Markaziy uslubiy kengash raisi S.U.Aliyev
Fannning o’quv-uslubiy majmuasi Institut ilmiy kengashida muhokama etilgan va chop etishga tavsiya etilgan. (2016 yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).
Institu Ilmiy kengashining
kotifi, farm.f.n., dots V.R.Xaydarov
MUNDARIJA
Ishchi dastur……………………………………………………………..5
Sillabus (o`qituvchining ish dasturi) ........................................................20
Modulni o‘qitishda foydalaniladigan intrefaol ta’lim metodlari …..…....24
Nazariy materiallar......…………………………………………………..30
Amaliy mashg’ulot materiallar......………………………………………133
Keyslar banki…………………..……………………………………....…221
Mustaqil ta’lim mavzulari………………………………………………...235
Testlar………………………………………………………………..…....237
Glossariy…………………………………………………………………244
Adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………………..248
ISHCHI DASTUR
Ilmiy texnik rivojlanish hayot faoliyat xavfsizligiga bog‘liq bo‘lgan yangi muammolarni keltirib chikaradi. Bu masalalarni hal etish ilmiy tadkikot natijalari va chuqur bilimga ega bo‘lipshni taqqoza qiladi. Tadkikot natijalari sanitariya va kurilish normalarida, aktlar, koidalar xavfsizlik me’yorlari, konunlashtirilgan aktlar va boshka materiallarda bayon etilgan.
Hozirgi zamon ishlab chikarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‘plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida-aloxida xavfsizlik talablari ishlab chikarilgan. Shu boisdan bo‘lgusi kadrlarni tayyorlashda hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini ma’ruza matnida bayon etish lozim. Hayot faoliyat xavfsizligi fanini o‘rganishda texnik, fizik-ximiyaviy, tibbiy, biologik, kishlok xo‘jaligi, xukukiy va boshka fanlarning yutuqlariga asoslanish zarur.
Halq xo‘jaligining texnik jixatdan takomillashtirish, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlar bilan ta’minlash, yangi turdagi energiyalardan foydalanish, qishloq xo‘jaligini ximiyaviy mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash va boshka mehnat tizimida xam sifat ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishini ta’minlash kerak.
Inson mehnat faoliyati jarayonida salomatlikka yomon ta’sir ko‘rsatadigan faktorlarga duch keladi, ushbu faktorlarni insonga ta’sir darajasini baholash maqsadida chegaradagi ruxsat etilgan daraja yoki aralashma tushunchasi kiritilgan. Bu daraja miqdori yuqori bo‘lsa, odam organizmida faoliyat vujudga keladi va kasb kasalligiga uchraydi.
SHunday kilib, xayot faoliyat xavfsizligi fani barcha konunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy-iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‘lib insonni ishga qobiliyatligini, sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |