Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishining asosiy bosqishlari



Download 84,5 Kb.
bet5/16
Sana20.08.2021
Hajmi84,5 Kb.
#152177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu.DSX shakll

Yangi davr, (XVI asrdan XX asr boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Ushbu davrning o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu davrda feodalizm emirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boradi. Bu esa hayotning barcha sohalarida, shu jumladan dunyo siyosiy kartasida muhim o`zgarishlarning sodir bo`lishiga olib keladi.

Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar alohida o`rin egallaydi. Ushbu davrda 1492 – 1502 yillarda X.Kolumb tomonidan Amerika qit`asi ochildi. 1498 yilda Vaskada Gama tomonidan Afrikani aylanib o`tish mumkinligi isbotlandi.

1499–1504 yillarda Amerigo Vispuchining Janubiy Amerikaga sayohati; 1519–1522 yillar Magellan va uning sheriklari tomonidan dunyo aylanish sayohati; 1648 yil Semen Djenevning Sibirga sayohati; 1740 yil V.Bering va P.Chirikovlarning Sibirga sayohati; 1771–1773 yillar J.Kukning Avstraliya va Okeaniyaga sayohati va boshqalar.

Buyuk geografik kashfiyotlar davri dunyo siyosiy kartasida kuchli o`zgarishlar bo`lishiga olib keldi. U evropa mustamlakachilar bosqichining boshlanishi, dunyo xo`jalik aloqalarining keng rivojlanishi, aholi ko`chish harakatlarining kuchayishiga sabab bo`ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar dunyoning uchta yirik mustamlakachi mamlakatlari–Angliya (Afrikada), Ispaniya (Amerikada), Portugaliya (asosan Osiyoda) imperiyasining paydo bo`lishiga, hamda dunyo bozorining shakllanishiga olib keldi. Dengiz yo`lining rivoji “Buyuk ipak” yo`lining inqiroziga olib keldi. Temuriylar davlatining inqirozi va parchalanib ketishi ham aynan shu davrga to`g`ri keldi. Professor Q.Aberqulov (2001 y.) ta`kidlaganidek, XIV asrning oxiri va XV asrning boshida tashkil topgan Amir Temur va Temuriylar davlati Hindiston va Xitoydan O`rta er dengiziga qadar hamda Orol dengizidan Fors qo`ltig`iga qadar g`oyat katta hududni egallagan edi. Amir Temur Xitoy va Hindistondan O`rta Osiyo orqali yaqin Sharq va evropa mamlakatlariga boradigan asosiy savdo yo`li-“Buyuk Ipak yo`lini” nazorat qilib, Sharq bilan G`arb o`rtasidagi savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga katta xissa qo`shdi. Temurning 1395 yilda To`xtamish ustidan g`alaba qozonib Oltin O`rdaga bergan zarbasi Rossiya davlatining mustaqilligini saqlab qolish va uning markazlashuvida buyuk ahamiyat kasb etadi.

Temurning 1402 yilda Boyazid ustidan g`alabasi esa, evropani Usmonli Turk imperiyasi asoratidan saqlab qoldi. Lekin Temur vafotidan keyin vorislar toju-taxt talashuvi, shuningdek Buyuk Ipak yo`lining xalqaro savdo yo`li sifatidagi ahamiyati keskin pasayishi ushbu ulkan davlatning parchalanishiga olib keldi. Xususan, Movarounnaxr va Xurosonda Shayboniyxon davlati (XVI asr boshlarida) tashkil topdi. Uning parchalangan hududlarida esa XVI asr oxirida Buxoro xonligi (amirligi), Xiva xonligi, XVIII asr boshida Qo`qon xonligi paydo bo`ldi. XIX asrning o`rtalaridan boshlab Rossiya imperiyasi o`zbek xonliklarini bosib olish uchun keng xarbiy-siyosiy tayyorgarlik ko`rishga kirishdi.

XIX asrning 40–yillari oxiri, 50-yillari boshidan Rossiya imperiyasi Turkiston erlariga shiddat bilan bostirib kela boshladi. Rus istilochi qo`shinlari 60–yillardan Qo`qon xonligi, Buxoro amirligi, 70-yillarning boshlaridan esa Xiva xonligi hududlarini bosib oldi va ularni Rossiya imperiyasiga to`la bo`ysintirdi. Turkiston ulkan viloyat, volost, uchastka va oqsoqolliklarga bo`linib boshqarildi. Rossiyadan ko`plab rus dehqonlari va ersiz mujiklar ko`chirilib keltirilib, ularga kamida 10 desyatinadan er ajratib berildi. Mustamlakachilar rus imperiyalar, xutor va selolar, shaharlar yonida esa ruslar uchun “Yangi shaharlar” barpo etishga alohida e`tibor berishdi. Tub joy aholisining turmushi esa tobora og`irlashib boraverdi.

Shunday qilib, O`rta Osiyo uchun bir asrdan ko`proq davom etgan og`ir mustamlakachilik davri boshlandi. XVII asrning birinchi yarmida Angliya va Frantsiya mustamlakachilik yurishlarini boshladilar. Ular Vest-Indiyadagi qator orollarni o`zlariga bo`ysindirdi. XVII asrning o`rtasida Niderlandiya, Gollandiya Zond orollari, Afrika janubi, Gollandiya Gvianasi (Surinam), Vest-Indiyadagi orollarщni bosib olib dunyoning birinchi mustamlakachi va savdo markaziga aylandi. Mustamlakalar uchun Angliya bilan Frantsiya o`rtasidagi kurash XVII asr oxiridan XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Angliya o`z mustamlakalarini Frantsuzlar hisobidan Shimoliy Amerikada va Hindistonda kengaytirdi. Angliya shiddatli kurash orqali Ispaniya, Niderlandiya, Frantsiyadan ko`plab mustamlakalarni tortib oldi. Ularning umumiy maydoni 22 mln kv.km.dan ortiq bo`lib, Hindiston, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrikani o`z ichiga olgan edi.

XVIII asrning oxiriga kelib Lotin Amerikasida Ispaniya va Portugaliyaning tolonchilik siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Ozodlik urushlari bilan bog`liq holda Yangi Grenada, Peru va boshqa yigirmaga yaqin yangi davlvtlar tizimi paydo bo`ldi va ularga chet el kapitali keng miqyosda kirib kela boshladi.

Angliya mustamlakachiligiga qarshi kurash Shimoliy Amerikada ham avj oldi. 1775-1783 yillarda ozodlik uchun olib borilgan urush, Angliyaning AQSh mustaqilligini tan olishga majbur etdi. 1776 yilda AQSh mustaqilligi e`lon qilindi. AQSh mustaqillikka erishgach u o`z hududini yanada kengaytirish uchun kurash boshladi. 1803 yilda AQSh frantsiyadan G`arbiy Luizianani 1819 yilda Ispaniyadan Floridani sotib oldi. Meksikadan Texas (1845 y.), Kaliforniya va Qoyali tog`larning janubi (hozirgi N`yu-Meksika shtati) ni tortib oldi. 1867 yilda Rossiyadan Alyaskani sotib oldi.

XIX asrning o`rtalarida Germaniya va Italiyada yangi siyosiy birlashish asosida yagona markazlashgan davlatlar tashkil topdi. Bolqon yarim orolida milliy ozodlik harakati asosida Turkiya imperiyasi tarkibiga kirgan Gretsiya (1829 y.), Ruminiya (1861 y.), Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya (1878 y.) davlatlari paydo bo`ldi.

Ayniqsa XIX-XX asr tutashgan davrda bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish uchun kurash g`oyat keskinlashib, dunyo siyosiy kartasi bekor bo`lib qoldi. 1876 yilda Afrikaning atigi 10 % hududidi G`arbiy evropa mamlakatlariga qarashli bo`lsa, 1900 yilga kelib bu ko`rsatkich 90,5 foizga etdi. Afrikani bo`lib olishda birinchi o`rinni Angliya egalladi. U Shimoliy sharqiy va Janubiy, qisman G`arbiy Afrikada hukmron mavqega ega bo`ldi va o`ziga Misr, Sudan, Keniya, Uganda, Somalining bir qismi, Shimoliy va Janubi Rodeziya, Transviyal, va Tunis (Oranjevaya), Bur respublikalari, Nigeriya, Oltin qirg`oq (Gana), Siera-Leone, Gambiya kabi mamlakatlarni o`ziga bo`ysintirdi.

Frantsiya 70-yillargacha Jazoir, Senegal, Gvineya qo`ltig`i qirg`oqlarining bir qismini bosib olщgan bo`lsa, Afrikani bo`lib olish davrida yana Tunis, Marokka, Gvineya qo`ltig`i qirg`oqlari, Niger, Kongo havzasi, Chad ko`li rayoni , Madagaskar, Somalining bir qismini zabt etdi. U Shimoliy va G`arbiy Afrikada yirik mustamlaka massivini barpo qildi. Bu davrda Germaniya, Italiya ham Arikada mustamlakalar bosib olishni boshladi. 1884 yilda Germaniya, Janubi-g`arbiy va Sharqiy Afrika (Tanganika), Kamerun, Togoni istilo etdi. Italiya Eriteriya, Somalining bir qismini bosib oldi. 1911-1912 yillardagi Turkiya-Liviya urushi oqibatida Kichik Osiyo qirg`oqlaridagi orollar guruhiga ega bo`ldi. Kongo hududlari Belgiya egaligiga o`tdi. Afrikani bo`lib olish davrida Portugaliya Angola va Mozambik hududlarini kengaytirdi. Ispaniya G`arbiy Sahroi Kabr, Ispaniya Gvineyasi (Reomuni), Shimoliy Marokkoning bir qismini zabt etdi.

XIX asrning oxirida AQSh ham mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1898 yildagi Ispan Amerika urushi natijasida u Ispaniyadan Filippin, Guam orollari va Puerto-Rikoni tortib oldi. Kuba rasman mustaqil deb tan olinishiga qaramay amalda u AQSh ning yarim mustamlakasiga aylangan edi. AQSh o`ziga Gavayi orollarini qo`shib oldi. Samoa orollarni Germaniya bilan bo`lib oldi. Okeaniyani bo`lib olish ham tugallandi. Angliya Fidji orollarini, Salomon orollarining bir qismini, Frantsiya Taiti, Yangi Kaledoniya orollarini, Germaniya Yangi Gveneya orollarining shimoliy-sharqiy qismini, Bismark orollarini, Salomon orollarining bir qismini , Marshal orollarini bosib oldilar. Germani Ispaniyadan Marian va Karolin orollarini sotib oldi.

Yaponiya Uzoq Sharqda mustamlakalar istelo qilishni boshladi. 1895 yilda Xitoydan Tayvan orolini tortib oldi, Koreyani bosib oldi va 1910 yilda uni o`zining mustamlakasi deb e`lon qildi. Rus-Yapon urushidan keyin Yaponiya Saxalin orolining janubiy qismida, Kuril orollarida mustahkam o`rnashdi. Mustamlakali davlatla Xitoyni yarim mustamlakaga aylantirdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida Frantsiya, Vetnam, Laos, Kambodjani o`z ichiga olgan Frantsuz Xidi-Xitoy mustamlaka zonasini zabt etdi. Angliya Yuqori Birma, Barneo orolining shimolini zabt etdi. Malayxdagi mustamlakalarini kengaytirdi. XX asrning boshida Turkiya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakatlari evaziga Albaniya mustaqillikka erishdi. Bolgariya Egey dengiziga chiqishga, Gretsiya va Serbiya esa o`z hududlarini kengaytirishga muvaffaq bo`ldi.

Shunday qilib, dunyo siyosiy kartasi shakllanishining yangi asr davridagi asosiy mazmunini mustamlakalar bosib olish, metropoliya (mustamlakachi) davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabat va nisbatlar belgilab berdi. XX asrning boshida dunyo to`liq bo`lib olindi. 1914 yilda mustamlakachi imperiyalar mustamlakalarining umumiy maydoni 74,9 mln km.kv. (jami quruqlik maydonining 56 %) ulardagi aholi 530 mln. kishiga (dunyo aholisining 35 %) ga etdi. Angliya mustamlakalari maydoni 33,5 mln.km.kv., Rossiyaniki 17,4 mln.km.kv., Frantsiyaniki 10,6 mln.km.kv., Germaniyaniki 2,9 mln.km.kv., AQSh niki 0,3 mln.km.kv., Yaponiyaniki ham 0,3 mln.km.kv. ni tashkil etdi.


Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish