14-mavzu: Farmatsevtik korxonalarni qurish va foydalanishda mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar. Mazmuni: Mexnat konunlari kodeksida bologatga etmagan yoshlarning mexnatiga aloxitda e’tibor berilgan. Un sakkiz yoshga tulmagan yigitlarning 16 kg dan. Kizlarni 10 kg dan ortik yuk kutarishiga, ularning ish vaktini xaftasiga 36 soatdan ortib ketishiga, yul kuymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaktidan tashkari ishlarga xamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish takiklanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaktining normal muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, un sakkizga kirmagan yoshlar xamda mexnat sharoiti zararli bulgan ishlarda mexnat kiluvchilar uchun ish vakti miqdori xaftasiga kupi bilan 36 soat bulishi kerak. Ish vaktidan ortik ishlash xar bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan kup bulmasligi lozim.
Mexnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun soglom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maksadida mexnat xavfsizldigi talablari asosida standartlar ishlab chikilib ular ma’lum bir sistemaga solingan.
Ishlab chikarishda faoliyat kursatadigan xar bir ishchi va xodim uziga berkitilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chukur bilimga ega bulishi zarur. Buning uchun esa ularni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha malakali ukitish talab etiladi.
Ishlab chikarishda barcha ishchilar ishlab chikarish ishlarining xarkakteri va xavfsizlik darajasidan kat’iy nazar mexnat xavfsizligi buyicha ukitilib, bilimlari tekshirilib kurilgandan keyin ishga ruxsat etiladi. Ishchilarni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha ukitish ularga yuriknomalar (instruktajlar) utish orkali amalga oshiriladi. Yuriknomalar mazmuni, xarakteri va utkazilish davriga boglik xolda kuyidagi turlarga bulinadi:
15-mavzu: Farmatsevtik korxonalarda fuqarolar mudofaasi Mazmuni: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo‘yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so‘ngra esa shu boshqarma negizida O‘zbekistoan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo‘ldi.
Farmon bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayotini va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri deb belgilandi.