2 Sirg`aluvchi undosh – havo oqimi o`zaro yaqinlashgan ikki a’zo oralig`idan ishqalanib o`tishidan hosil bo`ladi. O`zbek tilida u 11 ta: v, f, s, z, sh, y, x, h, l, g`, j (jurnal).
3) Portlovchisirg`aluvchi - m, n, ng, l, r tovushini talaffuz qilganda, lab labga, til tanglayga jipslashib, portlashga tayyor tursa, havo oqimi burun bo`shlig`idan yoki tilning yonidan chiqib ketadi. Shu sababli ular portlovchisirg`aluvchi deb yuritiladi.
Qorishiq tovush – paydo bo`lish o`rniga ko`ra nutq a’zosining asosan bir yerida hosil bo`lib, bir portlovchi va bir sirg`aluvchi tovushni o`z ichiga olgan, ajratilmay talaffuz qilinadigan tovush: 2 ta: j (dj), ch (tsh).
Titroq tovush – r tovushi til uchining qattiq tanglayga muntazam urilib turishidan (titrashidan) hosil bo`ladi.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra. Tovush paychasining harakati va holati natijasida paydo bo`ladigan shovqin va ovoz ishtirokiga ko`ra undosh 2 ga bo`linadi:
Jarangli
|
b
|
v
|
z
|
g
|
d
|
j
|
g’
|
dj
|
y
|
l
|
m
|
ng
|
n
|
r
|
-
|
-
|
Jarangsiz
|
p
|
f
|
s
|
k
|
t
|
ch
|
q
|
sh
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
h
|
x
|
Sonor – (sonor lotincha «ovozdor» ) - ovoz shovqinga nisbatan ustun bo`lgan undosh. Sonor talaffuzida tovush paychasi taranglashib titraydi, ovoz hosil bo`ladi. Shu jihati bilan sonor unliga yaqin turadi. Ammo og`iz bo`shlig`ida qisman shovqin qatnashganligi uchun undosh hisoblanadi. O`zbek tilida sonor 5 ta: m, n, ng, l, r.
Alifbo – harf va belgilarning ma’lum tartibda joylashgan to`plami. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993 yil 2 sentabrda “Lotin alifbosiga asoslangan yangi o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. 1995- yil 6–7- mayda mazkur qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Hozirgi alifbomizda 29 harf va bir belgi (tutuq) bor. O`zbek tilida jami 30 tovush mavjud. Shu tovushdan j (sirg`aluvchi) va j (qorishiq-portlovchi) tovushi bitta j harfiga birlashtirilgan.
Tutuq belgisi – alifboda 29 harfdan keyin ma’lum vazifalar yuklangan 30- belgi. Vazifasi quyidagilar:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o`zlashma so`zlarda oldingi unli tovushning cho`ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi; 2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi o`zlashma so`zda unlining oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi;
3) s va h harfini sh harfidan farqlash uchun ishlatiladi: is’hoq, mus’haf kabi.
4) mo`jiza, mo`tadil, mo`tabar kabi so`zlarda o` unlisi cho`ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo`yilmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |