Matnli masalalarni yechish



Download 2,65 Mb.
bet1/8
Sana07.07.2022
Hajmi2,65 Mb.
#754962
  1   2   3   4   5   6   7   8

IIIIIBI
OBBOB


91
MATNLI MASALALARNI YECHISH

Bu bobni o‘rganish natijasida

  • muammoli vaziyatni matematik masalaga olib kelish usullari bilan tanishasiz;

  • sxemalar yordamida matnli masalaning matematik modelini qura olasiz, masalani yechish bosqichlarini ajrata olasiz, uni yecha olasiz, topilgan yechimni talqin qila olasiz;

  • berilgan masalaga teskari bo‘lgan masalani tuza olasiz;

  • qismlarga doir masalalarni yecha olasiz;

  • geometrik mazmundagi matnli masalalar yechishda formulalardan foydalana olasiz;

  • harakatga doir masalalarni taniy olasiz va mos usullar yordamida yecha olasiz;

  • iqtisodiy mazmundagi va bajarilgan ishga doir masalalarni yecha olasiz;



Mulohaza yuritamiz


Quyidagi rasmda qanday vaziyatlar tasvirlangan? Ular asosida qanday matematik masalalar tuzsa bo‘ladi? Bu masalalar qanday yechiladi?


Matnli masala -muammoli vaziyat tavsifidan iborat.

Matnli masalada biror muammoli vaziyat yozma tarzda beriladi va undagi muammoni hal qilish, ya’ni yechish talab qilinadi. Matnli masalada matndan tashqari muammoga doir turli xil rasm, chizma, jadval va diagrammalar ham berilishi mumkin.
Muammoli vaziyatdan matematik masalaga o‘tiladi.



Matnli masalani yechish uchun avval matnni yaxshilab o‘qib, undagi hayotiy muammo tahlil qilinadi. Mulohaza yuritish orqali masala sxema va matematik belgilar yordamida ifodalanadi hamda matematik masalaga olib kelinadi (1-rasm). Shundan so‘ng, masalani yechishga kirishiladi.
Matnli masalalar mulohaza yuritib yechiladi.

Matnli masalani yechish jarayonini shartli ravishda to‘rtta bosqichlarga bo‘linadi (2-rasm) va har bir bosqichda quyidagicha mulohazalar yuritiladi:
2 Masalani yechish bosqichlari
I II III IV
Uqish Reja Yechish Tekshirish




  1. Masala shartini diqqat bilan o‘qish, ya’ni uqish;

  2. Nimalar ma’lum, nimani topish kerakligini aniqlash;

  3. Ular orasida qanday bog‘lanishlar borligini aniqlash;

  4. Aniqlanganlar asosida chizma, rasm yoki jadvaldan foydalanib masalaning matematik modelini tuzish.


  1. Masalani qanday yechish usullarini bilamiz?

  2. Aniqlangan ma’lum kattaliklar qiymati

va bog‘lanishlar noma’lum kattalikni topish uchun yetarli ekanligini aniqlash;

  1. Agar yetarli bo‘lmasa, yetarli bo‘lguncha boshqa bog‘lanishlarni izlash.


    1. Tuzilgan reja va masalaning matematik modeli asosida topilgan bog‘lanishlardan, matematikani qo‘llab, kattaliklarning oraliq qiymatlarini topish;

    2. Noma’lum kattalikni topish.


      1. Topilgan yechimni tekshirib ko‘rish va masala shartiga nisbatan talqin qilish; 2.Masala

javobini tegishli ko‘rinishda yozish.

  1. Yana boshqa yechish usullari bormi?

Quyida mulohaza yuritib yechiladigan mantiqiy masalani ko‘ramiz. Uni "jadval" usulida yechamiz. Bu usul ancha universal hisoblanib, u yordamida ko‘plab mantiqiy masalalarni yechish mumkin.




Kulol birinchi kun 15 ta ko‘za yasadi. Ikkinchi kun esa birinchi kunga qaraganda 5 ta ko‘za kam yasadi. Ikki kunda kulol nechta ko‘za yasagan? Yechish:

    1. Masala shartida bitta kattalik -yasalgan ko‘zalar soni haqida gap boradi (4-rasm).

    2. Ma’lumlar: birinchi kun yasalgan ko‘zalar soni.

Noma’lumlar: ikkinchi kun yasalgan ko‘zalar soni.
Izlanayotga noma’lum: ikki kunda yasalgan ko‘zalar soni.

    1. Ma’lum bog‘lanishlar: ikkinchi kun yasalgan ko‘zalar soni birinchi kunga qaraganda 5 ta kam.

    2. Yuqoridagilarni sxema ko‘rinishida tasvirlaymiz: (3-rasm)




1-kun 15 ta
2-kun
5 ta kam
? ta

. Reja

  1. Ikki kunda yasalgan ko‘zalar sonini topish uchun birinchi va ikkinchi kunlarda yasalgan ko‘zalar sonini qo‘shish kerak. Lekin, faqat bitta qo‘shiluvchi ma’lum.

  1. Ikkinchi kun yasalgan ko‘zalar sonini topish uchun birinchi kunda yasalgan ko‘zalar sonidan 5 ni ayirish kerak.

. Yechish

  1. Ikkinchi kunda yasalgan ko‘zalar soni: 15 - 5 = 10 (ta).

  2. Ikki kunda yasalgan ko‘zalar soni: 15 + 10 = 25 (ta).

  1. Birinchi kunda yasalgan ko‘zalar sonini tekshiramiz: 25 - 10 = 15 (ta). To‘g‘ri natija!

  2. Javob: Ikki kunda 25 ta ko‘za yasalgan.



Ikkita savatda 38 ta nok bor. Ikkinchi savatda birinchisiga qaraganda 10 ta kam nok bor. Har bir savatda nechta nok bor (6-rasm)?
Yechish:

    1. Masalada bitta kattalik -noklar soni haqida gap boradi.

    2. Ma’lumlar: ikki savatdagi jami noklar soni.

    3. Izlanayotga noma’lumlar: har bir savatdagi noklar soni.

  1. Ma’lum bog‘lanishlar: birinchi savatda ikkinchisiga qaraganda 10 ta ko‘p nok bor.

  2. Yuqoridagilarni sxema ko‘rinishida tasvirlaymiz: (5-rasm)

?

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish