aloqada bo‘lganda (shilinishlar, qirilishlar bo‘lganda teri qoplamlari orqali) yuqtiradi. Odamda kasallik sporadik shaklda uchraydi. Katta odamlar bolalarga nisbatan oqsimga kam mo- yil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |