4
-
Ular qanday harakat qilishgan?
-
Bir-biriga qarab harakat qilishgan
-
Birinchi yo‟lovchi ikkinchisi bilan uchrashguncha necha
qadam yurgani masalada ma'lummi?
-
Ha, 240 qadam.
-
Ikkinchi yo‟lovchi-chi?
-
360 qadam
(O‟qituvchi bu berilganlarni AB kesmada A dan B ga va B dan A
ga yo‟naltirilgan chiziqlar (strelka)ni ko‟rsatib,
B dan chiqqan
yo‟lovchi ko‟proq yurganini qayd etadi, kesma o‟rtasidan
chaproqda uchrashishi belgisi sifatida bayroqcha rasmini
qo‟yishni va 1- hamda 2-yo‟lovchilar uchrashgunlaricha bosgan
qadamlarini shaklda ko‟rsatadi.
Bu yerda shuni aytish joizki, bugungi kunda o`qituvchilar
axborot texnologiyalardan keng foydalaniyapti. Kompyuterda shu
masala shartini harakatlanuvchi odamlar tarzida namoyish qilib,
o`quvchilarga ko`rsatish maqsadga muvofiq.
-
Masala savoli bizdan nimani topishni talab qiladi?
-
Ikki qishloq orasidagi masofa necha qadam ekanligini
(O‟qituvchi doskaga chizma shartiga yana bitta qo‟shimcha, ya'ni
AB masofani yoy bilan tutashtirib, bu yoy pastida so‟roq belgisini
qo‟yadi, ya'ni
A
B
240 qadam
360 qadam
A
B
240 qadam
360 qadam
?
5
-
Birinchi yo‟lovchi uchrashguncha 240 qadam, ikkinchi
yo‟lovchi esa 360 qadam yurgan bo‟lsa, ikki qishloq orasidagi
masofa necha qadam ekanligini topsa bo‟ladimi?
-
Ha
-
Qaysi amal bilan?
-
Qo‟shish amali bilan, 240 ga 360 ni qo‟shib
240+360=600 (qadam)
Javob: Ikki qishloq orasidagi masofa 600 qadam.
Bunday masalalarni yechish orqali o‟quvchilar
harakat
yo‟nalishi "Uchrashmami?" "Qarama-qarshi yo‟nalishmi?" bilib
olishadi. Ular harakatga doir masalalar yechishga tayyorlanishadi.
Yana bir harakat yo‟nalishini bilishga o‟rgatuvchi quyidagi
masalani qaraylik.
Masala: "Ikki o‟quvchi bir joydan qarama-qarshi tomonga
yurishdi. Birinchi o‟quvchi 5 qadam, ikkinchi o‟quvchi 4 qadam
yurdi. Ular bir-biridan necha qadam uzoqlashadi?"
Bunday masalalar bilan dastlabki tanishtirishda ikki
o‟quvchini chiqarib amaliy ishi tariqasida
bir joydan qarama-
qarshi tomonga yurishlari talab etiladi. Bir o‟quvchi 5 qadam
yurib to‟xtaydi. Ikkinchi o‟quvchi 4 qadam yurib to‟xtaydi. Shu
payt sinf o‟quvchilaridan ular necha qadam bir-biridan
uzoqlashishlari so‟raladi? 9 qadam uzoqlashadi deb javob
berishadi; 4+5=9 (qadam)
O‟qituvchi bu masala qisqa shartini qanday qilib tuzish
mumkinligini doskaga ko‟rsatadi va bu ishni o‟quvchi daftarida
qanday bajarishi kerakligini tushuntiradi.
Doskaning katakli qismida biror nuqtani belgilaydi (o‟quvchi
bu ishni daftariga bajaradi) Bu nuqtani A deb belgilaydi.
Nuqtadan chap tomonga qarab 5 katak, o‟ng tomondan 4
katak
olib, B va C nuqtalar bilan belgilaydi va A nuqta ustidan ham
chap tomonga va o‟ng tomonga yo‟nalishli chiziqcha (strelka)
qo‟yadi. Bu harakat yo‟nalishini, ya'ni qarama-qarshi yo‟nalishli
ekanligini bildiradi. Belgilangan nuqtalarni kesma bilan
6
tutashtirib, shu kesma (BC) pastida yoy chizib (?) alomatini
qo‟yadi. Ya'ni,
O‟quvchilarning vaqtga oid tasavvurlari shakllanishi
jarayonida taxminiy quyidagi masalalar yyechiladi: "Sayyohlar
guruhi birinchi kuni 7 soat, ikkinchi kuni 8 soat yo‟l yurishdi. Ular
ikki kunda necha soat yo‟l yurishdi?".
Mazkur masalada sayyohlarning ikki kunda necha soat yo‟l
yurishlari aniqlanadigan ekan, o‟quvchilar
masalani yechib, ular
harakat vaqtga ham bog‟liqligini bilib olishadi. Harakatga doir
masalalar yechishga tayyorlanishadi.
Harakatga doir masalalarni yechish jarayonini sodda
masalalarni qarashdan boshlash kerak. Bunday sodda masalalar
qatoriga ma'lum masofa va harakat vaqti bo‟yicha tezlikni
topishga doir masalalar, ma'lum tezlik va harakat vaqtiga ko‟ra
masofani topishga doir masalalar, ma'lum masofa va harakat
tezligiga ko‟ra harakat vaqtini topishga doir masalalarni kiritish
mumkin.
Demak, harakat asosiy 3 ta miqdor yo‟l (masofa), vaqt va
tezlik orasidagi bog‟lanishni ifodalaydi.
A
B
C
5 qadam
4 qadam
?
Masofa
Vaqt
Tezlik
Harakatga doir
masalalar