Demografiy a


Aholini o’rganishda maxsus va tanlama tadqiqotlar



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Aholini o’rganishda maxsus va tanlama tadqiqotlar. 
Aholini o‘rganishda tadqiqot usullarini 
tanlash va ulardan samarali foydalanish, ta‘lim oluvchi ishining samaradorligini oshiradi. Geografik va 
iqtisodiy tadqiqotlarda tadqiqot usullari dialektik usullarning tarkibiy qismi hisoblanib, ta‘lim-tarbiya 
o‘qitish jarayonlaridagi metodik usullardan birmuncha farq qiladi. Biroq, mavjud tajribalarni 
o‘rganish va umumlashtirish, kuzatish, ekspedisiya, anketa so‘rovlari asosida suhbat, eksperiment va 
tajriba usullaridan geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda ham foydalaniladi. Masalan, tadqiqot 
qilinayotgan ob‘ekt haqidagi axborot va xizmatlarni o‘rganib chiqish usuliga har qanday tadqiqotda 
zaruriyat tug‘iladi yoki eksperiment va tajriba usuli bugungi kunda iqtisodiy va geografik tadqiqotlarda 
keng qo‘llaniladi. Chunki, iqtisodiyotda biror yangilik yoki modelni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga 
tadbiq etish mumkin emas, ya‘ni, agar u tajribada sinalmagan bo‘lsa, sohada shunday qaltisliklarni 
keltirib chiqaradiki, natijada bu qaltisliklar iqtisodiyotning biror tarmog‘ini yoki butun iqtisodiyotning 
izdan chiqishiga olib keladi. 
 
Shuningdek, «Aholi geografiyasi va demografiyasi» nomli kursning ham xususiy 
metodologiyasi mavjud bo‘lib, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi, yuksalishida muhim vazifa 


bajaruvchi inson omilidan unumli foydalanishga asoslanadi. «Aholi geografiyasi va demografiyasi» 
nomli kursning tadqiqot usullari quyidagilar: 

Geografik taqqoslash usuli; 

Tarixiy qiyoslash usuli; 

Iqtisodiy-matematik usul;

Statistik va ko‘p o‘lchamli statistik usul;

Qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli;

Me‘yoriy-balans hisobi usuli;

Kartografik tadqiqot usuli;

Sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish usuli;

Omillarni tahlil qilish usuli;

Iqtisodiy prognoz usuli.
Geografik taqqoslash usuli
ga ko‘ra o‘rganilayotgan sohani tahlil etishda hududga asosan 
e‘tibor qaratiladi. Bunda asosan hududning tabiiy shart-sharoiti muhim o‘rin tutadi. Masalan, aholi 
migratsiyasiga boshqa omillar bilan bir qatorda, tabiiy shart-sharoit o‘zgarishi ham ta‘sir ko‘rsatadi. 
Jumladan, qurg‘oqchilik, hududning cho‘llanishi, sho‘rlanish kabi jarayonlar qishloq xo‘jaligi yoki 
ishlab chiqarishning biror tarmog‘ida ish samaradorligini susayishini keltirib chiqaradi. Natijada, 
aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borib ishlash zaruriyati kelib chiqadi. Bu kabi 
vaziyatlarning yuzaga kelishi albatta, joyning geografik shart-sharoitlari bilan bog‘liq.
Tarixiy qiyoslash usuli 
deyarli barcha fanning tadqiqot usuli hisoblanadi. Chunki, 
o‘rganilayotgan
 
biror sohaning ertasi albatta, uning tarixi bilan bog‘liq. Jumladan, «Aholi geografiyasi 
va demografiyasi» nomli kursni o‘rganishda ham tarixiy qiyoslash usuli muhim o‘rin tutadi. Masalan, 
2011 yilda dunyo aholisi soni 6,6 milliarddan oshgan bo‘lsa, agar eramiz boshida aholi soni 175 
million kishi bo‘lganini e‘tiborga olganda, 20 asr davomida aholi 37,1 martaga o‘sgan. 
Iqtisodiy-matematik usul
. Tadqiqot natijalarini tahlil etish uchun matematik usulni qo‘llash 
katta imkoniyat yaratadi. Biroq, shuni ta‘kidlash lozimki, iqtisodiy matematik usul ikki yoki undan 
ortiq holatlar o‘rtasidagi ishonchli farqlarni qayd qilishi mumkin. Iqtisodiy-matematik usul yordamida 
har doim ishonchli natijalarga erishib bo‘lmaydi. Chunki, o‘rganilayotgan sohasining rivojlanishi yoki 
ko‘rsatkichlarning pasayishiga turli ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar ta‘sir ko‘rsatib turadi. 
Statistik va ko’p o’lchamli statistik usul
. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda statistik va ko‘p 
o‘lchamli statistik usul yordamida turli–tuman omillar ta‘sirida shakllanuvchi holatlarni o‘rganish 
imkonini beradi. Bu usul bugungi kunda iqtisodiy, sotsiologik, demografik, psixologik va hatto 
pedagogik tadqiqotlarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotda yillar yoki biror iqtisodiy 
rivojlanish bosqichdagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini taqqoslash, yillar davomidagi o‘rtacha 
ko‘rsatkichlarni hisoblab topishda foydalanilsa, sotsiologik tadqiqotlarda aholining maishiy shart-
sharoitlari holatini tahlil qilish yoki umumiy natijalarga erishishda, demokratik tadqiqotlarda 
aholining tabiiy o‘sishi, mehnat resurslari dinamikasi yoki ularning ma‘lum yillardan keyingi holatini 
prognozlashda, psixologik tadqiqotlarda aholi yoki uning ma‘lum qatlamining ruhiy holatini tadbiq 
etish va uning ijtimoiy omillarini aniqlash kabi korreliyatsion natijalarga erishishda foydalanish 
mumkin. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish