O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIMI VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
―RAQAMLI IQTISODIYOT‖ KAFEDRASI
MENEJMENT
FANIDAN
O‘quv - uslubiy majmua
Bilim sohasi:
|
200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta‘lim sohasi:
|
230000 – Biznes va boshqaruv
|
Ta‘lim yo‘nalishlari:
|
5230700-Bank ishi va audit
|
|
5230600-Moliya va moliyaviy texnologiyalar 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
|
DENOV – 2021
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan 20 yil ― ‖ dagi ― ‖-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi:
A.YU.Qurbonov
|
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ―Raqamli
iqtisodiyot‖ kafedrasi o‘qituvchisi.
|
Taqrizchi:
|
|
T Mamajonova –
|
TerDU ―Iqtisodiyot va menejment ‖ kafedrasi mudiri (PhD) iqtisod fanlari buyicha falsafa doktori
|
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ilmiy-Uslubiy Kengashining
― ‖ 2021 yildagi - sonli bayoni
MUNDARIJA
№
|
O‘quv-uslubiy majmua bo‘limlari
|
bet
|
1.
|
Ma’ruzalar matni
|
|
1.1.
|
Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati
|
|
1.2.
|
Menejmentning nazariy asoslari
|
|
1.3.
|
Mehnatni boshqarish usullari
|
|
1.4.
|
Menejment texnologiyasi
|
|
1.5.
|
Tashkilotlar va ularni boshqarish
|
|
1.6.
|
Zamonaviy menejer
|
|
1.7.
|
Boshqaruv mehnatini tashkil qilish
|
|
1.8.
|
Tashkilot xodimlarini boshqarish
|
|
1.9.
|
Korxona qudratini boshqarish
|
|
2.
|
Amaliy mashg’ulot
|
|
2.1.
|
Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati
|
|
2.2.
|
Menejmentning nazariy asoslari
|
|
2.3.
|
Mehnatni boshqarish usullari
|
|
2.4.
|
Menejment texnologiyasi
|
|
2.5.
|
Tashkilotlar va ularni boshqarish
|
|
2.6.
|
Zamonaviy menejer
|
|
2.7.
|
Boshqaruv mehnatini tashkil qilish
|
|
2.8.
|
Tashkilot xodimlarini boshqarish
|
|
2.9.
|
Korxona qudratini boshqarish
|
|
3.
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
4.
|
Glossariy
|
|
5.
|
Ilovalar
|
|
5.1.
|
Fan dasturi
|
|
5.2.
|
Ishchi fan dasturi
|
|
5.3.
|
Tarqatma materiallar
|
|
5.4.
|
Testlar
|
|
5.5.
|
Baholash mezonlari
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKUL’TETI IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASI
M E N E J M E N T
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi: A.YU.Qurbonov
Denov– 2021
1-MAVZU. MENEJMENTNING RIVOJLANISH TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI.
Reja:
Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
Menejmentning ilmiy maktablari
Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
Menejmentning xorijiy modellari
Tayanch iboralar: menejment, tarixiy sharoitlar, ilmiy maktablar, xorijiy modellar, Amerika modeli, Yaponiya modeli, O’zbek modeli
Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya‘ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya‘ni boshqariladiganlar bo‘ladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi bo‘lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlash-tirmaslik haqida masalani qo‘yganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo‘shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko‘rsatmalarini qo‘llagan, amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni o‘z tobelariga o‘tkazishga yo‘l ko‘ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi ma‘lumotlar va qadimgi SHumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.
Boshqaruvga antik davrda ham ma‘lum ulush qo‘shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya‘ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko‘rib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta‘minlash usullari bilan shug‘ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq:
Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o‘sishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning o‘sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi;
Bozor sub‘ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o‘sishi va bozor aloqalarini kuchayishi;
Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
Yirik korporatsiyalarni paydo bo‘lishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko‘payishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishidan butunlay ajraladi;
Mulkni aktsiyadorlar o‘rtasida jamlanishi, buning natijasida aktsiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo‘ladi;
Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari;
Ijodiy, sho‘‘baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |