Federativ davlat, shunday ma`muriy-hududiy tuzimi shakliga egaki, unda yagona (federal) qonunlar va mamlakat organlari bilan birga davlat tarkibida yirik xududiy birliklar (respublika, erlar, shtatlar va h.k.) mavjud bo`lib, ular mustaqil qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud qonunlariga hamda hokimiyat organlariga ega. Bunday davlatlarga, Rossiya, AQSh, Germaniya, Hindiston, Nigeriya, Kamerun kabi davlatlar misol bo`la oladi.
Konfederativ boshqaruv tizimiga ega bo`lgan davlatlarda har bir viloyat yoki shtat o`zining Konstitutsiyasi, o`zining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga ega. Ular tashqi faoliyat yagona pul birligi va harbiy sohalarda birgalikda harakat qilish uchun yagona davlat boshqaruviga bo`ysinadi. Bunga Shveytsariya konfederatsiyasi misol bo`la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |