13-MA’RUZA Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish qonunlari va ularning tashkiliy asoslari. Reja: Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning qo‘llanish sohasi va davlat siyosati.
Mexnat muxofazasi soxasida nazorat organlari.
Korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazaci bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi uctidan nazorat.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik.
5. Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha o‘qitish.
O‘zbekistonda mexnat muxofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar asosida amal kiluvchi, insonning mexnat jarayonidagi xavfsizligi, sixat-salomatligi va ish kobiliyati saklanishini ta’minlashga karatilgan ijtimoiy, iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash oldini olish tadbirlari xamda vositalari tizimidan iborat.
Mexnatni muxofaza kilish buyicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8 dekabr, 1992 yil), O‘zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi (21 dekabr; 1995 y.), «Mexnatni muxofaza kilish tugrisidagi konun» (6 may. 1993 y.), Davlat standartlari, nizomlar va normativ xujjatlar, xavfsizlik texnikasi buyicha koidalar asosida olib boriladi.
Mehnat muhofazasi – mehnat jarayonida insonning mehnatga layoqati va salomatligini saqlash, xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi ijtimoiy – iqtisodiy, texnik, gigienik, davolash – profilaktik, hamda tashkiliy tadbirlar va vositalar qonuniy aktlarning tizimidan iborat.
Mehnat muhofazasi borasida asosiy vazifalar – ishlab chiqarish jarohatlari, kasbiy xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining mexnatni muxofaza qilish to‘g‘risidagi konunida mexnatni muxofaza kilish soxasidagi davlat siyosati anik o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chikarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning xayoti va sogligi ustivorligi» (4 modda) ta’kidlangan. Ushbu konun 5 bulim va 29 moddadan iborat bulib, unda mexnat muxofazasi buyicha umumiy koidalar (1-bulim, 7 moddadan iborat); mexnatning muxofaza kilinishini ta’minlash (2-bulim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mexnatni muxofaza kilishga doir xukuklarini ruyobga chikarishdagi kafolatlar (3-bulim, 6 moddadan iborat); mexnatni muxofaza kilishga doir konunlar va boshka me’yoriy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bulim, 3 moddadan iborat); mexnatni muxofaza kilish to‘g‘risida»gi konunlar va boshka me’yoriy xujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik (5-bulim, 5 moddadan iborat) masalalari yoritilgan. 1995 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi qabul qilindi va u 1996 yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu konunlarda ko‘rsatilishicha xavfsizlik texnikasiga, ishlab chikarish sanitariyasiga yong‘in chiqishidan saklanishga va mexnat muxofazasiining boshka koidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga yul yuriklar berish, shuningdek, xodimlarning mexnat muxofazasiga doir kullanmalarda kursatilgan xamma talablarga amal kilishi ustidan doimiy nazorat urnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Mexnat kodeksi» va «Mexnatni muxofaza kilish» konunlari asosida mexnat sharoiti zararli bulgan ishlarda, shuningdek aloxida xarorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal va boshka shaxsiy ximoya vositalari tekinga beriladi. Mexnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bulgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan normalarda sovun, sut yoki boshka xil profilaktik ozik-ovkatlar, issik sexlarda ishlovchilarga esa gaz-suv bilan tekin ta’minlanadi.
Mexnat konunlari kodeksida balog‘atga etmagan yoshlarning mexnatiga aloxida e’tibor berilgan. Un sakkiz yoshga tulmagan yigitlarning 16 kg dan, qizlarni 10 kg dan ortiq yuk ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini xaftasiga 36 soatdan ortib ketishiga, yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga xamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining normal muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, o‘n sakkizga kirmagan yoshlar xamda mexnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mexnat qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori xaftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan ortiq ishlash xar bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Mexnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mexnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib ular ma’lum bir sistemaga solingan.
Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlardan biri bu sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalarni to‘g‘ri tekshirish va taxlil kilish, ularning sabablarini aniqlash xamda olingan ma’lumotlar asosida tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Shu nuktai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli karoriga asosan «Ishlab chikarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshka zararlanishini tekshirish va xisobga olish» to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.
Mehnat muhofazasi mehnatning xavfsiz va bezarar sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq mehnat muhofazasi qonunlari majmuasi masalalarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlayotgan zararli ishlab chiqarish omillariga ta’sirning oldini oluvchi vositalar va tashkiliy, gigienik, sanitariya-texnik tadbirlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi. YOng‘in xavfsizligi mehnat muhofazasi qonunlari majmuasiga bevosita bog‘liq.
Butun dunyoda mehnat qonunchiligi ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlari muhofazasini belgilaydi, mehnatning o‘ta qulay sharoitlarini ta’minlaydi.
Mehnat muhofazasining huquqiy masalalari davlatimizning Asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. Konstitutsiya fuqarolar huquq va majburiyatlarini, mehnat va dam olish huquqlarini, keksalikda moddiy ta’minotga va mehnatga layoqatsizlik holatida nafaqa to‘lovlari hamda davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari evaziga to‘lovlar huquqlarini belgilaydi.
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari respublikamiz kasaba uyushmalari va ijtimoiy ta’minot vazirliklari ixtiyoridadir.
Qonunchilik asoslarida mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi asosiy nizom ham bor. Unga muvofiq ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasbiy kasalliklarni oldini olish, ogohlantirish korxona ma’muriyatining majburiyati sanaladi. Ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy xastaliklari haqida ogohlantirish, ishlab chiqarish va maishiy xonalar, ish o‘rinlarini jihozlash, texnologik jarayonlarni tashkil qilish, MX qoidalari va sanitariya qonunlariga muvofiq ishlayotganlarni himoya qilish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi mehnatning xavfsiz va bezarar sharoitlarni ta’minlashga asoslangan.
Homilador ayollar va go‘dak farzandlarini tarbiyalayotgan ayollar davlatimizning yuksak g‘amxo‘rligi ostida. Ularni tungi vaqtlarda, ishdan tashqari ishlarga jalb qilish, bayram va dam olish kunlarida band etish, shuningdek, ularni roziligisiz xizmat safarlariga jo‘natish ma’n etiladi (11-bob «Ayollar mehnati»).
Respublika mehnat qonunlarida o‘smirlar mehnatini muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladi. Voyaga etmaganlarga ham davlatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatib keladi, ya’ni 18 yoshga etmaganlar. Yigit va qizlar 16 yoshdan, istisno tarzda korxona kasaba qo‘mitasi roziligi bilan 15 yoshdan ishga qabul qilinadi.
Voyaga etmaganlarning barchasi albatta ishga qabul qilinishdan avval dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar, so‘ngra 18 yoshdan boshlab har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tashlari shart.
O‘smirlarni og‘ir, er osti ishlarida hamda zararli va xavfili ishlarda, balandlikka ko‘tarilish (liniya va antenna tayanchlarida) kabi ishlarda ishlatish ta’qiqlanadi.
Og‘ir yuklarni ko‘tarishdagi me’yor chegaralar:
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun – 16 kilogramm
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun – 10 kilogramm
15 yoshlilarning og‘ir yuklar ko‘tarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
18 yoshgacha bo‘lganlarni tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, bayram va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish ma’n etiladi. O‘smirlar uchun ish haftasi qisqartiriladi.
15 – 16 yosh – 24 soat (haftasiga)
16 – 18 yosh – 36 soat.
Ish haki, to‘liq ish kuni uchun to‘lanadi. Ta’til olish uchun imtiyozlar yozda yoki ularning ixtiyoriga ko‘ra yilning boshqa davrida 1 kalendar oy davomiyligida beriladi.
Tungi ishlarda, ishdan keyin qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida o‘smirlar mehnatidan foydalanish butunlay taqiqlanadi. O‘smirlar sog‘ligi uchun zararli moddalar ajralib chiqaradigan ishlarda ularni ishlatish mumkin emas. Mashinasozlik sanoatida galvanik sexlarda, har xil shamollatish tizimlarini ta’mirlash va tozalashda, shuningdek, simob va simob birikmalari bilan ishlanadigan ba’zi bir ishlarda o‘smirlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.
YOshlarning ishga joylashishi bilan, hokimiyatlardagi mehnat – ishga joylash bo‘yicha komissiyasi bilan voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaci shug‘ullanadi.
O‘smir jo‘natilgan korxona ma’muriyati uni ishga joylashtirishi shart, chunki, korxonada voyaga etmaganlarni ishlab chiqarish ta’limi va ishlashi uchun ma’lum o‘rin soni ajratiladi.
O‘smirlarni ishdan bo‘shatish hokimiyat huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya roziligisiz amalga oshirilmaydi.
Oliy o‘quv yurtlari, hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limlarida ta’limlarini ish bilan birgalikda olib borayotgan ishchilar va xizmatchilar ham imtiyozlarga egadirlar.
Har yili ularga laboratoriya imtihon sessiyalari uchun to‘lanadigan ta’tillar beriladi. Oliy o‘quv yurti yoki texnikum manziliga borish – kelish yo‘l kira haqining 50 foizini ma’muriyat to‘laydi. Haftada 1 ozod kun (ish kuni) 50 foiz to‘lanadi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
Korxona ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustivorligi;
mehnatni muhofaza qilish soxasidagi faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qa’tiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish soxasida yagona tartib qoidalar belgilab qo‘yish:
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayerlash;
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni ximoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslar mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsplariga asoslanadi;
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining bajarilishini ta’minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud. Mexnat muxofazasi buyicha konunlarga, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoida va normalariga rioya etmaslik ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning asosiy sabablari xisoblanadi. Shu sababli, mexnat konunlari va mexnat sharoitlarini doimiy nazorat qilib borish taqozo etiladi va bu ishni davlat xamda jamoat nazorat organlari olib boradi.
Mexnat muxofazasi soxasida Davlat nazorat organlari quyidagilardan iboratdir:
Ijtimoiy macalalar bo‘yicha Davlat Mehnat qumitaci-Mehnat to‘g‘ricidagi qonunchilikka rioya etish uctidan nazoratni amalga oshiradi.
Kasaba uyushmasining texnik nazorati - ishlab chiqarishda ishlar bexatar olib borilishini, unda ishlatiladigan texnikalar, usunalar va jixozlarning texnik xolatini, ulardan foydalanish qoidalarini bajarilishini, shunigdek yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlari, bosim ostida ishlovchi qozon va sig‘imlardan foydalanish va portlatish ishlarini olib borishda ishlar bexatar olib borilishini nazorat qiladi. Uning asosiy vazifalari qatoriga baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma’muriyati tomonidan to‘g‘ri olib borilayotganligini kuzatib borish, o‘lim bilan tugagan hamda og‘ir va bir guruh, kishilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini tekshirishga qatnashadi va tekshirish materiallari bo‘yicha baxtsiz hodisaga aybdor bo‘lganlar haqidagi malumotlarni, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo‘natish ham kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat qabul komissiyasining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi.
Davlat yong‘in nazorati ishlab chiqarish binolari va inshootlarida-yong‘in xavfcizligi qoidalari talablariga amal qilish uctidan nazoratidir.
Davlat sanitariya nazorati Recpublika cog‘liqni caqlash Vazirligi canepidemctansiyacining bosh canitariya–epidemiologiya Boshqarmaci korxonalar va tashkilotlar tomonidan sanitariya-gigiena normalariga va qoidalariga rioya kilish, shuningdek, -yuqumli kacalliklar zaxarlanish va kasb kasalligini oldini olish mehnatkashlarning maishiy mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat kiladi. Davlat sanitariya nazorati viloyat, shaxar, tuman sanitariya epidimiologiya stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tog‘ texnik nazorati (Gosgortexnadzor) -bu bocim octida ishlayotgan qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish va qoidalariga rioya qilish, ko‘taruvchi qurilmalar, gaz qurilmalari ishi, portlash ishlarini o‘tqazish uctidan nazoratdir. Davlat tog‘ texnik nazorati maxcuclashtirilgan incpeksiyalariga ega: Kotlonazorat, Gaz va Tog‘ incpeksiyalari.
Kotlonazorat incpektorlari ko‘tarma kranlar, liftlar, kotellar, icciq cuv bug‘i uchun quvirlarni ro‘yxatdan o‘tqazib, ishlashiga ruxcat beradi. Gaz incpeksiyaci inshootlarni, ularning gaz qurilmalari, acbob va kommunikasiyalari mehnat muxofazaci qoidalariga muvofiq texnik axvoli va ishlatilishini ta’minlaydi, nazorat qiladi.
Tog‘ incpeksiyaci portlovchi moddalarni to‘g‘ri caqlash va xicobga olish, shuningdek, portlatish ishlarining xavfciz o‘tqazilishi uctidan nazoratni ta’minlaydi.
Davlat energetika nazorati (Gosenergonadzor) elektr va issiqlik yordamida ishlovchi uskuna va kurilmalardan foydalanish ishlarini bexatar olib borilishini nazorat kiladi.
Davlat nazorat organlaridan tashkari kasaba uyushmalarining texnik inspektorlari xam nazorat ishlarini olib boradi. Mexnat bo‘yicha texnik inspektorlar ishlab chikarishda ruy bergan avariya va baxtsiz xodisalarni tekshiradi va sud-tergov ishlari uchun xulosa yozib beradi, shunigdek, baxtsiz xodisalarni xisobga olib boradi. Bundan tashqari, ular mexnat muxofazasi buyicha ish sharoitlarini yaxshilash borasida tuzilgan bitim va kollektiv shartnomalarning bajarilishini xam nazorat kiladi.
Kasaba uyushmalari tomonidan mexnat muxofazasi xolatini nazorat kilib borish uchun jamoatchi inspektorlar xam saylanadi. Ushbu jamoatchi inspektorlarga maxsus guvoxnoma beriladi va kasaba uyushmalarining umumiy yig‘ilishlarida ularning xisobotlari tinglanadi.
Mehnat to‘g‘ricidagi qonunchilikka rioya qilish texnika xavfcizligi, ishlab chiqarish canitariyaci yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlari ijroci uctidan oliy nazorat bosh prokuror va adliya organlariga yuklatiladi.
Kasaba uyushmasi ustaviga asosan jamoa shartnomaci xar yili ishchilar va xizmatchilar jamoaci nomidan va korxona ma’muriyati tomonidan FZMK o‘rtacida tuziladi va ma’muriyat, jamoa va xizmatchilarning o‘zaro majburiyatlarini belgilaydi. SHartnoma 3 bo‘limdan iborat. Mehnat muxofazaci to‘g‘ricidagi bitimdan iborat.
1. Baxtciz xodicalarni ogoxlantirish, oldini olish bo‘yicha tadbirlar.
2. Ishlab chiqarishda kacbiy kacalliklarni oldini olish bo‘yicha.
3. Mehnat sharoitlarini umumiy yaxshilash bo‘yicha.
Ular sex va umumzavod nakladnoy xarajatlari, davlat kapital qo‘yilmalari, bank krediti evaziga moliyalanadi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarga ajratilgan xarajatlarni boshqa maqsadlarga sarflash qat’iyan ma’n etiladi.
SHartnomada ijro uchun muddatlar va mas’uliyatli shaxslar ko‘rsatiladi. Yil oxirida mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilgani va tadbirlar bajarilgani to‘g‘risida hisobot tinglanadi.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga xaqli:
1. Xayfcan.
2. O‘rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorga jarima colish xollari xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodekcning 164-moddaci talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Mehnat shartnomacini bekor qilish (100–modda ikkinchi qicmining 3 va 4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Ma’muriy jazo–(ogoxlantirish yoki jarima) TX qoidalari yoki canoat canitariyaci qoidalari buzilishida aybdor xodimga texnik incpeksiya va canitar nazorat organlari tomonidan ogoxlantirish yoki jarima colinadi.
Mehnat muxofazaci qoidalari buzilishi, atrof-muxit ifloclanishi uctidan agar bu qonunbuzarliklar oqibatida baxtciz xodicalar chiqishi mumkin, inconlar calomatligiga zarar etkazca, mancabdor shaxclar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish.
Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan xar bir ishchi va xodim o‘ziga biriktirilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chukur bilimga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa ularni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali ukitish talab etiladi.
Ishlab chikarishda barcha ishchilar ishlab chikarish ishlarining xarakteri va xavfsizlik darajasidan kat’iy nazar mexnat xavfsizligi buyicha ukitilib, bilimlari tekshirilib kurilgandan keyin ishga ruxsat etiladi. Ishchilarni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha ukitish ularga yuriknomalar (instruktajlar) utish orkali amalga oshiriladi. Yuriknomalar mazmuni, xarakteri va utkazilish davriga boglik xolda kuyidagi turlarga bulinadi:
Kirish yo‘riqnomasi. Kirish yo‘riqnomasini korxonadagi xavfsizlik texnikasi buyicha muxandis, korxona yoki bosh muxandis xamda kasaba uyushmasi kumitasi tomonidan tasdiklangan dastur asosida utkazadi. U mexnat muxofazasiga oid zamonaviy vositalar va ko‘rgazmali qurollar bilan jixozlangan mexnat muxofazasi kabinetlarida o‘tkaziladi.
Kirish yo‘riqnomasi «SN va PM-4-80» asosida tuzilib quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin:
-korxonaning ish rejimi va ichki tartib koidalari bilan tanishtirish;
-mexnat intizomi va uni mexnat xavfsizligiga ta’siri;
-mexnat muxofazasi buyicha jamoa (kollektiv) shartnomalari;
-korxonada sodir bulgan baxtsiz xodisalar va ularni kelib chikish sabablari;
-yonginni oldini olish tadbirlari;
-elektr xavfsizligini asosiy koidalari;
-yuklarni kutarish va tushirishdagi, ximikatlar va kislotalari bilan ishlashdagi xavfsizlik koidalari;
-ishga kelish yoki ishdan qaytishdagi xavfsizlik qoidalari;
-maxsus kiyim boshlar va saklash kurilmalaridan foydalanish qoidalari;
-jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam kursatish tartib qoidalari;
-ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari;
-jamoa o‘rtasida ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar.
Kirish yo‘riqnomasi dasturiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar maxalliy sharoitlar, ishlab chiqarish xarakteri va ishga qabul qilingan ishchining kasbiga bog‘liq xolda qo‘shimcha tadbirlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ushbu yo‘riqnoma maxsus jurnalga yoki maxsus shakldagi «kartochka» orqali xujjatlashtiriladi.
Ish joyidagi birlamchi yuriqnoma. Ushbu yo‘riqnoma xam korxona raxbari (yoki bosh muxandis) va kasaba uyushmasi kumitasi tomonidan tasdiklangan dastur asosida o‘tkaziladi.
Ish joyidagi birlamchi yo‘riqnoma dasturiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:
-ish joyidagi texnologik jarayonlar va tashkiliy-texnik koidalar;
-ish joyini tashkil etishga kuyilgan talablar;
-mashina yoki qurilmaning tuzilishi, ishlash tartibi, texnik ma’lumotlari va uning xavfli zonalari;
-ishni bajarishdagi xavfsizlik koidalari;
-mashina yoki qurilmalardan foydalanishning xavfsiz usullari; elektr jixozlari va ular bilan ishlash qoidalari;
-ish joyining yoki ish maydonining xavfli zonalari;
-ish joyidagi «signalizatsiya» va undan foydalanish koidalari.
YUkorida kayd etilgan masalalardan tashkari bu yuriknoma, ishning turiga va ishchining malakasiga boglik xolda boshka tadbirlar bilan xam tuldirilishi mumkin.
Navbatdagi (rejadagi) yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnoma xarakteri va xavfsizlik darajasiga bog‘liq xolda ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomadan 3 yoki 6 oy o‘tgach o‘tkaziladi. Ushbu yo‘riqnoma ishchilarni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish xamda tekshirish maksadida utkaziladi. Yuriknomani utkazishda ish joyidagi birlamchi yuriknoma dasturi asos kilib olinadi.
Navbatdan (rejadan) tashkari yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnoma ishlab chikarish texnologiyalari uzgarganda, ya’ni texnika vositalari joriy etilganda, ishchi bir ishdan boshka ishga utkazilganda, baxtsiz xodisa ruy berganda yoki xafsizlik texnikasi koidalari buzalgan vaktlarda utkaziladi.
Davriy (mavsumiy) yo‘riqnoma. Ayrim ishlab chiqarish soxalari, jumladan kishlok xujalik ishlari mavsumiy xarakterga egaligi sababli, mavsum turiga boglik xolda mavsumiy yuriknoma utkaziladi. Masalan: baxorgi erga ishlov berish mavsumi oldidan, ekish mavsumi oldidan, xosilni yig‘ib olish davri oldidan va boshqalar.
Kurs o‘qishlari. Ishlab chikarish jarayoni davrida bajariladigan ishning turiga va xarakteriga boglik xolda ishchilar va texnik xodimlar mexnat muxofazasi buyicha kurs o‘qishlariga yuboriladilar. Kurs o‘qishlari oliy ukuv yurtlari koshidagi malaka oshirish kurslari yoki fakultetlarida xamda ilmiy-tekshirish institutlarida maxsus dastur asosida olib boriladi. Mexnat muxofazasi buyicha kurs o‘qishlarini o‘tagan ishchi xodimlarga guvoxnoma beriladi.