E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet227/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Klinikasi. Yashirin davr odatda 1—3 oy davom etadi (10 kundan 1 yilgacha chegaralarda). Kasallik kechishida uch davr farqlanadi: 1) boshlang‘ich davri; 2) qo‘zg‘alish davri; 3) falajlanish davri. Boshlanish davrida bemorlarda tishlangan joyda jarohat qachon- lardir chandiq hosil qilib bitib ketgan bo‘lsa-da, yoqimsiz sezgi (qunishish, tortishib og‘rishlar, qichishish, teri sezuvchanligining oshishi (giperesteziya) paydo bo‘ladi. Bu davrda umumiy holsizlik va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Harorat subfebril bo‘ladi. Bir vaqtda ruhiyatning buzilishi belgilari rivojlanadi: qo‘rquv, vahima va tushkun kayfiyat paydo bo‘ladi. Bemor ruhan tushgan, odamovi, ovqat yeyishdan bosh tortadigan bo‘lib qoladi, qo‘rqinchli tushlar ko‘ra boshlaydi. Boshlang‘ich davr 2—3 kun davom etadi.

Qo‘zg‘alish davri gidrofobiya, aerofobiya va sezuvchanlik oshishi bilan xarakterlanadi. Gidrofobiya (suvdan qo‘rqish) shu bilan xarakterlanadiki, bunda bemor suyuqlik ichishga harakat qilganda, keyinchlik esa suvli idishni lablariga yaqinlashtirganda ham halqum va hiqildoq mushaklari o‘ta og‘riqli ravishda qisqaradi, nafas olish shovqinli bo‘lib, qisqa muddatli talvasali nafas olishlar, hatto qisqa muddatli nafas olishlarning to‘xtashi kuzatiladi. Bunday talvasalar keyinchalik to‘kilayotgan suvning tovushi eshitilganda ham yoki hatto «suv» so‘zi aytilganda ham yuzaga kela boshlaydi. Talvasalar bemor betiga havo oqimini puflaganda ham (aerofobiya) kuzatiladi. Tana harorati subfebril bo‘ladi. Xuruj yorug‘lik ta’sirida (fotofobiya), shovqinlar va qattiq gaplashishlar (akustikofobiya), teriga teginish hamda boshni burish, yo‘tal va mushaklar taranglashganda ham kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha kuchli terlash, ko‘p miqdorda va tinimsiz so‘lak ajralashi (sialoreya) kuzatiladi. Bemor so‘lagini yutishga ulgurmaydi, muntazam og‘izdan so‘lak oqib turadi, u kiyimlarini ho‘l qilib tashlaydi va har tomonga sachratadi. Qo‘z- g‘alish kuchayadi, eshitish va qo‘rquv gallusinatsiyalari aniqlanadi. Ular ko‘pincha tahdid (do‘q-po‘pisa qiluvchi) xarakterida bo‘ladi. Ba’zan agressiv harakatlar bilan kechadigan beboshlik (quturish, haddidan oshish) xurujlari qayd etiladi. 2—3 kundan keyin qo‘z- g‘alish qo‘l-oyoqlar, til, yuz mushaklari falajlanishlari bilan kechadi.

Falajlanish davri ruhan tinchlanish bilan xarakterlanadi. Qo‘r- qish hamda vahimalar, gidrofobiya va ruhiy qo‘zg‘alishlar xuruji yo‘qoladi, bemorda sog‘ayishga umid paydo bo‘ladi. Bir vaqtda holsizlik, apatiya, so‘lak ajralishi kuchayadi, qo‘l-oyoqlar falaj­lanishi, bulbar o‘zgarishlar, chanoq a’zolari funksiyalarining buzilishlari qayd etiladi. Tana harorati 40—41°C gacha ko‘tariladi. Kasallikka kuchayib boruvchi taxikardiya va gipotoniya xarakterlidir. Bu davr 18—20 soat davom etadi, kasallik odatda o‘lim bilan tugaydi. O‘lim yurak va nafas markazlari falajlanishi natijasida vujudga keladi. Kasallik 3—7 kun davom etadi.

Quturishning atipik shakllari ham uchraydi. Bularga bulbar, serebromaniakal, miyachaga tegishli va falajlanish shakllari kiradi. Bulbar shakliga es-hush saqlangan holda, disfagiya va nafas olish buzilishi; serebromaniakal shakliga — alahsirash, psixozlar rivoj- lanishi va kam uchraydigan talvasa xurujlari, miyachaga tegishli shakliga bosh aylanishi, turg‘un bo‘lmagan chayqalib yurishlar xos; falajlanish shakli — kasallikning boshlanishidayoq falajliklar mono-, gemi- va paraplegiyalar shaklida kuzatiladi, ayrim hollarda yuqoriga ko‘tariluvchi falajlanishlar namoyon bo‘ladi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, sanab o‘tilgan barcha shakllariga yutish, mushaklar spazmi va suvdan qo‘rqish belgilari xarakterli hisoblanadi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish