Demografiy a


Demografik o’tish nazariyasida migratsiya roli



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Demografik o’tish nazariyasida migratsiya roli. 
Demografik o‘tish, deb aholi takror barpo 
bo‘lishini, bir turdan ikkinchi turga (kengaygan aholi takror barpo bo‘lishidan, qisqargan aholi takror 
barpo bo‘lishiga) o‘tishiga aytiladi. Demografik o‘tish kontseptsiyasi fanda birinchi marta frantsuz 
demografi L.Landri tomonidan 1903-1934 yillarda yaratilgan va uni demografik revolyutsiya deb 
atalgan. 1945 yilda amerikalik demograf F.Noutstayn «Demografik o‘tish» iborasini taklif etdi. 
 
XIX asrning oxirida aholi tug‘ilishi va o‘lim xollari biologik qonuniyatlargagina emas, balki 


sotsial shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda sodir etilishi qayd etilgan. Jamiyat tarixiy rivojlanishi 
jarayonida aholi takror barpo bo‘lishida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi.1950 yillarga kelib, jamiyatda 
demografik jarayonlar (nikoq, tug‘ilish va o‘limni) boshqarish jarayoni keng tarqaldi. Jamiyat 
taraqqiyotida ro‘y bergan yirik ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar, Aholining demografik mayliga bevosita 
ta‘sir etdi. Ayniqsa, qator davlatlarda Aholining farzandlar soniga bo‘lgan munosabati o‘zgardi. 
Ko‘pbolalik o‘rnini o‘rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Oilani ko‘p farzandga bo‘lgan 
talabi asta-sekin urbanizatsiya jarayoni, sanoatni rivojlanishi, ayollar bilim darajasini oshib borishi, 
ijtimoiy qayotdagi o‘rnini o‘zgarib borishi bilan bog‘liq holda kamaya bordi. SHuningdek jamiyatda 
ilm-fanning, ayniqsa tibbiyotning rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatning keng tarqalishi aholi o‘rtasida 
o‘limni keskin kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish davrini esa uzayishiga sabab bo‘ldi. Xomiladorlikni 
oldini oluvchi vositalar xaqidagi bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalarldan foydalanish, esa 
keng tarqala boshladi. Qator davlatlarlda tug‘ilishni nisbati yuqori darajada saqlanib turishi, o‘limning 
esa keskin kamayishi, aholi sonini birdan o‘sib borishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon dunyodagi 
rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonini tez sur‘atlar bilan 
ko‘payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb 
atadilar. Aholining bunday tez sur‘at bilan ko‘payib borishi qar bir davlat uchun ijtimoiy iqtisodiy 
muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko‘pgina davlatlar o‘sib borayotgan aholi sonini cheklashga 
qarakat qildilar, «Tug‘ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug‘ilish jarayoni ekzogen (tashqi) 
omillar ta‘sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo‘lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon 
tug‘ilish va o‘limni boshqarilishi aholi takror barpo bo‘lish sur‘atini, o‘zgarishiga olib keldi. Aholi 
takror barpo bo‘lishi bir turdan ikkinchi turga o‘ta boshladi. Ushbu xolni yuqorida qayd etilganidek-
«demografik o‘tish», deb belgilandi. Demografik o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo‘ldi. 
Muttaxassislar tomonidan demografik o‘tish to‘rt bosqichga ajratildi. 
Birinchi bosqich. Bu bosqich rivojlangan mamlakatlarda XX asr o‘rtalarida kuzatildi. Unda 
aholi o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim xollari kamaya boshladi. Lekin o‘lim tug‘ilishga qaraganda juda tez 
sur‘at bilan kamayadi. Ba‘zi davlatlarda esa tug‘ilish deyarli kamaymaydi. Natijada Aholining tabiiy 
o‘sishi juda yuqori darajada bo‘ladi. 
Ikkinchi bosqich. O‘limning kamayishi jarayoni davom etadi va kamayishi eng kulminatsion 
nuqtaga yetadi. Tug‘ilishning kamayish sur‘ati esa jadallashadi. Natijada, aholi tabiiy o‘sishi 
sekinlasha boradi. 
Uchinchi bosqich. Ushbu bosqichda yuqori bosqichlarda ro‘y bergan tug‘ilishni va o‘limni 
kamayishi, aholi o‘rtacha umr ko‘rishi muddatini uzayishi natijasida aholi tarkibida qariyalar salmog‘i 
ko‘payib boradi. Bu xol o‘lim xolatini ko‘payib borishiga olib keladi. Tug‘ilish yana ham kamayib 
boradi va oddiy aholi takror barpo bo‘lishi sodir bo‘ladi. Ya‘ni netto koeffitsient 1 ga tenglashadi. 
Boshqacha qilib aytganda. Qar bir ona o‘z o‘rniga faqat bittadan qizni-bo‘lajak onani qoldiradi holos. 
Bu bosqichda aholi yosh tarkibida stabillashuv to‘liq kuzatilmaydi. Aholi tarkibida o‘lim xollari kam 
bo‘lgan guruq-yoshlar sallmog‘i nisbatan baland bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda o‘lim hollari yuqori darajada bo‘ladi. O‘lim va tug‘ilish koeffitsientlari 
tenglashadi. Demografik stabillashuv jarayoni tugallanadi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish