5.5 Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar. Tashkilotlarning yangi turlari.
Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendentsiyalari kuzatilmoqda.
Ularda eng muhimi- bu ierarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qat‘iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta‘riflanuvchi yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir. O‘zini o‘zi tashkil qilishning xududiy, gorizontal tizimi, o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘zini o‘zi boshqarish va, shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustivorligi mavjuddir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va o‘zini o‘zi tashkil qilishning tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng o‘zini o‘zi rivojlantirishi jarayonlarini ba‘zi bir jadallashuvini va o‘tgan yillarda vujudga kelgan
qat‘iy(ierarxik) va egiluvchan(dasturiy–maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni
―yumshatilishini‖ ―ko‘zg‘atdi‖, shunday bo‘lsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali g‘oyatda kamroq qo‘llaniladilar, buni ularning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular O‘zbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bo‘lsalar kerak.
Keyingi yillarda tashkilotlarning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin bo‘lmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar.
SHuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga yordam beradi:
salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish;
zamonaviy ilg‘or ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va tezroq o‘zlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning ma‘lumotlari va ilg‘or tajribadan foydalanish;
tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi;
tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yilishi;
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan qonunchilik va me‘yoriy hujjatlarga rioya qilinishi;
bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyati va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi.
Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining samaradorligini ko‘tarilishiga yordam beradi.
Keyingi o‘n yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham ta‘riflanadilar. Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik, korporativ) ta‘minlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini kamroq samaraliroq qilib qo‘ydi. SHuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi muhit o‘zgarishlarini hushyorlik bilan his qiluvchi, iste‘molchilar so‘rovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi tashkilotlarni tashkil bo‘lishiga ko‘maklashdi. Ishlab chiqaruvchini iste‘molchi bilan ancha yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatda, ishlab chiqaruvchini iste‘molchi talablaridagi o‘zgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga majbur qildi, ko‘proq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida o‘z tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan
shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira olaganlargina g‘alaba qozonishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning yangi turlarida aniq nomoyon bo‘lishlari mumkin, ularga edxokratik, ko‘po‘lchamli, partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin.
Edxokratik (ing. adhocracy so‘zidan), tashkilotlar nostandart va murakkab ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez o‘zgaruvchan tuzilmalarga nisbatan qo‘llanilishlik bilan ta‘riflanadilar. Bu tashkilotlarga maqsadlarga erishish vositalari ijrochilar tomonidan tanlaniladi. Har biri bevosita o‘zining harakati uchun javob beradi. Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi, u umumiylik hisini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi.
Bunday tashkilotlarda rasmiyatchilik judayam kamaytiriladi, bu narsa ierarxiyaga, ish sharoitlari va inshoatlarga, imtiyozlar, kiyimlar va h.k. ga tegishlidir. Tashkilotga xodimlar harakatidagi erkinlikning yuqori darajasi xosdir, uning cho‘qqisi sifatli bajarish va muammoni hal qilishni bilishdir. Quyidagilar tashkilotning asosiy elementlaridir:
xodimlar o‘zlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar bo‘ladilar, murakkab operatsiyalarni bajaradilar, bir birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa qilishni biladilar;
qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron ierarxiyadagi o‘ringa emas, balki ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan bo‘ladi, moliyaviy nazorat yuqoridan amalga oshiriladi;
mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi va umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi.
Bu tashkilotning tuzilishi uzviy asosga ega va aniq belgilanmagan, unda norasmiy va gorizontal aloqalar ustivorlik qiladilar. Tuzilmaning qismlari kichik o‘lchamlarda saqlanib qoladilar va doimo o‘zgarib turadilar, ko‘pgina menejerlarda qandaydir bir ishga qat‘iy bog‘lanish yo‘q. Bunday tuzilma odatda kontsentrik shakldagi chizma taassurotini qoldiradi, unda sanash nuqtasi bo‘lib, undan tuzilma radial (radusli) yo‘nalishlar bo‘yicha doiralar bilan tarqalganday bo‘ladi. Bunday tashkilot uchun doira uning xodimlarining barcha harakatlari bitta narsaga –kompaniyaning muvaffaqiyatiga olib kelishining alomati bo‘ladi. Undagi qadriyatlar (birinchi navbatda-uning xodimlarining sifati) darajalar bo‘yicha ranjirovka qilinmaydi. Tashkilot edxokratiklikning har xil darajasiga ega bo‘lishi mumkin, bu texnologiyaning darajasi, xodimlarning sifati va rahbarlarning tayyorlanganligi bilan belgilanadi.
Ko‘p o‘lchamli tashkilotning ko‘pgina afzalliklariga qaramasdan, hatto uning yordami bilan ham barcha a‘zolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat
ravishda motivatsiyalaydigan tashkilotni tashkil qilish qiyindir. Agar tashkilot a‘zolariga o‘zlarning ishlariga tegishli bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish huquq berilsagina, Ushbu muammo, ushbu muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |