UNDOSH TOVUSHLAR – o’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’izda to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlardir. Tilimizda 23 ta undosh tovush bor: b,d,f,g,h,j,k,l,m,n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,g’,sh,ch,ng (bulardan faqat “ng” yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi – litsey)
Uzoq cho’zilish xususiyatiga ega bo’lmagan, urg’u qabul qilmaydigan tovushlardir.
Undosh asosan 3 belgiga ko’ra tasniflanadi:
I.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra – bunda undosh tovush o’pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq a’zosining qaysinisi yordamida hosil bo’lishiga, og’izning qaysi qismida to’siqqa uchrashiga ko’ra 3 ga bo’linadi:
1) lab undoshi (5 ta) b,p,v,f,m
a) lab-lab: b,p,m
b) v,f
2) til undoshi (17 ta)
a) til oldi: d, t, s, sh, j, z, ch, l, r, n
b) til o`rta: y
c) sayoz til orqa: g, k, ng
d) chuqur til orqa: q. g’, x
3) bo’g’iz undoshi: h
Do'stlaringiz bilan baham: |