Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ―raqamli iqtisodiyot‖ kafedrasi


Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi



Download 8,03 Mb.
bet4/151
Sana13.06.2022
Hajmi8,03 Mb.
#660921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
menejment umk

Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi


O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ‖Qutadg‘i bilik‖, ―Temur tuziklari‖ va boshqalar.


O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda ―O‘zbek modeli‖ deb e‘tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.


    1. Menejmentning xorijiy modellari


Menejmentni mavjud bo‘lishi davrida ko‘pgina xorijiy mamlakatlar, o‘zlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko‘pgina ma‘lumotlarni to‘plaganlar.


Menejmentning amerikacha modelini o‘rganish ma‘lum sho‘‘baiqish uyg‘otadi. Amerikacha menejment AQSHga g‘arbiy mamlakatlar orasida yetakchi o‘rinni egallashga imkon bergan.
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta‘limlariga asoslanadi.
Amerikacha mejentment yana o‘ziga asoschisi Anri Fayolь bo‘lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo‘nalishlari shakllanishiga ham katta ta‘sir ko‘rsatgan.
20-30 yillarda xo‘jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o‘tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan.
Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o‘zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. ―Insoniy munosabatlar maktablari‖ nomini olgan yangi kontseptsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog‘liqdir.
―Insoniy resurslar menejmenti‖ atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik sotsiolog R.E.Maylz o‘zining asarlaridan birida ―Insoniy munosabatlar‖ modeliga ―Insoniy resurslar‖ modlelini qarama-qarshi qo‘ygan.
―Insoniy resurslar‖ modeli strategik, tashkilotning asosiy maqsadlarini hal qilishga ko‘maklashuvchi sifatida ko‘rib chiqilgan. ―Insoniy resurslar‖ modeli shaxsning tashkilotdagi faol o‘rniga qaratilgan. Har bir kishi o‘z mehnatining natijalariga javob berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o‘z mehnati bilan ularga erishishga ko‘maklashishi kerak. O‘z navbatida tashkilot o‘z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy rag‘batlantirishi va xizmatda ko‘tarilish yordamida sho‘‘baiqtirishi kerak.
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:

  • bozorning mavjudligi;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;

  • tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.

Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aktsiyadorlari esa foydaning o‘zlariga tegishli bo‘lgan aktsiyalar miqdoriga mutonosib bo‘lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo‘lgan va egalari ishchilar faoliyatini to‘liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o‘rniga kelganlar.
Menejment nazariyachilarining fikriga ko‘ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o‘z orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya‘ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo‘yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o‘tgan. Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo‘ladilar.
Amerika korporatsiyalari o‘zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM raqobatbardosh mahsulotni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo‘yicha mahsulotni ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi.
Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to‘rtta asosiy shakllari keng tarqalgan:

  1. Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.

  2. Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo‘shma qo‘mitalari)ni tashkil qilinishi.

  3. Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.

  4. Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.

Menejmentning yapon modeli ham katta sho‘‘baiqish uyg‘otadi. Yaponiya jahon bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan qo‘llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy xarakterning o‘ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan.
Yaponlar insoniy resurslarni mamlakatning asosiy boyligi deb hisoblaydilar. Xo‘jalik yuritishning yapon tizimi tarixan vujudga kelgan guruhli jipslashganlik va yaponlarni yuqori sifatli mahsulotlarni yaratishga tug‘ma intilishi an‘analariga suyanadi.
Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari bo‘ladi. Iqtisod va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘langan.
Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga o‘xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o‘rni guruh tomonidan ma‘qullanadigan yoshi bo‘yicha kattaroq kishiga bo‘ysunish an‘anasi vujudga kelgan.
Yaponlar mehnatning oldida bosh egadilar. Ularni ko‘pincha
―mehnatsevarlar‖ deb ataydilar. Yapon xalqi boyliklari iererxiyasida mehnat birinchi o‘rinda turadi. Yaponlar yaxshi bajarilgan ishdan qoniqishni his qiladilar. SHuning uchun ular qat‘iy intizom, keskinlik va ish vaqtidan tashqari ishlashga chidashga rozilar.
Menejmentning yapon modeli ―ijtimoiy insonga‖ mo‘ljallangan. ―Ijtimoiy inson‖ rag‘batlar va motivatsiyaning o‘ziga xos tizimiga egadir. Rag‘batlarga ish haqi, mehnat sharoitlari, rahbarlik usuli, xodimlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar kiradi. Xodimning mehnatdagi muvaffaqiyatlari, uning xizmatlarini tan olinishi, xizmatdagi o‘sish, kasbiy mukammalashish, ijodiy yondashuv mehnatga motivatsiya bo‘ladilar.
Keyingi yillarda amerikali tadbirkorlar ko‘pincha Yaponiyaning ilg‘or tajribasi, yaponlarni muvaffaqiyatga olib kelgan yangiliklarni o‘z korxonalariga ko‘chirish uchun harakatlar qilganlar. Bu ―aniq vaqtda‖, ―sifat to‘garaklari‖, xodimlarning uzoq muddatli yoki ―umrbod yollash‖ va boshqalardir. Ammo ularni barchasi ham uzoq yashay olmagan.
O‘tgan asrning o‘rtalarida holat teskari bo‘lgan. Yapon firmalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy tuzilmani tashkil qilish va boshqa amerikacha tamoyillarni qabul qilganlar. Mashhur ―sifat to‘garaklari‖ va ―aniq vaqtida‖ yetkazib berish tizimi Amerikada vujudga kelgan,
ammo dastavval u yerda keng tarqalmagan. Ular birinchi marta yapon firmalarida qo‘llana boshlanganlar va yaxshi natijalar keltirganlar. SHuning bilan bir vaqtda amerikacha ―insoniy resurslar‖ni boshqarish usullari Yaponiyada qo‘llanish topmagan.
Bu menejmentning bitta modelini boshqa davlat iqtisodiyotiga uning o‘ziga xos xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmasdan ko‘chirish mumkin emasligidan darak beradi.



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish