Lotin Amerikasi siyosiy kartasida ham muhim siyosiy o`zgarishlar yuz berdi. 1959 yili Kuba rivojlanishning sotsialistik yo`liga kirdi. 1962 yilda ingliz mustamlakalari o`rnida mustaqil davlatlar–Trinidad va Tabago, Yamayka, 1966 yilda Gayana va Barbados, 1973 yilda–Bagam orollari, 1974 yilda–Grenada, 1978 yilda Dominika, 1979 yilda Sent-Visent va Sent-Lyusiya paydo bo`ldi. 1975 yilda Niderlandiya mustamlakasi Surinam mustaqillikka erishdi.
Okeaniya siyosiy kartasida ham chuqur o`zgarishlar sodir bo`ldi. 60-yillarda G`arbiy Samoa va Nauru (BMTning sobiq vosiy hududlari), 70-yillarda Tongo, Fidji, Salomon orollari, Tuvalu, Kiribati, Popua-Yangi Gvineya, 1980 yillarda–Vanautu mustaqil davlat bo`ldilar. 1-jahon urushidan keyin Yaponiyaga mandat bilan berilgan Germaniya mustamlakalari-Mekroniziya orollari BMT ning qaroriga binoan 1946 yildan AQShga vosiylikga berildi.
Hozirgi davr, 1990 yillardan to hozirga qadar davom etayotgan davr hisoblanadi.
Ushbu davrga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
-1991 yilda SSSRning parchalanishi, uning tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda mustaqil davlatlar tashkil topdi;
- Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH) tashkil topdi;
- Sharqiy evropa mamlakatlarida tinch yo`l bilan xalq-demokratik inqilobi g`alaba qildi (1989-1990 yillar);
- 1991 yilda Varshava shartnomasi tashkiloti (Harbiy) va o`zaro yordam iqtisodiy kengashi faoliyati to`xtatildi.
- 1990 yil 3 oktyabrdan ikki nemis davlati (GFR va GDR) yagona davlatga birlashdi;
- Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning tarkibida Slaveniya, Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriya mustaqil davlat sifatida e`lon qilindi;
- 1990 yil may oyida ikki arab davlati–Yaman Arab Respublikasi (YaAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YaXDR) milliy-etnik asoslarida birlashdi (Yaman Respublikasi, poytaxti–Sana shahri).
- 1990-1991 yillarda mustamlachilikning barbod bo`lishi jarayoni davom etib, kuyidagi davlatlar o`z mustaqilligini qo`lga kiritdilar:
- Namibiya (Afrikadagi eng so`ngi mustamlakaga), komor fedirativ Respublikasi, Marshal orollari Respublikasi, Palau respublikasi, sharqiy Temor respublikasi tashkil topdi.
- 1993 yil 1 yanvarida sobiq Chexoslavakiya parchalanib, ikkita mustaqil davlat–Chexiya va Slovakiya vujudga keldi.
- 1993 yil–Eritreya davlatining (Efiopiyaning Qizil dengiz qirg`og`idagi sobiq provintsiyasi) mustaqilligi e`lon qilindi.
Mutaxassislarning fikricha dunyo siyosiy kartasining kelajakda o`zgarishi ko`p millatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning rivoji yo`nalishiga, mamlakatlar va xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning xarakteriga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |