Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ba‘zida bir birlariga mos kelganlar, ba‘zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob‘ektlari bo‘lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o‘zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat‘iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta‘sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma‘muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda ―Maktabni ilmiy tashkil qilish‖ nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta‘limi menejment zamonaviy kontseptsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu maktabning
ko‘zga ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. ―Kelishuv tizimi‖ (1895), ―TSex menejmenti‖ (1903), va ―Ilmiy menejment tamoyillari‖ (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, ―kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi‖ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta‘minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan.1
1-chizma.Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda F.Teylor taklif etgan qadamlar2
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘zining vazifalari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o‘sishi va xo‘jayinlar va ma‘muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to‘liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan.
Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga frantsuz olimi A.Fayolь va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo‘shganlar.
1 Richard L.Daft. Management. Ninth edition.201. y. 37 p.
2 Ricky W.Griffin. Fundamental of management. 8 th Edition. 2015.-13 р.
Do'stlaringiz bilan baham: |