Mamlakatlar nomi |
Aholisi.
mln kishi
|
1.
|
Xitoy
|
1288,7
|
2
|
Hindiston
|
1068,6
|
3.
|
AQSh
|
291,5
|
4.
|
Indoneziya
|
220,5
|
5.
|
Braziliya
|
176,5
|
6.
|
Pokiston
|
149,1
|
7.
|
Bangladesh
|
146,7
|
8.
|
Rossiya
|
145,5
|
9.
|
Nigeriya
|
133,9
|
10.
|
Yaponiya
|
127,5
|
11.
|
Meksika
|
104,9
|
Geografik o`rnining xususiyatlariga ko`ra mamlakatlar dengiz bo`yi, yarimorol, orol, arxepelag va dengizga chiqish yo`li bo`lmagan davlatlarga bo`linadi. Jahonda quruqlik mamlakatlari 39 tani tashkil etadi.
Hozirgi paytda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va xarakterini hisobga olib, dunyo mamlakatlari 3 ta katta tipga bo`linadi:
Iqtisodiy yuqori darajada rivojlangan davlatlar;
Rivojlanayotgan (kam rivojlangan) mamlakatlar;
Postsotsialistik (sotsialistik tuzumdan rivojlanishning bozor iqtisodiyoti yo`nalishiga o`tgan) va sotsialistik mamlakatlar.
Rivojlangan mamlakatlar quyidagi 4 ta kichik tipga bo`linadi.
Asosiy kapitalistik mamlakatlar; AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya;
G`arbiy evropaning uncha katta bo`lmagan, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlari: Shveytsariya, Avstriya, Bel`giya, Niderlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya;
Kapitalistik munosabatlar «ko`chirib» keltirilgan mamlakatlar;
a) Rivojlanishning o`rtacha darajasiga erishgan mamlakatlar: Irlandiya, Finlandiya;
b) Rivojlanishda orqada qolgan mamlakatlar (evropa mezonlari bo`yicha): Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya;
Rivojlanayotgan mamlakatlar (iqtisodiyoti ham rivojlangan) Dunyo kartasida eng ko`p tipli va sonli davlatlardir. Ular asosan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi Okeaniyadagi sobiq mustamlakalar bo`lib, ularning mustamlaka o`tmishi va u bilan bog`liq ichki va tashqi qiyinchiliklar, siyosiy mustaqillik va iqtisodiy qaramlik, kapitalistik tovar xo`jaligini yuritish tajribasi yo`qligi, xo`jalikning kapitalizmga xos shakllarining saqlanib qolganligi, iqtisodiyotning agrar xom-ashyo tavsifi, malakali kadrlarning etishmasligi, industrial rivojlangan mamlakatlarda g`oyat katta tashqi qarzdorlik (1 trln dollardan ko`proq) va boshqa xususiyatlarni birlashtiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar.
Tayanch mamlakatlar (Braziliya, Hindiston, Meksika), Yangi industrial mamlakatlar (Koreya Respublikasi, Tayvan`, Gonkong, Singapur), tashqariga neft` eksport qiluvchi mamlakatlar, taraqqiyoti sezilarli orqada qolayotgan mamlakatlar va qoloq mamlakatlar guruhiga ajratiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo siyosiy kartasida o`nlab sotsialistik davlatlarning paydo bo`lishi, mustamlakachilik sistemasining parchalanishi va yuzlab mustaqil davlatlarning vujudga kelishi harakterlanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrning asosini G`arb bilan Sharqning jahon bo`ylab qarama–qarshi turishi, ular o`rtasidagi “sovuq urush” tashkil etdi. Ko`plab “harbiy–siyosiy ittifoqlar”, shu jumladan Shimoliy Atlantika ittifoqi (NATO) va Varshava shartnomasi vujudga keldi. er yuzasining turli joylarida ko`plab harbiy bazalar bunyod etildi, mahalliy urushlar bo`lib turdi. Bunga Fors qo`ltig`ini o`z ichiga olgan Yaqin sharq mojarosi misol bo`la oladi.
80–yillarning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlarda qarama–qarshi turishdan o`zaro bir–birini tushunish va hamkorlikka o`tish boshlandi. O`zaro ishonchsizlik, xavfsirash va dushmanlik o`rniga yaxshi qo`shnichilik qaror topa boshladi. Bu jarayon MDH bilan AQSh, evropa davlatlari, Osiyo Tinch okeani regioni (OTR) va boshqa hududlar munosabatida aks etdi. Dunyoning siyosiy kartasida 1990 yildan Germaniyaning birlashishi, haqiqiy qurolsizlanishning boshlanishi, Varshava shartnomasi tashkilotining tarqatib yuborilishi, NATO ning asosan siyosiy ittifoqqa aylantirilishi kabi muhim jarayon va hodisalar o`z aksini topdi. Ko`pgina mahalliy janjallarni siyosiy vositalar yo`li bilan hal etishga erishadi
Do'stlaringiz bilan baham: |