Demografiy a


Migratsiyaning mutloq va nisbiy ko’rsatkichlari



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Migratsiyaning mutloq va nisbiy ko’rsatkichlari. 
Migratsiya jarayonini tavsiflashda qator 
miqdoriy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Miqdoriy ko‘rsatkichlar aholi mexnaik harakatining dunyo 
miqyosida, ma‘lum bir davrlardagi holatini aniq, asosli ifodalashga xizmat qiladi. 
Migratsiyaning miqdoriy ko‘rsatchichlariga quyidagilar kiradi: 
1.
Mirgatsiyaning mutloq va nisbiy ma‘lumotlari. 
2.
Migratsiya koeffitsenti. 
3.
Migratsiya saldosi. 
Ma‘lum hududda yashovchi aholining har 100 kishisiga to‘g‘ri keluvchi migrantlar soni 
migratsion harakatning intensivligi yoki koeffitsentini ko‘rsatadi. U yiliga o‘rtacha taxminan 5-6 
foizga teng, lekin bu raqam turli joylarda katta farq qiladi. 
Biron bir davlat, shahar, tuman, qishloqdagi migratsiyalarning samaradorligi- migratsiya 
saldosi deyiladi, u bir yil davomida ko‘chib kelgan aholi bilan ko‘chib ketgan aholining ayirmasiga 
teng. Migratsiya saldosi ijobiy yoki salbiy bo‘ladi va u absolyut (masalan, yiliga 5000 kishi) hamda 
nisbiy ko‘rsatkichlarda (100 yoki 1000 kishi hisobiga) ifodalanadi. 
Aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chishi aholi geografiyasiga, tarkibi va dinamikasiga 


katta ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir nafaqat kichik, alohida aholi manzilgohlarid, balki yirik materik, 
region, mamlakatlar doirasida ham seziladi. SHuniingdek, aholining mexanik harakati natijasida aholi 
soni, zichligi, uning ko‘payishi ko‘rsatkichlari va demografik vaziyat ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarish 
salbiy va ijobiy tusga ega bo‘ladi.
Aholi migratsiyasining salbiy tomoni shundaki, migrantlar oqimi yo‘nalgan rayonlarda ko‘chib 
kelganlar soni, ko‘chib ketganlar sonidan ortiq bo‘ladi. Aholi soni o‘sib boradi, yosh tarkibi, ko‘chish 
jaryonlaridan faol ishtirok etuvchi yoshlar salmog‘iing yuqoriligi bilan farq qiladi. Bu xol kelajakda 
aholi ko‘chib kelayotgan regionlardagi demografik vaziyatni yaxshilashga va aholi tabiiy harakati 
sur‘atlarining oshishiga imkon beradi. Bir paytlar O‘zbekistonning Mirzacho‘l, Qarshi cho‘llari 
hududiga Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan aholi ko‘chib kelib 
joylashgan. Bu yuqorida keltirilgan holatlarga misol bo‘lishi bilan birga yetishmayotgan mehnat 
resursining ta‘minlanishiga ham yordam berdi. 
Aholi ko‘chib ketayotgan hududlardan katta yoshdagi kishilar salmog‘ining kamayishi ro‘y 
beradi. Natijada tug‘ilish nisbatan kamayadi, o‘lining o‘rtacha miqdori yuqori bo‘ladi, aholining o‘sish 
sur‘atlari pasayadi yoki uning soni kamayib boradi. Aholining tabiiy harakati aholi ko‘chib ketgan va 
aholi ko‘chib kelgan hududlarda bir-biridan keskin farq qiladi. CHunki har ikki jarayonda ham 
aholining jinsiy, yosh tarkibida u yoki bu tarzda buzilishlar ro‘y beradi. Bu aholining tabiiy harakati 
sur‘atiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Aholining jinsiy va yosh tarkibidagi, uning o‘sish sur‘atlaridagi 
o‘zgarishlar, mehnat resurslarining keragidan ortib ketishiga yoki ularning yetishmasligiga olib keladi. 
Umuman olganda, aholi migratsiyalari- bu mamlakatning turli hududlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari 
o‘rtasida mehnat resurslarini qayta taqsimlanishining vositasidir. CHunki, asosan ma‘lum kasb 
malakaga ega bo‘lgan kishilar ko‘chib yuradilar. Yangi qurilish va qishloq xo‘jalik yerlari 
o‘zlashtirilayotgan hududlarga malakali ishchi kuchi kelishi, ularning iqtisodiy rivojlanishini 
tezlashtiradi, ishlab chiqarishning nisbatan mukammal texnika turlarini rivojlantirishga imkon beradi. 
Migrantlar tarkibi ayrim hududlar aholisining madaniy darajasiga, bilimiga ta‘sir ko‘rsatadi, 
etnik assimilyatsiya jarayonlarini va ko‘p tillikning tarqalishini belgilab beradi. Turli xil etnik 
guruhlarning aralashishi oqibatida yangi etnik birliklar paydo bo‘lishiga, ommaviy aholining ko‘chishi 
yoki ko‘chirilishi sabab bo‘ladi. Masalan, respublikamizga Ulug‘ Vatan urushi yillari, 1966 yilgi 
Toshkent zilzilasidan so‘ng ommaviy rusiyzabon millatig mansub kishilarning ko‘chib kelishi mintaqa 
aholisining tarkibi, etnik tuzilishida o‘zgarishlarga sharoit yaratadi. Boshqa millat vakillari ko‘chib 
kelgan hududlar, yangi o‘zlshtirilgan yerlar aholisi irqiy va milliy tuzilishiga ko‘ra xilma-xil bo‘ldi. 
Aholi migratsiyalari ilgari odamlar yashamagan hududlarni aholi bilan ta‘minlashga va o‘zlashtirishga, 
aholi tarqalgan yirik yangi areallarni barpo etishga, mamlakat ayrim qismlari orasidagi iqtisodiy va 
sotsial rivojlanish darajalarini tenglashtirishga imkon beradi. Bunda migratsiyalarning yo‘nalishlari 
hududiy bo‘lgan iqtisodiy va sotsial vazifalarning hal etishga yordam berishi zarurdir. Migratsiya 
jarayonlarini boshqarishda davlat migratsiyalar va ularning geografiyasi to‘g‘risidagi miqdoriy 
ko‘rsatkichlardan kishilarning ko‘chib yurish sabablar haqidagi xilma-xil ma‘lumotlardan 
foydalaniladi. Ana shu asosda aholining u yoki bu hududga migratsiyasini rag‘batlantiruvchi tadbirlar 
ishlab chiqildi va amalga oshiriladi. Bu tadbirlar ko‘pincha katta harajat talab qiladi. Migratsiyani 
vujudga keltiruvchi sabablar qilib iqtisodiy, siyosiy va ixtiyoriy ko‘chib yurishlar ko‘rsatiladi. 
Aytaylik ma‘lum bir hududda istiqomat qiluvchi aholi o‘zi yashab turgan joyga nisbatan yashash 
darajasi ustun bo‘lagan hududga ko‘chib o‘tishni iqtisodiy sabb bilan bog‘laymiz. Davlat tuzumidagi 
siyosiy vaziyat va undagi o‘zgarishlar, chegaralarning qayta ko‘rilishi oqibatida aholi 
manzilgohlarining u yoki bu davlat chegarasiga o‘tish va hokazo sabablar aholining ko‘chib yurishiga 
olib keladi. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqning parchalnib har bir davlat mustaqillikka erishuvi 
millatlarning u davlatdan bu davlatga ko‘chib o‘tishini tezlashtiradi. Ko‘plab rusiyzabon kishilarning 
o‘z ona vatanlariga qaytib ketishi, chet davlatlarga ko‘chib ketish hollari shular jumlasidandir.Uchinchi 
sabab qilib turli xil baxtsiz hodisa, tabiiy sharoit, turmush tarzidagi noqulayliklar tufayli aholi ixtiyoriy 
ravishda bir joydan- ikkinchi joyga ko‘chib o‘tadi. So‘nggi o‘n yilda migratsiya masshtabi 
mamlakatimizda ham, mamlakatlararo ham kengayib u siyosiy ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish