1-Mavzu:Kompyuter tarmoqlari haqida
Reja:
1.Kompyuter tarmog’i nima?
2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari
3. Axborot hisoblash tizimlarining asosiy vazifalari
Kompyuter tarmog‘i — bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning (konsentratorlar, printerlar va h.k.) bir-biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir (1rasm). Tarmoq qurilmalari kompyuterlarning bir-biri bilan ma’lumot almashishiga yordam berishi uchun kerak bo‘ladigan qurilmalardir.
Lokal tarmoqlar keyingi vaqtda har qanday kompaniyaning majburiy bo‘lgan buyumiga aylanayapti.
1rasm.
MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARI
Apparaturalarni va dasturiy vositalarni takomillashtirish shunday bir darajaga yetdiki, oddiy tarmoqni o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish amalda har qanday ozmiko‘pmi savodi bo‘lgan foydalanuvchining qo‘lidan keladigan bo‘lib qoldi. Oxirgi eng ko‘p tarqalgan Windows operatsion tizimlari esa yetarli darajada rivojlangan tarmoqli vositalarning dasturiy ta’minotiga ega, shu tufayli maxsus tarmoq dasturlarini sotib olish shart emas. Avval faqat maxsus o‘qitilgan mutaxassislargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarni endi har qanday foydalanuv chi oson bajarishi mumkin.
Biror korxonani muvaffaqiyatli boshqarishni tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan, o‘zining shahobchalari va xodimlari faoliyatini tezkor o‘zaro muvofiqlashtirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.
Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko‘pincha bir-biridan hududiy jihatidan uzoqlashgan ko‘p sonli turli xil mutaxassilarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab etadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o‘zaro harkatlanishni tashkil etishning markaziga taqsimlangan axborot hisoblash tizimlari qo‘yilishi kerak.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko‘rinishiga ega bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, lekin o‘zaro bog‘langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.
Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot hisoblash tizimi bo‘lib, ularda aloqa kanallari bo‘yicha qayta ishlash markaziga kelib turuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.
Ko‘p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir necha bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o‘z ishiga olgan tizim bo‘lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumotlarini almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo‘yicha bog‘lan gan. Aloqa kanallari bo‘yicha bog‘langanda gap ma’lumot hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi.
Axborot hisoblash tarmoqlari (mumkin bo‘lgan nomi hisoblash tarmoqlari) ma’lumotlarni uzatish kanallari bilan bir lashtirilgan kompyuter tizimi ko‘rinishiga egadir.
AXBOROT HISOBLASH TIZIMLARINING ASOSIY VAZIFALARI
Axborot hisoblash tarmoqlarining (AHT) asosiy vazifasi — tarmoqdan foydalanuvchilarga turli xil axborot hisoblash xiz matlarini taklif etishni ta’minlashdir, bu esa foydalanuvchilar ning bu tarmoqda taqsimlangan resurslarga qulay va ishonchli murojaat qilishini tashkil etish yo‘li bilan bajariladi.
AHT asosida qurilgan axborot tizimlari, xususan, quyidagi masalalarni samarali bajarilishini ta’minlaydi:
Ma’lumotlarni saqlash.
Ma’lumotlarni qayta ishlash.
Foydalanuvchilarni ma’lumotlarga murojaat qilishini tash kil etish.
Ma’lumotlarni va ma’lumotlarni qayta ishlash natijalarini foydalanuvchilarga uzatish.
Ko‘rsatilgan masalalarni samarali hal etish quyidagicha ta’minlanadi:
Tarmoqda taqsimlangan apparatli dasturli va axborotli resurslar bilan.
Foydalanuvchilarning bu resurslarning istalgan turiga masofadan turib murojaat qilishi bilan.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bilan bir qatorda mar kazlashgan ma’lumotlar bazasi borligi bilan.
Tizim elementlarini zaxiralash bilan ta’minlanadigan tizim ishining yuqori ishonchliligi bilan.
Qizg‘in, tig‘iz davrlarda vazifalarni tezkor qayta taqsimlash imkoniyati bilan.
Murakkab masalalarni tarmoqning bir nechta uzellarining birgalikda ishlash orqali echish bilan.
Mijozlarga tezkor, masofadan turib axborotli xizmat ko‘r satish bilan.
Lokal hisoblovchi tarmoq — (LHT) bu kabel (angl. wire less — simsiz) orqali maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy kompyuter (ShK) va atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.
LHTning oddiy formasi ikkita ShK. Ular o‘zaro tarmoqli kabel (yoki radio) orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zi ning resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, skaner, dasturlar, modem va h. k.). Misol uchun, bir nechta personal kompyuterlarni
bitta printerga ulash kabi. Bu prinsip bugungi kunda ham qo‘llanib kelinadi.
Keyin birinchi DiskServer (DiskServer) yaratildi. Bu markaziy kompyuter bo‘lib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyuterda operatsion tizim o‘rnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyatini yaratdi.
DiskServer ishchi stansiyalarning ma‘lum bir qurilmalardan foydalanish imkoniyatini chegaralab qo‘ya olishi mumkin.
Keyinchalik diskserverlarni faylli serverlar (FileServer) bilan almashtirildi. Bunda boshqarish vazifalarini server o‘ziga oldi.
Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka ShK afzalligi shunda ki, u ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan avtonomli ishlay olishdir. LHTga birlashtirilgan
kompyuterlarning yakka ishchi kompyuterlarga qaraganda afzalligi quyidagicha:
Dasturlar va ma’lumotlarni markaziy boshqarilishi (das turiy markazlashtirish).
Ma’lumotlar fondidan birgalikda foydalanish (dolzarb ma’lumotlarni).
Ma’lumotlarni yuqori darajada himoyalash va saqlash.
Unumdorlikning oshishi (masalan, ancha tez kommuni katsiya).
Resurslardan birgalikda foydalanish, xarajatlarni kamay tirish (atrofdagi).
Ma’lumotlardan, printerlardan va boshqa qurilmalardan bir galikda foydalanish, shuningdek, ma’lumotlar va xabarlar bilan almashish tarmoqli rejim, deb ataladi.
Nazorat savollari:
Kompyuter tarmoqlarining maqsad va vazifalarini aytib bering?
Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarini sanab bering?
Kompyuter tarmog‘i deganda nimani tushunasiz?
Lokal hisoblash tarmoqlarining yakka kompyuterlarga nisbatan qan day afzallik taraflari mavjud?
2-Мavzu:Kompyuter tarmog’ining klassifikatsiyasi
Reja:
1.Tarmoq turlari va ularning vazifalari
2.Lokal tarmoq va uning tuzilishi
3. Peer-to- Peer tarmog’i
4. Markaziy boshqariladigan tarmoq
Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyu- terlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bir masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.
Keyingi paytda axborotlarni almashish usullari va vositalarining ko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiy fayllarni disketlar yordamida kompyuterdan kompyuterga o‘tkazishdan tortib to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha.
Ko‘pincha «mahalliy tarmoqlar» (локальные сети, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni mahalliy tarmoq, deb tushuniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoq- larning texnik ko‘rsatkichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o‘lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda, global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq, deb atamaydi. Yaqin joylashgan ikkita kompyuterni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin yoki hatto, kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog‘lash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham mahalliy tarmoq, deb atalmaydi. Balki mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‘lib, ko‘p bo‘lmagan kompyuterlarni bog‘lashdir. Haqiqatan mahalliy tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o‘nlab kompyuterlarni o‘z tarkibiga oladi. Lekin ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq, deb atash balki noto‘g‘ridir.
Hisoblash texnikasi paydo bo‘lishidan boshlab, kompyuter lar orasida ma’lumotlar uzatish bo‘lgan. Bu orqali har bir alo hida kompyuterni birgalikda ishlashini tashkil etish, bir masalani bir nechta kompyuterlar yordamida yechish, har bir kompyu terni birorta funksiyani bajarishga maxsuslashtirish, resurslardan birgalikda foydalanish va boshqa ko‘p muammolarni yechish imkoni yaratiladi. Oxirgi vaqtda axborot almashishni ko‘p uslub va vositalari taklif etilgan: disketa yordamida fayllarni oddiy ko‘chirishdan to dunyo bo‘ylab Internet kompyuter tarmog‘iga cha, ya’ni barcha dunyodagi kompyuterlarni bog‘lash imkoni gacha.
LOKAL HISOBLASH TARMOQLARI
Bu ierarxiyada lokal tarmoqlarga qanday o‘rin ajratiladi?
«Lokal tarmoqlar» (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushuniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashti radi. Bunday izohlarni aniq emasligini tushunish uchun ayrim lokal tarmoqlarni xarakteristikalarini ko‘rish yetarli bo‘ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki o‘nlab kilometr masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona, bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirishi mumkin. Unda o‘lchamlari butun shaharga teng tarmoqni birlashtirish mumkin. Boshqa tomondan, global tarmoqlar bo‘yicha (WAN Wide Area Network yoki GAN — Global Area Network) bir xonadagi qo‘shni stollarda joylashgan kompyuterlar birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal tarmoq deb atamay di. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali interfeyslarning (RS 232C, Centronis) tashqi razyom lariga yoki kabelsiz infraqizil kanali bo‘yicha ulanadi. Bunday aloqa ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlar ni birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb atash no to‘g‘ri.
Haqiqatan ham, real holatda ko‘pincha lokal tarmoq ikkita yoki bir necha o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradi. Bir xil lokal tarmoqlarning imkoniyatlari yuqori, abonentlarni maksimal soni
mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik deb atash to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Bir xil mualliflar lokal tarmoqni «ko‘p kompyuterlarni bevosita ulash uchun tizim», deb ifodalashadi. Bunda faraz qilinadiki, axborot kompyuterdan kompyuterga vositachilarsiz bir xil muhitda uzatiladi. Biroq zamonaviy lokal tarmog‘ida bir xil muhitda uzatish to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, bir tarmoq ichida ham har xil turdagi elektr kabellari va opto volokonlar ishlatiladi. «Vositachilarsiz» uzatish deb ifodalash ham juda aniq emas, chunki zamonaviy lokal tarmoqlarda har xil konsentratorlar, komutatorlar, marshrutizatorlar, ko‘priklar (mostlar) ishlatiladi. Ular uzatiladigan axborotni juda murakkab qayta ishlashini amalga oshiradi.
Lokal tarmog‘i bilan bog‘langan kompyuterlar bir virtual kompyuterga birlashadi, uning resurslariga hamma foydalanuv chilar kirishi mumkin bo‘ladi, lekin bu kirish bevosita har bir alohida kompyuterga kiradigan resurslarga qaraganda uncha qulay emas.
Bu holatda qulaylik deganda, birinchi navbatda, kirishni yuqori real tezligi tushuniladi, qo‘shish orasidagi axborotlar bilan almashish foydalanuvchi uchun bilinmasdan amalga oshiriladi.
Lekin bu yagona farqi emas, boshqa omillar ham muhimdir. Masalan, uzatishda xatolar darajasi past, prinsipial suratda bo‘lishi zarur. Axir juda tez uzatilgan bo‘lsa ham, xatolar bilan buzilgan axborot manosiz bo‘ladi — uni yana qayta uzatish kerak bo‘ladi.
Shu sababli lokal tarmoqlar uchun maxsus o‘tkazilgan sifatli aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Tarmoqning yana prinsipial ahamiyati shundan iboratki, u katta yuklanishda ishlash imko niyati, ya’ni katta intensive axborot almashinuvidadir (yoki katta trafik bilan).
Agar tarmoqda foydalanadigan almashuvni boshqarish me xanizmi unga effektiv bo‘lmasa, unda uzatish uchun kompyuter lar o‘z navbatini haddan tashqari uzoq kutishi mumkin. Keyin, uzatish eng katta tezlikda olib boriladigan va butunlay xatosiz bo‘lsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga bu baribir barcha tar moqdagi resurslarga kirish to‘g‘ri kelmaydigan ushlab qolishlarga aylanadi.
Kompyuter abonentlar, uzellar tarmoqqa ulanishi oldindan ma’lum bo‘lsa har qanday almashuvni boshqaradigan mexanizm kafolatli ishlaydi.
Yoqilganda ko‘p abonentlarni ulash ko‘zda tutilmagan, me xanizm buzilishi mumkin. Va nihoyat, tarmoq shunday ma’lu motlarni uzatish tizimiki, u o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradi gan, lekin standart portlari orqali aloqa holatiga o‘xshab ikkita emas. Shunday qilib, lokal tarmoqlarning farq qiluvchi belgilari quyidagicha:
uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imko niyati;
uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7—10~8 bo‘lishi kerak;
effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi.
chegaralangan, tarmoqqa ulanadigan aniq ma‘lum bo‘lgan kompyuterlar soni.
Bunday ta‘riflagandan tushunarliki, global tarmoqlar lokal lardan farqli, chunki ular abonentlar sonini chegaralamaslikka asoslangan. Global tarmoqlarda aloqa sifati uncha muhim emas, uning borlig‘i hisobdir.
Ko‘pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir sinfini ajratishadi — shahar tarmoqlari (MAN — Metropolitan Area Net work). Ular global tarmoqlarga yaqinroq bo‘ladi, lekin ba’zan lokal tarmoq xususiyatiga ega bo‘lishadi, masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan uzatishning yuqori tezligi.
Shahar tarmog‘i o‘zining hamma afzalliklari bilan haqiqatan ham lokal bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, hozir lokal va global tar moqlari orasida ma’lum bir aniq chegarani o‘tkazish mumkin emas.
Ko‘p sonli lokal tarmoqlar global tarmoqqa chiqishga ega, lekin axborot uzatish xarakteri, almashuvni tashkil etish prin siplari, lokal tarmoq ichidagi resurslarga kirish rejimi, odatda, global tarmoqlarda qabul qilingandan katta farq qiladi. Bunda lokal tarmog‘ining barcha kompyuterlari global tarmoqqa ulan gani bilan lokal tarmoqlar xususiyatlarini bekor qilmaydi. Global tarmoqqa chiqish imkoni lokal tarmog‘idan foydalanuvchilar ning birga ishlatish resurslaridan biri bo‘lib qoladi. Lokal tarmog‘idan xilmaxil sonli axborot uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar telefon orqali gaplashuvlar, elektron xatlar va hokazo. Aytgandek, huddi shunday tasvir uzatish masalasi, ayniqsa, to‘liq rangli dinamik tasvirlarga tarmoqni tez ishlashi uchun eng yuqori talablar qo‘yiladi. Ko‘pincha lokal tarmoqlarni diskli fazo, printerlar va global tarmoqqa chiqish resurslarni birga ishlatishda foydalaniladi, lekin bu lokal tarmoqlar vositalari imkoniyatlarining juda kam qismidir.
Masalan, ular har xil turdagi kompyuterlar orasida axborot larni almashuvini bajarishga imkon beradi. Faqat kompyuterlar emas, balki boshqa qurilmalar, masalan, printerlar, plotterlar, skanerlar tarmoqning abonentlari (uzellari) bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi.
Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.
Biroq lokal tarmoqlar ba‘zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak.
Uskunalar sotib olish va tarmoqli dasturli ta’minot, ulanuv chi kabellarni o‘tkazish va personalni o‘qitish qo‘shimcha mod diy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi kerak, u tar moqni ishlashini nazorat qilib turadi, uni takomillashtiradi, resurslarga kirishni boshqaradi, bo‘lajak nosozliklarni to‘g‘rilay di, yani u tarmoq administratoridir.
Tarmoqlar kompyuterlarni joyini o‘zgartirish, boshqa joyga o‘tkazish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadi, chunki bunda birlashtirilgan kabellarni qaytadan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, tarmoqlar kompyuter viruslarini tarqatishga ajoyib muhit hisoblanadi.
Tarmoqlar nazariyasini asosiy tushunchalarini eslatib o‘ta miz, ular server va kliyent. Server tarmoqni abonenti (uzeli) bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etib, o‘zi esa boshqa abonentning resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa xizmat qiladi. Tarmoqda serverlar bir nechta bo‘lishi mumkin, quvvatli kompyuter server bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server tarmoqdagi va undan tashqari boshqa masalalar bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘ziga xos server turi — tarmoqli printer. Kliyent bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, o‘z resurslarini tarmoqqa bermaydi, tarmoq unga xizmat qiladi. Ko‘pincha kompyuter — klientni ishchi stansiyasi deb atashadi. Har bir kompyuter bir vaqtda ham kliyent, ham server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va klient deganda kompyuterlarni emas, balki ular uchun ishlaydigan das turlar ilovalarini tushuniladi.
Bu holatda faqat resurs beradigan ilovani server deyila di, agar ilova faqat tarmoqdagi resurslardan foydalansa kliyent deyiladi.
PEER-TO-PEER TARMOG‘I
Lokal hisoblash tarmoqlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: Peer-to- Peer tarmoqlari (ishchi stansiyalari bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish huquqiga ega) va serverda asoslangan tarmoqlar.
Peer-to- Peer tarmoqda (asl ma’nosi tångdàn tånggà ishchi guruh ham dåyishàdi yoki bitta darajali tarmoq) har bir ulangan kompyuter server bo‘ladi (ingliz få’lidàn to server — xizmat ko‘rsatish) yoki ishchi stansiya (client = kliyent).
Har bir kompyuter boshqa kompyuterlar ixtiyoriga o‘zini resurslarini taqdim etadi. Bu hîlàtdà, tarmoqli administrator yo‘q va shuning uchun tarmoqda ishlaydigan har bir foydalanuv chi umumiy foydalanish uchun qaysi resurslarni tarmoqqa jîylàshtirishini mustaqil hal qilishi kerak (2ràsm).
2rasm.
PeertoPeer tarmog‘i 10 tagacha ishchi stansiyalardan (cli ents) foydalanish uchun mo‘ljallangan. Agar ishchi stansiyalar soni 10 dan oshib ketsa, unda tarmoqdagi ishlar nàzîràtdàn chiqib ketadi va foyda keltirish o‘rniga ko‘p nîqulàyliklar olib keladi.
Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operatision tizim ishchi stansiyalar bo‘yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stansiyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalarining o‘zining so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishi va tar moq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisi ga boshqa stansiyalarga ulangan barcha pereferiya qurilmalari taalluqli bo‘ladi.
Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari:
past narxi;
yuqori ishonchliligi.
Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari:
unchalik ko‘p bo‘lmagan ishchi stansiyalarini (10 tadan ko‘p emas) ulash imkoniyati;
tarmoqni boshqarishning murakkabligi;
stansiyalarning dasturiy ta’minotini yangilash va o‘zgar tirishning qiyinligi;
ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlashning qiyinligi kabilardir.
Bitta darajali tarmoqlar (PeertoPeer) ArtiSoft Lantastik, Nowell Netware tarmoqli operatsion tizimlar asosida yaratiladi.
Har bir foydalanuvchi o‘zining ma’lumotlarini saqlash uchun o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Bu turdagi LHT nisbatan tez ishlaydi va uning àrõitåkturàsi ko‘p õàràjàt talab qilmaydi. Ishchi stansiyalar bir-biriga uzoq bo‘lmagan masofada jîylàshishi kerak (3ràsm).
Server
3rasm.
Agar uzîqlàshib qîlsà quyidagi qiyinchiliklarni tug‘diràdi:
Hujjàtlarni bog‘làmà bîshqàrishni faqat katta kuch kåtkà zib amalga oshirish mumkin, buning ustiga ma’lumotlarni mar kazlashgan holda joylashtirish mumkin emas.
Ma’lumotlarni saqlash uchun joy katta emas.
Foydalanuvchilarni o‘qitishgà katta tàlàbchànlik.
MIJOZ-SERVER
Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda (Ularni ko‘pincha ajratilgan serverli deb atashadi.) kompyuterlardan (serverlardan) bittasi barcha ishchi stansiyalarni ishlatishi uchun mo‘ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi stansiyalrining o‘zaro hara katini va boshqa bir qator server vazifalarini bajaradi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida mijoz u yoki bu jarayonlarni: faylni o‘qish, qiymatlar bazasidan ma’lumotlarni qidirish, faylni bosish va h.k. bajarish uchun serverga so‘rovni shakllantirish mumkin.
Server mijozdan kelgan so‘rovni bajaradi. So‘rovni bajarish natijalari mijozga uzatiladi. Server umimiy foydalaniladi
gan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi, bu ma’lumot larga murojaat qilishni tashkil etadi va ma’lumotlarni mijozga uzatadi.
Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijalarini foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda tasvirlay di. Ma’lumotlarni qayta ishlash serverda ham bajarilishi mumkin.
Ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash va mijozlarga uzatish jarayonlarini bajaradigan tizimlar «File Server» tizimi nomiga ega. Serverda saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlash bajariladigan tizimlarni «Mijoz-Server» tizimlari deb atash qabul qilingan.
Yani «Mijoz-Server» tizimida server aktiv rol o‘ynaydi: u so‘rovga butun faylni oddiygina berib qolmasdan, balki ma’lu motlarni oldindan qayta ishlash va mijozga, yoki masalaning yechilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mijozni qiziqtirgan va mijoz uchun tasvirlash qulay bo‘lgan tanlab olingan yozuv larni berishi mumkin. Bunday texnologiya boshqa hamma narsa lardan tashqari tarmoq aloqa kanallarining kam yuklanishiga imkon beradi.
«File Server» texnologiyasi bo‘yicha ishlaydigan serverning o‘zini faylserver, «Mijoz-Server» texnologiyasi bo‘yicha ishlay digan severning o‘zini esa ilovaserver deb ataladi.
Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari:
ishchi stansiyalarning sonini cheklashning yo‘qligi;
bir darajali tarmoqlarga nisbatan boshqarishning oddiyligi;
yuqori tezkorlik;
ma’lumotlarini himoya qilishning ishonchli tizimi. Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchilik-
lari:
bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratil-
ganligi yuqori narxliligi;
tarmoqning tezligi va ishonchliligining serverga bogliqligi;
bir darajali tarmoqqa nisbatan kam moslanuvchanligi. Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblana-
di. Bunday tarmoqlar uchun operatsion tizimlarga misollar Nowell Netware, Ms Lan Manager, IBM.
Nazorat savollari:
Peer-to-peer tarmog‘ining afzalliklari nimadan iborat?
Mijoz-server tarmog‘ida Serverning vazifalari nimalardan iborat?
3-Mavzu: Ma’lumotlarni uzatishning asinxron va sinxron rejimlari
Reja:
MARKAZLASHTIRILGAN GURUH
MARKAZLASHTIRILMAGAN DETERMINIRLANGAN USUL
MARKAZLASHTIRILGAN GURUH
Monokanalga samarali murojaat qilishni tashkil etish uchun chastotali yoki vaqt bo‘yicha modulyatsiya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalash, ya’ni monokanal bo‘yicha uzatilayotgan axborotlarni vaqt bo‘yicha ajratish tamoyili eng ko‘p qo‘llaniladi.
Vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan murojaat qilish usullarining bir nechta guruhlari mavjuddir:
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;
determinirlangan va tasodifiy.
Markazlashtirilgan murojaat qilish tarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi.
Markazlashtirilmagan murojaat qilish tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan biror bir boshqaruvchi ta’sirlarisiz ishlaydi.
Determinirlangan murojaat qilish monokanalning eng to‘liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stansiyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojaat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.
Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi tartibda murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin:
Oldindan tuzilgan jadval bo‘yicha — kanal vaqtini static bo‘lib chiqish.
Elektron komutator bilan aniqlanadigan vaqt oraliqlari (masalan, har 15 sekundda) orqali qat‘iy vaqt bo‘yicha komutatsiyalash — kanal vaqtini dinamik determinirlashgan bo‘lib chiqish.
Tarmoq markazidan ishchi stansiyalarning murojaat qi- lishning kerakligini aniqlash borasidagi so‘rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan moslashuvchi vaqt va kommutatsiyasi bo‘yicha — kanal vaqtini dinamik soxta tasodifiy bo‘lib chiqish.
Maxsus paket — marker ko‘rinishidagi vakolatni olganda. Birinchi ikki usul kanalning samarali yuklanishini ta’minlamaydi, negaki murojaat qilish mumkin bo‘lganda ba‘zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor bo‘lmasliklari mumkin va
kanal ular uchun ajratilgan vaqt oralig‘ida bo‘sh turib qoladi.
So‘roqlash usuli boshqarish markazi aniq ifodalangan tarmoq-
larda va ba‘zida ajratilgan abonentlik aloqa kanali tarmoqlarda (masalan, radial topologiyali tarmoqlarda markaziy server resurslariga murojaat qilishni ta’minlash uchun) ishlatiladi.
Vakolatli uzatush usuli markaz deb ataladigan (ba‘zida
«estofeta tayoqchasi») paketni ishlatadi.
Marker — aniq bir formatli xizmat paketi bo‘lib, unga tarmoq mijozlari o‘zlarining ma’lumot paketlarini joylashtirishlari mumkin. Markerning bir ishchi stansiyasidan boshqasiga uzatish ketma-ketligi server (boshqaruvchi stansiya) tomonidan beriladi. Uzatish uchun ma’lumotga ega bo‘lgan ishchi stansiya markerning bo‘shligini tahlil qiladi.
MARKAZLASHTIRILMAGAN DETERMINIRLANGAN USUL
Markazlashtirilmagan determinirlangan usullarga quyidagilar kiradi:
aralashib ketadigan segmentlar usuli;
segmentni ulash usuli.
Ikkala usul, asosan, ilmoqli (halqali) topologiya tarmoqlarda ishlatiladi va tarmoq bo‘yicha maxsus paketlarni uzatishga asoslanadi.
Aralashib ketadigan segmentlar usuli segment deb ataladigan paketni ishlatadi. Segment — bu tarmoq bo‘yicha erkin aylanib yuradigan paket bo‘lib, u standart vaqt oralig‘ini aniqlaydi. Segment band yoki bo‘sh bo‘lishi mumkin. Agar segment bo‘sh bo‘lsa segment yetib borgan stansiya unga o‘zining ma’lumotlari paketini (paketlarini) qo‘yishi mumkin va segmentni band deb belgilaydi,hamda uni uzatib yuboradi. Bu usul kop jihatdan vakolatni uzatish usuliga o‘xshashdir, lekin segment harakatini tarmoq markazidan boshqarilmaydi.
Segmentni ulash usuli ham segment deb ataladign tarmoq bo‘yicha erkin aylanib yuradigan paketni ishlatadi. Segmentni olgan ishchi stansiya, hatto agar kelgan segment band bo‘lsa ham o‘zining ma’lumotlarini uzatishi mumkin. Keyingi holatda stansiyaga kelgan segmentning harakatini to‘xtatib turadi (uni vaqtincha buferli xotirada eslab qoladi) va uning o‘rniga o‘zining ma’lumotlar paketi ulangan yangi segmentni shakllantiradi. Stansiya tarmoq bo‘yicha oldin o‘zining yangi segmentini, keyin esa oldin kelgan «begona» segmentni yuboradi.
Tasodifiy murojaat qilish usullari tarmoqning barcha stan- siyalarini teng huquqliligiga va ularning istalgan vaqtda monokanalga ma’lumotlarni uzatish maqsadida murojaat qilish imkoniyatiga asoslangan. Bir nechta stansiyalar tomonidan bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarni uzatishga urunishlar mumkin bo‘lganligi tufayli ular o‘rtasida ko‘pincha janjallar (to‘qnashuvlar) paydo bo‘ladi, shuning hisobiga tasodifiy murojaat qilish usulini ko‘pincha «tortishuvlar usuli» deb atashadi.
Tortishuvli holatlar sonini kamaytirish ma’lumotlarni uza- tishni istagan stansiya tomonidan monokanalning bandligini aniqlash uchun monokanalni oldindan eshitib ko‘rish yo‘li bilan ta’minlanadi. Agar kanal band bo‘lsa stansiya ma’lumotlarni uzatishga o‘zining urinishini ancha katta bo‘lmagan vaqt oralig‘idan keyin tiklaydi. Agarda ma’lumotlarni uzatishni bir vaqtning o‘zida ikki stansiya boshlasa u holda to‘qnashuv sodir bo‘ladi va ma’lumotlar monokanalda buzilib ketadi, natijada ma’lumotlarini qaytadan uzatishga majbur bo‘ladilar.
Tortishuvlar usuli monokanal kam yuklangan abonentlar soni unchalik ko‘p bo‘lmagan tarmoqlarda ishlatish uchun tavsiya etilishi mumkin (tez-tez paydo bo‘ladigan janjalli holatlar tufayli bu usul kanalning yaxshi yuklanganligini ta’minlab bera olmaydi).
Nazorat savollari:
Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tizimlar deganda nimalarni tushunasiz?
Determinirlangan usul — bu qanday usul?
Tasodifiy usul qanaday usuldir?
Marker nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |