Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatanyuqori darajada boʻlgan. Milodiy 8—10-asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.
N. qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553-yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849-yil Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861-yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnashib ol-dilar. 1885-yilda "Oyl-rivers protekto-rati" (1893-yildan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906-yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914-yil 1-yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.
Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiysiyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920-yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922-yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944-yil avgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gashi (1962-yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945-yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958-yil oktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960-yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963-yil 1-oktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.
1964-yil 30-dekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966-yil 15-yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966-yil 29-iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketmaket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999-yil 20-fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27-fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.
Milliy bayrami — 1-oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 11-martda tan oldi va oʻsha yil 28-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.