Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar):
Demografiya, aholi geografiyasi, bashoratlash, aholi
siyosatlari,
statistik tahlil, aholining sifatiy xususiyatlari,
o’sishi yoki kamayishi,
demografik siyosat,
demografik bashorat.
Fanning ob’ekti, predmeti va unga turli yondoshuvlar.
Demografiya–grekcha–demos–
―
xalq
‖ va grafiya–―
tasvirlash
‖ so‘zlaridan iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni,
hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi
o‘zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning aloqalarini o‘ziga xos yo‘llar bilan o‘rganadi.
Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko‘rinib
turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya fanlari o‘rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin.
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga ta’luqli bo’lgan
demografik statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham
o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va bu
farqlarning sabablariga qiziqadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rtasida
birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar vujudga keladiki (aholi rivojlanishining
qonuniyatlari, konsepsiyalari, ularni bashoratlash, aholi siyosatlari), bularni faqatgina aholi
geografiyasi va demografiya asoslari fani hal qiladi
1
.
Demografiyaning asosiy predmeti aholining takror barpo bo‘lish qonuniyatlarining tahlili
hisoblanadi. Aholini o‘rganar ekan, demografiya alohida fan sifatida, uning miqdoriy va sifatiy
xususiyatlarining mukammal tahlil etadi. Aholining miqdoriy xususiyatlari ma‘lum millat, hudud
aholisi sonining o‘zgarib (o‘sishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy xususiyatlari
esa, asosan ma‘lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va ma‘lumotlilik darajasida, o‘rtacha umr
ko‘rish maqsadida ifodalanadi.
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o‘rganish ob‘ekti sifatida o‘z kelib chiqish va
rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
a) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili;
b)aholi yosh tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik rivojlanishning omili
sifatidagi o‘rni;
v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi.
Aholini ob‘ektiv ijtimoiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib borishida, har bir ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar davrida aholi rivojlanishini boshqaradigan o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy qonun
va qonuniyatlarning harakat qilishi kuzatiladi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, ularning har
biriga xos ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi. O‘z navbatida ularning turli davrlarda
va mamlakatlarda aholining tabiiy va migratsion harakatini nazorat qilish, tartibga solishni ko‘zda
tutadigan «demografik siyosat» yurgizishni taqozo etadi.
Demografiya
-
har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan
avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog‘liq holda
oʻrganadigan fan. Demografiyaning paydo boʻlishi asosan XVII-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J.
Graunt (1620— 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855 yilda frantsuz olimi
A. Giyar qoʻllagan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida
rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻzbekistonda, asosan 1960
yillardan qoʻllanila boshladi.
Demografining maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo
boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini
koʻrsatib berishdan iborat.
1
Dudley L. Poston, Jr. Demography.- Cambridge University Press, 2010-442 р.
Do'stlaringiz bilan baham: |