Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ―raqamli iqtisodiyot‖ kafedrasi


Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari



Download 8,03 Mb.
bet26/151
Sana13.06.2022
Hajmi8,03 Mb.
#660921
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   151
Bog'liq
menejment umk

Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari


Mehnatni taqsimlanishi tashkilotning eng muhim ta‘riflari bo‘ladi.


Hatto agar ikkita kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan bo‘lsalar ham, ular o‘zaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga bunday taqsimlanishi mehnatni gorizontal bo’linishi deb ataladi. Ishning katta hajmini kichikroq ixtisos- lashtirilgan vazifalarga taqsimlash odamlarning ushbu miqdori mustaqil ishlaganlariga qaraganda ancha ko‘proq mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga imkon beradi, ya‘ni mehnatning kattaroq unumdorligini beradi. Kichikroq tashkilotlarda mehnatni gorizontal taqsimlanishi
ancha kuchsizroq kuzatiladi. Masalan, umumiy ovqatlantirish korxonalarining bir vaqtda boshqaruvchilari ham bo‘lgan egalari, ovqat tayyorlashlari va keluvchilarga xizmat ko‘rsatishlari mumkin.
Yirik va o‘rtacha tashkilotlarda gorizontal taksimlanish yetarlicha aniq kuzatiladi. U o‘ziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi bo‘linmalarni tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ular bo‘limlar, xizmatlar, sektorlar va h.k. deb ataladilar. Tashkilot kabi, uning bir qismi bo‘lgan bo‘linmalar ham odamlar guruhidan tashkil topadilar va bu odamlar faoliyatini umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiq- lashtirish kerak. Buning uchun muhnatni vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta bo‘linma rahbari boshqa bo‘linmalar rahbarlarining ishini muvofiklashtiradi, ular ham, o‘z navbatida, keyingi bo‘linmalar rahbarlarinig ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday vertikal taqsimlash natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil bo‘ladilar.
Demak, tashkilotda mehnat taqsimotining ikkita ichki uzviy shakllari mavjud. Birinchisi – bu mehnatni umumiy faoliyatning qismlarini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga taqsimlash, ya‘ni gorizontal taqsimot, ikkinchisi– harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ish, ya‘ni vertikal taqsimot. Bu harakatlarni muvofiklashtirish bo‘yicha faoliyat boshqaruv- ning mohiyatini tashkil qiladi.
Tashkilotni rivojlanishi jarayoni, uning faoliyatini turkumlash- tirish oltita bosqichdan tashkil topadi.
I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) vazifalarini bajaruvchi xodimning o‘zi boshqaruvchi bo‘ladi.

  1. bosqich. Boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat) vazifalaridan ozod qilingan maxsus xodimni ajratish talab qilinadi (master, sektsiya mudiri);

  2. bosqich . Boshqaruv bo‘yicha ishlarning hajmi shunchalik o‘sadiki, boshqaruv xodimlari faoliyatini muvofiklashtirish zaruriyati paydo bo‘ladi (to‘g‘ri chiziqli ierarxiya vujudga keladi (tsex boshlig‘i).

  3. bosqich. Boshqaruv ishi hajmini bunday keyingi o‘sishi munosabati bilan boshqaruv xodimlarini alohida vazifalarni bajarish ixtisoslashishlari talab qilinadi: rejachilar, nazoratchilar va h.k. mutaxasislar paydo bo‘ladilar.

  4. bosqich. Boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band bo‘lgan xodimlar soni ko‘payadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiq- lashtirish zaruriyati vujudga keladi (tavtish komissiyasi raisi).

  5. bosqich. Boshqaruv faoliyatini rivojlanishi vazifaviy va to‘g‘ri chiziqli ierarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruriyatiga olib keladi, u esa faoliyatning ixtisoslashgan turi bo‘lib qoladi (korxona direktori).

Bu bosqichlar har xil tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, bo‘linmalar ko‘rinishidagi ma‘lum tashkiliy rasmiylashtirishga egalar.
Tashkilot (korxona) ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqarish tuzimini o‘zaro bog‘langan va bo‘ysinish tartibida joylash-tirilgan, maqsadga qaratilgan holda faoliyat yuritish va uni rivojla- nishini ta‘minlashga qaratilgan elementlarning tartibga solingan yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli- tumanligi bilan ajralib turadi va qo‘yidagi omillar bilan belgilanadi:

  • tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnolo- gik, texnik jihozlarinishi);

  • tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o‘lchamlari (hajmlari) bilan;

  • boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning ierarxik tuzilishiga mosligi bilan;

  • boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan ;

  • tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlash- tirilmagan shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan ;

  • boshqaruvning sohaviy va xududiy shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan (mahsulot, mintaqa bo‘yicha);

  • xodimlar malakasining darajasi bilan;

  • tashkilotning strategiyasi bilan;

  • tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan;

  • maqsulotning ta‘minoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan;

  • tashkilotni geografik joylashishi bilan va h.k.

Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni ko‘yish kerak:

  • mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshkaruv tuzilmasini faoliyat yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik , uzliksizlik , parallellik, bir maromdalik talablariga mos kelishi kerak;

  • tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak;

  • tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat yuritishi uchun yetarlicha bo‘lishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o‘rtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo‘ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradilar va ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashadilar, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashishini ta‘minlaydilar. Aloqalar sonini kamayishi tizimni faoliyat yuritishining berqarorligi va operativligini oshishiga olib keladi;

  • tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat‘iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar , ya‘ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga muvofiq tez yo‘lga qo‘yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo‘ladi:

  • tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari miqdorini , tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur;

  • tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani tadbiq etishga ko‘maklashishi kerak;

    • tizim elementlari o‘rtasidagi, hamda tizim va atrof muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar aniq bo‘lishlari kerak ;

    • tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini ta‘minlashi kerak;

    • tashkiliy tizilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta‘minlash kerak.

Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga olish kerak. SHuning munosabati bilan quyidagi tushunchalarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:

  • boshqaruvchanlik ko‘lami (M)- bu ma‘lum menejer yoki boshqaruv idorasining haqiqatdan ham bevosita qo‘l ostida bo‘lgan xodimlar bo‘linmalarning soni;

  • boshqaruvchanlik me‘yori (N)- bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv texnikasini rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida ma‘lum menejer yoki boshqaruv idorasiga bo‘ysunishi maqsadga muvofiq bo‘lgan xodimlar yoki bo‘linmalarning soni. Bu, aslida boshqaruvning muvofiq ko‘lamidar.

Bunda boshqaruvchanlik me‘yori (N)ning boshqaruvchanlik ko‘lami (M)ga nisbatan iborat bo‘lgan boshqaruvchanlik koeffitsenti (Ku) dan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

Ku= H/M


Ushbu koeffetsientlar boshqaruv sub‘ektining boshqaruvchi qobiliyati va boshqaruv ob‘ektining murakkabligi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradilar.


Ku > 1 da boshqaruv sub‘ekti salohiyatidan yetarlicha bo‘lmagan holda (kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham shunday.
Ku < 1 da boshqaruv sub‘ekti (menejer yoki boshqaruvning ma‘lum idorasi)ga ortiqcha ish yuklangan, boshqaruv qiyinlashgan, boshqaruvchanlik pasaygan.
Ku = 1 miqdori muvofiq bo‘ladi. Bunda boshqaruv sub‘ektining boshqarish qobiliyati boshqaruv ob‘ekti murakkabligiga mos keladi.



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish