8
1-masala Gulchehra 1 soatda 4 km yo‟l o‟tadi. Shunday tezlik
bilan 2 soatda necha kilometr yo‟l bosadi? 3 soatda-chi? 4 soatda-
chi? 30 minutda-chi?
2-masala Poyezd 76 km/soat tezlik bilan ketayapti. U a) 2 soatda;
b) 5soatda necha kilometr yo‟l o‟tadi?
3-masala: "Neksiya" avtomobili 90 km/soat bilan tezlik bilan
yuryapti . Uning 1 minutda, 10
minutda ,15 minutda, yarim
soatda o‟tgan yo‟lini toping.
Shunday qilib, bosib o‟tilgan yo‟l (s), jism tezligi (v) bilan
sarflangan vaqt (t) larning ko‟paytmasiga teng ekan.
Tezlik vaqt bo‟yicha masofani topishga doir topshiriqlar
o‟quvchilar bilimini mustahkamlashga qatratilgan bo‟lib,
mashqlarni bajarish orqali o‟quvchilar jism harakat tezliklarini
taqqoslay bilishga o‟rganishadi. Ushbu
masalalar va ular ustida
ishlash usuliyotini ko‟rib chiqamiz.
4-masala: Mashina 1 soatda 72 km yo‟l yurdi. U 1 minutda
qancha masofa o‟tadi?
Ushbu masalada yirikroq birlikdan kichikroq birlikka o‟tish
masalasi qo‟yiladi. Albatta harakatga doir masalalarni o‟quvchilar
yechar ekanlar ismli sonlarni bir-biriga aylantirishni o‟rganib
bormog‟i darkor.
Yuqoridagi masala yechimi quyidagicha:
1) 1 kilometr necha metr? 1km=1000 m
2) 72 kilometr necha metr? 72km=72∙1km=72∙1000m=72000m.
3) 1 soat necha minut? 1 soat=60 minut.
4) Mashina 1 minutda qancha masofani o‟tadi?
72000:60=1200m=1km 200m
Javob: Mashina 1 minutda 1200 metr yo‟l yurdi.
5-masala: Mohira 100 qadam tashlaganda 50 metr, uning otasi 150
qadam tashlaganda 90 metr yo‟l bosadi.180 metr masofani bosib
o‟tishi uchun Mohira necha qadam tashlashi kerak? Otasi-chi?
Ushbu masala murakkab masala bo‟lib, u harkatga hamda
proportsional bo‟lishga doir tiplarni o‟z ichiga olgan masaladir.
Masalaning qisqa sharti:
9
Mohira 100 qadam-50 m
? qadam - 180 m
Otasi 150 qadam -90 m
? qadam- 180 m.
Masalani turli usullarda yechish mumkin .
Yuqoridagi masala 1-qismda 180 m masofani Mohira necha
qadamda bosib o‟tadi deb aytilgan. Bu qism masalani birlikka
keltirib yechish usullaridan foydalanamiz.
1)Mohira 1 metr yurishi
uchun necha qadam tashlashi
kerak?
100:50=2 (qadam)
2) 180 metr yurishi uchun Mohira necha qadam tashlaydi?
2∙180=360 (qadam)
Masalaning 2-qismida otasi 180 metr masofani necha qadamda
bosib o‟tishini aniqlash so‟ralyapti.
Masalaning bu qismini yechishda proportsional bog‟lanish
munosabatlar usulidan foydalanamiz.
3) 180 m ichida 90 m dan necha marta bor? 180:90=2 (marta)
4) 180 m masofani bosib o‟tish uchun ota necha qadam bosishi
kerak?
150∙2=300 (qadam).
(90 m o‟tish uchun 150qadam tashlagan otasi, 90 m dan 2 marta
ko‟p yo‟l -180 m masofani bosib o‟tishi uchun 150 qadamdan ham
2 marta ko‟p , ya'ni 150∙2=300 qadam tashlashi kerak)
Javob: Mohira 360 qadam, otasi 300 qadam tashlashi
kerak.
6-masala: Poyezd 20 km masofani 20 minutda , Qorabayir ot esa
30 minutda o‟tadi. Ularning har biri 1 soatda necha kilometr yo‟l
yuradi?
Ko‟pincha harkatga doir masalalarning
qisqa shartini
jadvalda berish maqsadga muvofiq keladi. Ushbu masala qisqa
shartini tuzishdan oldin, masala savoliga poyezd va Qorabayir
otlarning 1 soatda bosib o‟tgan masofasi - bu ularning tezligini
ifodalanishini ta'kidlaymiz.
10
1-jadval.
Tezlik
Vaqt
Masofa
Poyezd
?
20 minut
20 km
Qorabayir
ot
?
30 minut
20 km
Ushbu masalani ham bir necha usullarda yechish mumkin. Shu
usullardan bittasini keltiramiz:
1)
1 soat=60 minut
2)
60: 20=3 (marta)
3)
20∙3=60 (km/soat)
4)
60:30=2 (marta)
5)
20∙2=40 (km/ soat)
Javob: Poyezd 1 sotda 60
kilometr, Qorabayir ot esa 40
kilometr yo‟l yuradi.
7-masala: 100 metrga yugurishda Dilnoza marraga 20 sekundda
keldi. Xadicha 160 metr masofaga 40 sekundda yugurib bora
oladi. 200 metrlik masofaga shunday tezlik bilan yugurishda ,
marraga kim birinchi bo‟lib keldi?
Ushbu
masalani
yechishda
o‟quvchi
Dilnoza
hamda
Xadichalarning tezliklari (1 sekundda yugurgan masofasi) aniqlab,
taqqoslasa bo‟ladi. 200 metrlik marra berilgan masalada asosiy
berilganlardan hisoblanmaydi.
Masala qisqa
sharti
2-jadval.
Tezlik
Vaqt
Masofa
Dilnoza
?
20 sekund
100 m
Xadicha
?
40 sekund
160 m
11
Masalani muhokama qilib yechaylik. Dilnoza va Xadichalarning
yugurishda sarflagan vaqtlariga e'tibor bermoqchi bo‟lsak Dilnoza
Xadichaga qaraganda 2 marta kam vaqt sarflagan. Agar Dilnoza
20 sekundda 100 metr yugurgan bo‟lsa , u shu tezlik bilan 40
sekund (yechim Xadicha sarflagan vaqt) da (100∙2) metr
masofani o‟tay oladi. Bu vaqt ichida Xadicha 160 metr yugurgan
bo‟ladi. Demak 200 metrlik yugurishda Dilnoza birinchi bo‟lib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: