Demak, eski o‘zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo‘lgan o‘zbek tili tarixini o‘z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o‘zida mujassam etadi.
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiylarning eski o‘zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xizmatlari katta. Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi. U o‘zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinani ilonlar va tikanlar o‘rab turganligini ta’kidladi. Navoiy eski o‘zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikan»lardan tozalab berdi.
Eski o‘zbek adabiy tili hozirgi o‘zbek adabiy tilining vujudga kelishida muhim bosqich sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |