Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


-MA’RUZA Mavzu: AYIRISH ORGANLARI



Download 0,5 Mb.
bet67/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

9-MA’RUZA Mavzu: AYIRISH ORGANLARI
REJA:

  1. Siydik va tanosil a’zolari sistemasi

  2. Siydik yo’li

  3. Qovuq

Tayanch iboralar: buyrak, qovuq.
SIYDIK VA TANOSIL A’ZOLARI SISTEMASI Siydik a’zolari Siydik a’zolari (organa urinaria) buyrak, siydik yo’llari, qovuq va siydik chiqarish yo’llaridan iborat. Buyrak. Buyrak - Ren oxirgi ko’krak umurtqasi va I, II bel umurtqalari tanalarining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devoriga tegib turadi. Qorin pardasi buyrakni faqat oldi tomondan berkitib turganidan u qorin pardasidan tashqaridagi a’zolar guruhiga kiradi. tuzilishi jihatidan buyrak bezsimon a’zo hisoblanadi. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan birmuncha (1-1,5 sm) pastroqda joylashgan. Buyraklar joylanishi skelet suyaklariga nisbatan olinadigan chap buyrakning yuqori uchi XI va XII ko’krak umurtqalari oralig’i sohasidagi ko’ndalang chiziqda, quyi uchi esa II-III bel umurtqalari o’rtasidan ko’ndalang chiziqda turadi. O’ng buyrakning yuqori uchi XII ko’krak umurtqasining tanasi o’rtasidan o’tgan ko’ndalang chiziqda, quyi uchim III bel umurtqasi tanasining o’rtasidan o’tgan ko’ndalang chiziq sohasida turadi. Buyraklar joylanishi qovurg’alarga nisbatan olinsa, oxirgi (XII) qovurg’a chapda buyrakning qoq o’rtasidan, o’ngda esa buyrakning yuqori uchi sohasidan kesib o’tadi. Buyrakning uzunligi katta odamlarda 10-12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 4 sm ga teng. Og’irligi esa 120 g dan 200 g gacha. Shakl jihatidan buyrak loviyaga o’xshab ketadi, yangi tug’ilgan chaqaloqda esa yumaloqroq bo’ladi. Buyrak oldindan orqaga tomon birmuncha yassilangan. Miya (oq) moddasi piramida shaklida alohida-alohida bo’lib joylashganligidan ularni buyrak piramidalari - pyramides renales (Malpighii) deyiladi. Piramidalarning asosi basis pyramidis tashqariga (po’stloq tomonga) so’rg’ich shaklida toraygan, yumaloqlangan papillae renales tomonlari esa buyrak bo’shlig’iga qaragan bo’ladi. So’rg’ichlarga nisbatan piramidalar ko’proq bo’lib, ba’zan ikkita piramida bitta so’rg’ichni hosil qiladi. 58 Agar buyrakning har ikki moddasi ham mikroskopda tekshirilsa, uning juda mayda naychalardan tuzilganligini ko’rish mumkin. Buyrak yoki siydik naychalari deb ataluvchi bu kanalchalar (tubuli renalis) ning po’stloq qismidagi oxirgi uchlari qovuzloq shaklida halqalangan, halqaning oxirgi qismi ichkariga botib kirgan bo’ladi. Natijada har bir naychaning oxirida voronka singari, qo’sh deovrli (bir tomoni ochiq) kapsula hosil bo’ladi. Bu kapsula Shumlyanskiy - Boumen kapsulasi yoki koptok kapsulasi - capsula glomeriulli deb ataladi. Demak, kapsulaning ikki devori o’rtasida bo’shliq bo’lib, bu bo’shliq naychaning umumiy bo’shlig’i bilan tutashgan. Qon tomirlarning kapillyarlari ana shu kapsulaning ochiq tomonidan ichiga kirib (vas afferens) o’ralgan koptok - glomerulus ni hosil qiladi. Ana shu kapillyarlarning kapsulaga tegib turgan yupqa devorlari orqali qondagi ortiqcha suyuqlik (suv va mineral tuzlar) kapsula bo’shlig’iga so’rilib o’tadi va suyuqlikdan qutilgan qon kapsula ichidan chiqib (vas efferens) ketadi. Po’stloq modda shu koptoklar tufayli jigar rangda bo’ladi. Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi, birlamchi buralma naycha, to’g’ri naycha va ikkilamchi buralma naychalar birgalikda (buyrakning struktur va funksional birligini tashkil etadi va u nefron - nephron deb ataladi). Har qaysi buyrak bir millionga yaqin ana shunday nefronlar yig’indisidan iborat. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi ichidan suv va mineral tuzlarni berib chiqqan arteriya kapillyari (vas efferens) birlamchi va ikkilamchi buralma naychalarni o’raydi. Bu joyda qondan siydikning organik moddalari ajraladi. Buyrakning orqa yuzalari qorin devoriga tegib turganidan yassi - tekis, oldingi yuzalari esa birmuncha do’mbaygan bo’ladi. Har qaysi buyrak o’z oldidagi va atrofidagi boshqa a’zolarga jips tegib turgani uchun ba’zan a’zolarga uning izi ham tushib qoladi (masalan, jigarda). Har ikki buyrakning yuqori uchida buyrak usti bezi - glandula suprarenalis joylashgan. Bu bez vazifasiga ko’ra buyrakka aloqador bo’lmasa ham, yangi tug’ilgan bolalarda birikitiruvchi to’qima vositasida u bilan qo’shilib turadi, katta kishilarda esa bu qo’shilish yo’qolib ketadi. O’ng buyrakning oldingi yuzasidan anchagina qismi jigarga, pastki 1/3 qismi esa chambar ichakning o’ng tomondagi qayrilishiga (flexura coli dextra) yondoshgan. Ichki qirg’og’ining oldingi yuzasi bo’ylab o’n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi buyrakka tegib turadi. Yangi tug’ilgan bolalarda bu munosabat boshqacha. Ularda ko’richak ancha yuqorida turadi, shu sababli, o’ng buyrak oldindan jigar, ko’richak va chuvalchangsimon o’siq bilan chegaralanadi. Ko’ndalang chambar ichak tutqichi buyrakning oldingi yuzasini ustki va lateral (tashqi) tomondan kesib o’tadi. keyinchalik ko’tariluvchi chambar ichak, ko’richak va uning chuvalchangsimon o’sig’i pastga tusha boshlaydi. 10 yoshdan oshgandan keyin (ko’pincha 13 yoshda) ko’tariluvchi chambar ichakning faqat ustki (oxirgi) qismigina buyrakka tegadi, ko’ndalang chambar ichak tutqichi esa buyrakning pastki kutbini kesib o’tadi. Chap buyrak oldingi yuzasining ustki 1/3 qismi me’daga, o’rtadagi 1/3 qismi me’da osti beziga, pastki 1/3 qismi medial tomondan och ichakka, lateral tomondan flexura coli sinistra ga tegib turadi, tashqi qirg’og’ining old qismi taloq bilan yondoshadi. Buyrakka boshqa a’zolarning bunday yopishib turishi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki buyrakda sodir bo’ladigan patologik o’zgarishlar nga yaqin turgan a’zolarga yoki aksincha o’sha a’zolardan buyrakka o’tib ketishi mumkin. Buyrak fibroz to’qimadan tuzilgan parda - capsula fibrosa bilan o’ralgan bo’lib, uni juda osonlik bilan pardadan ajratib olish mumkin. Pardaning buyrakka tegib turgan qavatida silliq muskul tolalari bor, ular tunica muscularis deb ataladi. Fibroz pardaning sirtida yog’ qatlami bo’lib, u yog’li parda - capsula adiposa deyiladi. Yog’ to’qimalari buyrak darvozasi va orqa yuza sohalarida ayniqsa yaxshi rivojlangan. Buyrakning bu pardasida yog’ning ko’p yoki oz bo’lishi odamning semiz-oriqligiga ham bog’liq. Buyrakning old va orqa tomonida yog’li kapsula ustidan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan fassiyalar (parda) - fascia renalis tortilgan, uning oldingi varag’iga - lamina prerenalis (buyrak oldi varag’i) orqadagisiga - lamina retrorenalis (buyrak orqasidagi varag’i) deyiladi. Varaqlarning oldingisi medial tomonga yo’nalib, o’z yo’lidagi qon tomirlarni (buyrak arteriyasi, aorta, pastki kovak vena) oldindan qoplab, qarama-qarshi tomondan kelayotgan oldingi varaq bilan tutashadi. Orqadagi varaq esa umurtqa tanalarining oldingi yuzalariga yopishadi. Bu ikki varaqlar buyrakning tashqi qirg’og’i sohasida va ustki uchida o’zaro qo’shilib ketadi. Yangi tug’ilgan chaqaloq buyragining moy qobig’i (xaltasi) deyarli rivojlanmagan bo’ladi (u 8 yoshdan keyin yaxshi rivojlana boshlaydi). Buyrakning o’z joyida qimirlamasdan turishini ta’minlovchi omillarning biri ana shu yuqorida aytib o’tilgan fascia renalis dir. Bundan tashqari, buyrakni ushlab turishda qorin ichidagi bosim, buyrak qon tomirlari, yog’ kapsulasi, qorin pardasi va buyrakni atrofidan o’rab turuvchi a’zolar ham katta rol o’ynaydi. Yangi tug’ilgan bolaning buyrak va buyrak usti bezlari kattalarnikiga nisbatan farq qiladi, ya’ni ularda buyrak usti bezlari anchagina katta bo’ladi. Buyrakning ko’pgina joyini, ya’ni ustki qutbi va old yuzasining ichki (medial) yarmini buyrak usti bezlari qoplab turadi. Chap tomondagi buyrak usti bezining pastaki yuzasi buyrakning old yuzasini uning qopqasiga qadar berkitib turadi. 7 oylik bolaning buyrakgi juda tez o’sishi natijasida bez bilan kam qoplanadi va borgan sari katta qishilarnikiday holatga yaqinlashadi. Bolalar buyragi yumaloq shaklda, yuzalari qadir-budir bo’ladi. Yuzalari tekis bo’lmasligining sababi, po’stloq moddaning yaxshi taraqqiy etmaganligidir. 2-3 yoshda buyrak yuzalari tekislanadi. Chaqaloq buyragining uzunligi 4,2 sm, og’irligi 12 g keladi. 1 yashar bolaning buyragi nisbatan tez kattalashadi va 30-35 g og’irlikka ega bo’ladi. 3-5 yoshda buyrakning o’sishi sekinlashadi. So’ngra 5-9 yoshli bolalar buyragi yana o’sishda davom etadi va 15 yoshga yetganda 225-250 g ni tashkil etadi. Buyraklar 16-19 yoshda ayniqsa yaxshi o’sadi. Keyinchalik 40 yoshgacha asta-sekin kattalashib boradi va og’irligi 275-310 g ga yetadi. 59 Yangi tug’ilgan chaqaloqning buyragi kattalarga nisbatan pastroqda joylashgan bo’ladi. Buyraklarning 50% pastki qutbi bir yildan keyin yonbosh suyagining qirrasiga yaqinlashadi, shu sababli ham buyrakni ushlab ko’rish mumkin. Bolalar buyragining darvozasi kattalarnikiga o’xshash bo’lib, ko’pncha 2-bel umurtqasiga to’g’ri keladi. Chap buyrak (ko’pincha 2/3 qismi) o’ng buyrakka nisbatan yuqorida joylashgan bo’ladi. Buyrakning fibroz kapsulasi 5 yoshda yaxshi ko’rinadi. 10-14 yoshda esa tuzilishi jihatidan katta yoshdagi odamlar buyragiga o’xshaydi. Yoshga qarab buyrakning patsga tushishi natijasida uning joylashishi ham o’zgarib boradi. Chaqaloq buyragining yuqori qutbi XII ko’krak umurtqasining yuqori qirrasiga to’g’ri keladi. Emadigan (1 yoshgacha) bola buyragining yuqori qirrasi XII ko’krak umurtqasining o’rtasiga, pastki chegarasi IV bel umurtqasining pastki qirrasiga to’g’ri keladi. 1 yashar bolaning buyragi 1-2 umurtqa balanda joylashadi, sababi ularning umurtqasi tez o’sadi. 5-7 yoshdan so’ng buyraklar katta odamlarnikiga o’xshash joylashadi. 50 yoshdan so’ng buyraklar pastroqdan o’rin oladi. Umr bo’yi o’ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroqda yotadi, chunki buyrakni yuqoridan jigar bosib turadi. 5 yoshgacha bo’lgan bolaning buyrak jomi ichida, so’ngra tashqarisida, ya’ni medial qirra tomonida joylashadi. M.G. Prives ma’lumotlariga ko’ra, embrional taraqqiyot davrida buyraklar ampula formasida (katta kosacha hosil bo’lmaydi) bo’ladi. Tug’ruq davriga oz qolganda kosacha hosil bo’ladi. Buyrak arteriyalari va naychalari bir-biriga parallel holda joylashgan. Shunga ko’ra jarrohlik maqsadlarining ko’zda tutib, buyrak ichi segmentlar - segmenta renalis ajratadi. Bunday segmentlar beshta:
1) buyraknining ustki uchi (cho’qqisi) sohasida - segmentum superius;
2) buyrak jomining old tomonidagi ustki soha- segmentum anterius superius;
3) buyrak jomining old tomonidagi pastki soha - segmentum anterius irterius;
4) buyrakning pastki uchi sohasidagi segmentum inferius va
5) buyrak jomining orqa sohasidagi (ustki va pastki uchlar oralig’ida) - segmentum posterius lar tafovut qilinadi.
Ba’zan buyrak jomining old tomonidagi ustki va ostki segmentlar birlashib, bitta segmentga aylanib ketadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish