Nigeriya (inglizcha: Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi



Download 25,69 Kb.
bet4/4
Sana08.07.2022
Hajmi25,69 Kb.
#758726
1   2   3   4
Bog'liq
Nigeriya

Transporti


Avtomobil va temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Transport yoʻlilar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) temir yoʻl magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.

Tashqi savdosi


Chetga, asosan, neft, kakao, kauchuk, palma yongʻogʻi magʻzi, xom teri chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, isteʼmol mollari, oziqovqat va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk-Bri-taniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra.

Tibbiy xizmati


Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga aralash va xususiy shifoxonalar ham bor. Federal sogʻliqni saklash vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini oʻtkazish, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilishi uchun masʼul. Davolash va kasalliklarning oldini olish muassasalariga shtatlarning sogʻliqni saklash vazirliklari bevosita raxbarlik qiladi. Vrachlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamshiralar, doyalar, tish vrachlari va texniklari tayyorlanadigan oʻnlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli shlarida tibbiyot ilmiy tadqiqot markazlari mavjud. Lagosda Jahon sogʻliqni saklash tashkilotining bezgakka qarshi kurash xalqaro markazi ishlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari


N. mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatlikurslar ochildi. 1976-yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 yillik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 yillik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 yillik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 yillik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 universitet bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka universitetlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻkish — bepul. Koʻpgina universitetlarning sirtqi boʻlimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika fakultetlari, institutlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari soxasida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.
Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977-yilda tashkil etilgan), Tibbiyot ilmiy tadqiqot kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari instituti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal instituti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari instituti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi instituti (1939), Moordagi Federal qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1924) va boshqa
Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos universitetlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va boshqa shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982-yildan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964-yildan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925-yildan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945-yildan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968-yildan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949-yildan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980-yildan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chikadigan kundalik hukumat gaz., 1965-yildan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978-yilda tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978-yilda tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976-yilda hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida publitsistika shakllandi. 20-asr 20—40-yillarida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-yillarga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-yillarda N.ning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan "Shahar odamlari" (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi "Mayxoʻr" (1952), "Ruhlar oʻrmonidagi hayotim" kabi asarlari N. prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning "Qarindoshlar" (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning "Uylanish masalasi" romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashu-vi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening "Yemirish vaqti keldi", "Notinch hayot", "Xudoning oʻqyoyi" asarlari N. prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-yillardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning "Idanre" poemasi, "Oʻrmon raqsi", "Yoʻl" pyesalari, K. Okigboning "Osmon darvozasi", "Labirintlar" sheʼriy kitoblari va boshqalar). 90-yillarda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jurnallar nashr qilinadi.
Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish