Hokimlikning Monarxiya shaklida oliy davlat hokimiyati monarxlarga: qirol, knyaz`, sulton, shoh, amirga qarashli bo`lib, hokimiyat meros orqali avloddan-avlodga o`tadi. Dunyo siyosiy kartasida 30 ta davlat monarxiya bor, shu jumladan, Osiyoda 14, evropada 12, Afrikada 3, Okeaniyada 1.
Monarxiyalar – konstitutsion, mutloq va teokratik tiplarga bo`linadi. Ularning ko`pchiligi Konstitutsion monarxiya bo`lib, unda monarx ramziy “podshoxlik” qiladi, lekin davlatni boshqarmaydi. (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya), qonun chiqaruvchi hokimiyat parlamentga, ijroiya hokimiyati hukumatga qarashli hisoblanadi. Mutloq monarxiyada monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan, hukumat va boshqa hokimiyat organlari faqat monarx oldida ma`sul va javobgardir. (Birlashgan Arab Amirliklari, Omon, Bruney, Quvayt va boshqalar).Teokratik monarxiya – bunda podsho bir vaqtning o`zida ham hokimiyat ham din boshlig`i xisoblanadi. Bunga Saudiya Arabistoni, Vatikan misol bo`la oladi.
Hokimlikning yana bir keng tarqalgan shakli Buyuk Britaniya boshchilik qiladigan Britaniya hamdo`stligidir. U 1931 yilda huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan bo`lib, uning tarkibida Buyuk Britaniya dominionlari – Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi va Irlandiya kirgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin va Britaniya Imperiyasi barbod bo`lgach, hamdo`stlik tarkibiga Britaniya sobiq mustamlakalarining ko`pchiligi kirdi.Uning tarkibida 50 davlat bo`lib, ularning umumiy hududi 30 mln.kv.km, aholisi 1,2 mlrd nafardan ortiq. Ular o`zlarining umumiy muammolarini har ikki yilda bir marta bo`ladigan konferentsiyada bosh vazirlar va moliya vazirlari ishtirokida muhokama qiladilar. Hamdo`stlik yagona konstitutsiya va ittifoq - shartnoma kelishmalari, norasmiy atributlarga ega emas, u halqaro maydonda ham ishtirok etmaydi. Hamdo`stlik a`zolari undan istagan paytda so`zsiz chiqib ketish huquqiga ega. Shunday huquqdan Birma va Pokiston foydalangan.
Hamkorlikka kirgan barcha davlatlar o`zlarining ichki va tashqi ishlarida to`la suverenitetga ega. Hamdo`stlikning ko`pchilik a`zolari an`anaviy davlat boshqaruv shakllariga ega: Ular yoki respublikalar (Hindiston, Bangladesh, Nigeriya, Gana, Zambiya, Zimbabvi va boshqalar) yoki monarxiyalar (Buyuk Britaniya, Malayziya, Bruney, Svazilenya va boshqalar) hisoblanadi. Ularning ba`zi a`zolari – Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tuvalu, Antigua va Barbuda, Mavrikiy, Bagam orollari xamkorligi, Barbados, Beliz, Grenada, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kristofer va Nevis, Sent-Lyusiya, Yamayka O`zlarini respublika, monarxiya hisoblamaydi. Ularning aholisi amaliyotda O`zlarini Buyuk Britaniya qirolichasining fuqarosi ham sanashmaydi, faqat O`z mamlakatining fuqarosi deb hisoblaydilar.
Dunyoda faqat bitta mamlakat–Liviya Arab Sotsialistik Xalq monarxiyasi deb rasman ataladigan davlatda hokimlikning O`ziga xos shakli mavjud. Bu shakl dunyoda mavjud bO`lgan birorta davlat hokimiyatiga O`xshamaydi. Shu sababdan Liviya rahbarlari barcha vaziyatda O`z mamlakatini aynan jamaxariya deb tan olishni talab qiladilar. Bu sO`z arabcha “omma davlati”, “xalq hokimiyati” ma`nosini anglatadi). 1977 yilda mamlakatda o`tkazilgan islohatlar asosida barcha an`anaviy respublika hokimiyati va boshqaruv organlari yuqorigacha saylanadigan doimiy boshqaruv majlislari va xalq qo`mitalariga almashtirildi. Yiliga ikki martadan kam bo`lmagan muddatlarda chaqiriladigan Umumiy xalq kongressi davlat hokimiyatining oliy organi ekanligi tantanali sur`atda e`lon qilindi. Bundan ko`zlagan asosiy maqsad:
markazning joylar (hududlar) ustidan nazoratini o`rnatish;
sharoitga moslashgan iqtisodiy-ijtimoiy, regional siyosatni amalga oshirish;
saylov kompaniyalarini o`tkazish va boshqalardir;
Bundan tashqari jahon mamlakatlari ma`muriy-hududiy bo`linishi bilan ham farq qiladi. Ma`muriy-hududiy bo`linishiga ko`ra davlatlar unitar(lotincha unites–birlik), federativ (lotincha ftdtratio–ittifoq) konfederativ kabi turlarga bo`linadi.
Unitar–davlatning hududiy tashkil etishining shunday shaklini, bunda mamlakatda bir butun qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat bo`ladi. Unitar davlatlarga Yaponiya, Vengriya kabi davlatlar misol bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |