Nigeriya (inglizcha: Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi


Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari



Download 25,69 Kb.
bet3/4
Sana08.07.2022
Hajmi25,69 Kb.
#758726
1   2   3   4
Bog'liq
Nigeriya

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari


Demokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998-yilda asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi va iqtisodiyoti


N. — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxminan 30% qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. N. dunyoda neft eksport qiluvchi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi.
Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi.
Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.
Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash zavodlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil zavodlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.
Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakchi rol uynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz zavodlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chikariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilishfaner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400-mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.

Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish