5.4- rasm. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo‘linmalar ( texnik, iqtisodiy va h.k.) rahbarlari ijrochilarga o‘z ta‘sirini vazifalar bo‘yicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir
birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat bo‘linmalar rahbarlarining harakatlarini muvofiklashtiradilar va o‘z vazifalarining cheklangan ro‘yxatini bajaradilar (rahbarlar o‘rtasidagi muvofiklashtiruvchi aloqa rasmda ko‘rsatilmagan).
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi uchun zarur bo‘lgan zarur qisminigina o‘ziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo‘lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladilar.
To’g’ri chiziqli vazifaviy tuzilma o‘z ichiga ham to‘g‘ri chiziqli va ham vazifali tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama bo‘ysunishni yaratadi. Boshqaruvning ko‘pgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati(vazifalari)ning alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar , vazifaviy bo‘linmalar quyida turuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida ) berish huquqiga egalar. Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxasislarning yuqori omilkorligi, to‘g‘ri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari bo‘yicha ma‘lumotlar tayyorlashdan ozod bo‘lganliklari natijasida operativ boshqaruv bo‘yicha imkoniyatlarini kengayishidir.
Korxona direktori
1-bo‘lim
2-bo‘lim
3-bo‘lim
5.5-rasm. To’g’ri chiziqli vazifaviy tuzilma
Tuzilmaning kamchiligiga qo‘yidagilarni kiritish mumkin:
harakatlar birligining yo‘qligi;
vazifaviy xizmatlar o‘rtasida doimiy o‘zaro aloqalarni qo‘llab quvvatlash imkoniyati yo‘qligi;
qarorlar qabul qilishning uzoq muddatli tadbirlari;
ijrochilarning ish uchun javobgarliklarini pasayishi, chunki ulardan har biri bir necha rahbarlardan ko‘rsatmalar oladilar;
xodimlar tomonidan ―yuqoridan‖ olinadigan ko‘rsatmalar va farmoyishlarni muvofiqlashmaganligini, chunki har bir vazifaviy bo‘linma o‘zining masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
yakka hukmronlik tamoyilini buzilishi.
Boshqaruvning to’g’ri chiziqli - shtabli tuzilmasida birinchi (to‘g‘ri chiziqli) rahbarga aniq masalalarni ishlab chiqish va tegishli qarorlar, rejalarni tayyorlashda shtablar deb atalgan, vazifaviy bo‘limlardan tashkil topgan boshqaruvning maxsus apparati yordam beradi. Bunday bo‘linma o‘z qarorlarini yuqori rahbar orqali o‘tkazadi yoki (maxsus vakolatlar doirasida) ularni pastda turuvchi daraja xizmatlari va ijrochilarigacha yetkazadi.
Mahsulotli tashkiliy tuzilmada qandaydir mahsulotni ishlab chikarish va sotishga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlar bitta rahbarga topshiriladi, u mahsulotning ushbu turi uchun javobgar bo‘ladi. Ikkilamchi vazifaviy xizmatlar(ishlab chiqarish, texnik va sotish) rahbarlari boshqaruvchi oldida hisobot berishlari kerak.
Firmaning shtab kvartirasi
|
|
|
|
|
V
tumanidagi bo‘lim
|
|
G tumanidagi bo‘lim
|
E tumanidagi bo‘lim
D tumanidagi bo‘lim
Iste’molchiga qaratilgan tashkiliy tuzilmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish darajasida vazifalarni mijozlar guruhlari bo‘yicha ajralib chiqishi sodir bo‘ladi, barcha bo‘linmalar, iste‘molchilarning faqat bitta guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot kabi, iste‘molchilarning ma‘lum guruhlari atrofida, ularning talablarini qanoatlantirish uchun guruhlanadilar.
Boshqaruvning kombinatsiyalashtirilgan tuzilmasi bitta tashkilot doirasidagi bo‘linmalar ishi xususiyatlari bilan belgilanadigan to‘g‘ri chiziqli,
vazifaviy, to‘g‘ri-chiziqli vazifaviy va boshqa tashkiliy tuzilmalar yig‘indisidan iboratdir. Bunda tashkilot ushbu vaziyat uchun yaxshiroq to‘g‘ri keluvchi shaklni o‘ziga oladi. Masalan, firmaning bitta bo‘limida mahsulotli, boshqasida vazifali, uchinchisida matritsa tuzilmadan foydalanish mumkin. Qoidaga ko‘ra, boshqaruvning yuqori darajasi to‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma bo‘yicha quriladi. Boshqaruvning quyi darajasi odatda boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli tuzilmasi bo‘yicha quriladi. Bunda tashkilotlar boshkaruv tuzilmalarining egiluvchanligi, ularning turli tumanligi asosan boshqaruvning o‘rtacha darajasi bilan belgilanadi.Tashkilotlardagi boshqaruvning yuqori va quyi darajalari o‘zgarishlarga nisbatan konservativroqlar (4.12 rasm)
Boshqaruvning yuqori darajasi (boshkaruvning to‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilmasi)
Tashkilot
Tuzilmalarning barcha turli tumanligi
Pastki daraja (boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli tuzilmasi)
.......
Do'stlaringiz bilan baham: |