Nigeriya (inglizcha: Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi (inglizcha: Federal Republic of Nigeria) — Gʻarbiy Afrikada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja shahri Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
N. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-yil 29-mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka. aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999-yildan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan janubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining rel-yefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000 m dan ortiq. N. hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan.
N.ning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida oltin konlari ham bor.
Iqlimi ekvatorial mussonli iklim. Shimolida dekabrdan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500– 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (aprel yoki may)ning oʻrtacha temperaturasi 25— 33°, eng salqin oy (dekabr yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoklari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib krladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻrikxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va boshqa yashaydi.
Ahrlisi. N.da turli tillarda suzlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqdar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari qam yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |