9-mavzu: Farmatsevtik korxonalar ish faoliyatida raioaktiv nurlanishdan saqlanish. Mazmuni: Bir qancha ilmiy-tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan foydalaniladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktiv nurlar yaxshi natija beradi. Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatib, og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Uning ta’sirida inson og‘ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ionlashgan nurlar ta’sirida genetik (ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir ko‘rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Radioaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon bo‘lguncha hech qanday belgiga ega bo‘lmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og‘ir bo‘lishi va ko‘pincha o‘lim bilan tugashi mumkin. Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlarini qo‘llash xavfsizlikni ta’minlaydi.
10-mavzu: Farmatsevtik korxonalarda texnika vositalaridagi havf hatarlar va ulardan muhofazalanish Mazmuni: Sanoat korxonalarida va hayot faoliyatining boshqa turli jabhalarida xavfli vaziyatlar bo‘lib turishi muqarrar va buni hech kim va hech qachon inkor etgan emas. Xavf-xatar tahlilining asosiy obekti bu «Inson — mashina — atrof- muhit (IMA)» tizimini tashkil qiladi bu esa o‘z navbatida ma’lum bir vazifani bajarish uchun texnik obekt sifatida birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan holda butun bir kompleks shaklida mujassamlanadi. Bunday birlashishning eng sodda turi insonning uy sharoitida uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlardan foydalanganda bo‘ladigan qisman muloqotini keltirib o‘tish joiz. Bundan tashqari, bunday sharoitlar unga yo‘l sharoitida va har xil sanoat korxonalari bilan bo‘ladigan bordi-keldi ishlarida ham mujassamlanishi mumkin. Buni hududiy, hududlararo va mamlakat hamda dunyoviy miqyosda ajratish mumkin. Mujassamlashish doimiy va nodoimiy bo‘lishi mumkin.